Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Dispers sistemalarning barqarorligini oshirish muammolari


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

Dispers sistemalarning barqarorligini oshirish muammolari. Dispers 


160 
sistemalarning barqarorligini oshirish muammosini hal qilishda P.Rebinderning 
strukturalar hosil boʻlish va sirt-faol moddalarning ta‘sir etishiga oid ilmiy ishlari 
katta ahamiyatga ega boʻldi. Agar kolloid sistemaga oz miqdor sirt-faol modda 
qoʻshilsa, sirt-faol modda ikki xil ta‘sir etishi mumkin; koʻp hollarda dispers 
fazada peptizatsiya roʻy beradi, ya‘ni koagulyatsion struktura hosil boʻlishida 
ishtirok etadigan mayda zarrachalar sonining ortishi sustlashadi va koagulyatsiya 
pasayadi. Sistemaning mexanik 
mustahkamligi sirt-faol qoʻshimchalarni 
kontsentratsiyasining ortishi bilan ortadi (79-rasm).
79-rasm. Sirt-faol moddalar bilan stabillashgan zarrachalarning oʻzaro 
ta’sirlashish sxemasi: 
1-zarrachalar; 2- sirt faol moddali adsorbsion qavat; h-adsorbsion 
qavat qalinligi; H-zarrachalar orasidagi masofa. 
Yuqoridagi 69-rasmdan koʻrinishicha, zarracha sirtida hosil boʻlgan 
adsorbsion qavat zarrachaning xususiy faolligini va shuningdek, ularning oʻzaro 
ta‘sirlashish qobiliyatini susaytiradi va natijada sistemaning agregativ barqarorligi 
ortadi. 
Ba‘zi hollarda, masalan, kristallanish jarayonida sirt-faol modda qoʻshilsa, 
uning molekulalari yangi hosil boʻlayotgan faza kurtaklarida adsorbsiyalanib, 
kristallar shaklini oʻzgartiradi, natijada kristallning oʻsishi sekinlashadi (80-rasm).
80-rasm. Kolloid zarrachalarning himoyalanish sxemasi. 
 
Shu bilan sistemaning disperslik darajasi ortib, hosil boʻladigan kristall 
strukturaning mustahkamligi kuchayadi. 


161 
Quyidagi 81-rasm (a) dan koʻrinadiki, zarracha sirtiga adsorbsiyalangan sirt-
faol moddalar yoki yuqori molekylyar birikmalar zarrachaning Broun harakatini 
susaytiradi va kam harakatchan zarrachalar toʻqnashishi kamayadi, buning 
natijasida barqarorlik ta‘minlanadi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling