Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Koagulyatsiyaning DLFO nazariyasi
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 88-rasm. Enguvchi (kengaytiruvchi) bosimning yuzaga kelishi.
Koagulyatsiyaning DLFO nazariyasi. Ushbu sohada dastlabki miqdoriy
hisoblashlar 1941-yilda Deryagin va Landaular tomonidan, va bir vaqtning oʻzida Niderlandiyalik olimlar Fervey va Overbeklar tomonidan bajarildi. Shuning uchun ham bu nazariya olimlarining nomlarining bosh harflaridan iborat boʻlib, DLFO nazariyasi deb ataladi. Bu nazariyaga binoan koagulyatsiyaning sodir boʻlishi 2 kuchga bogʻliq: 175 birinchisi Van-der-Vaals (tortilish) kuchlari; ikkinchisi zarrachalar orasidagi oʻzaro elektrostatik itarilish kuchlaridir. Bu ikki kuch ikkita kolloid zarracha orasidagi yupqa suyuqlik qavatida birgalashib ta‘sir etib, ―yenguvchi bosimni‖ vujudga keltiradi, ya‘ni: Agar ularning ta‘siridan musbat yenguvchi bosim paydo boʻlsa, bu bosim zarrachalarning bir-biri bilan birlashib ketishiga yoʻl qoʻymaydi, binobarin koagulyatsiya sodir boʻlmaydi. Agar manfiy yenguvchi bosim paydo boʻlsa, zarrachalar orasidagi suyuqlik qavati torayib, zarrachalar bir-biri bilan birlashib ketadi, binobarin koagulyatsiya sodir boʻladi. Kolloid zarracha (mitsella)lar orasidagi ta‘sir kuchlari odatdagi Kulon kuchlaridan farq qiladi (88-rasm). B.Deryagin bu zarralar orasida enguvchi (kengaytiruvchi) bosim deyiluvchi alohida kuchlar ta‘sir etishini koʻrsatishga muvaffaq boʻldi. 88-rasm. Enguvchi (kengaytiruvchi) bosimning yuzaga kelishi. Kengaytiruvchi bosimni quyidagicha tushunish mumkin. Oralarida solvat qavatlari mavjud boʻlgan ikki zarrachaning bir-biriga yaqinlashtirish uchun, ularni biri-biridan ajratib turgan ―kengaytiruvchi bosim‖ ni yengishga etarli ish bajarish kerak. Bu kengaytiruvchi bosim zarrachalar orasidagi masofa qisqartirilganda, ya‘ni fazalararo sirtlar bir-birini qoplashi natijasida yuzaga keladi. Demak, ushbu kengaytiruvchi bosimni zarrachalar orasidagi masofani muvozanat holatida saqlab qolish uchun sistemaga tashqaridan berilishi kerak boʻlgan qoʻshimcha (ortiqcha) bosim deb qarash mumkin. Aks holda bu kuch tashqaridan qoʻyilmasa , zarrachalar biri-biri bilan yopishib ketgan boʻlar edi. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda, DLFO nazariyasida keltirilgan enguvchi bosimni kengaytiruvchi bosimga qarshi kattalik yoki kuch deb hisoblasak, mubolagʻa boʻlmaydi. 176 DLFO nazariyasiga muvofiq Shuls-Gardi qoidasi quyidagi nisbat koʻrinishini oladi: ; 729 1 : 64 1 : 1 3 1 : 2 1 : 1 : : 6 6 3 2 el el el С С С Agar, ushbu nisbatni ixchamlashtirish maqsadida 729 ga koʻpaytirsak: 1 : 11 : 729 : : 3 2 el el el С С С Bundan kelib chiqadiki, agar biror zolni koagulyatsiyaga uchratmoqchi boʻlsak, bir valentli elektrolit oladigan boʻlsak undan 1L eritmaga 729 millimol, ikki valentli elektrolit oladigan boʻlsak 1L millimol va uch valentli 1 millimol elektrolitdan kerak boʻlar ekan. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling