Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
DLFO nazariyasi. Agregativ va kinetik (yoki sedimentatsion) barqarorlikdan
tashqari yana kondensatsion yoki fazoviy barqarorlik ham mavjudligi ma‘lum. Bunda dispers sistemalar agregatsiyaga uchraganda ularning strukturasi va mustahkamligi inobatga olinadi. Kondensatsion barqaror sistemalar kam mustahkam (moʻrt) agregatlar (flokulalar) yoki gʻovak choʻkmalar hosil qiladi. Bunday sistemalarda zarrachalar oʻzlarining harakatlarini yoʻqotgan boʻlsalar-da, lekin harakatga moyilliklarini uzoq vaqtgacha yoʻqotmaydilar. Bunday strukturali agregatlar sharoit toʻgʻri kelib qolsa qaytadan mayda zarrachalarga ajralib peptizatsiyaga uchraydilar. Kondensatsion beqaror sistemalar esa mustahkam strukturali agregatlar hosil qiladilar. Bunga zarrachalarning bir-biriga ta‘siri, kristallizatsiya jarayonlari, zarrachalarning oʻsishi va shunga oʻxshash hodisalar sabab boʻladi. 157 Zollarning barqarorligi ustida juda koʻp nazariy fikrlar bildirilgan. Shular ichida eng ahamiyatga ega boʻlgani DLFO nazariyasidir. DLFO nazariyasining eng mashhur koʻzga koʻringan toʻrt olim ilgari surgan. Bular Deryagin, Landau (1937), Fervey va Overbeklardir (1941). DLFO - shu olimlar ismlarining bosh harflaridir. Bularning nazariyasiga koʻra, har qanday zarrachalar bir-biriga yaqinlashganda tortilish va itarilish kuchlari mavjudligi sababli ularni ajratib turadigan suyuqlikdan tashkil topgan yupqa qavat boʻlib, bunda yenguvchi (yoruvchi) bosim hosil boʻladi. Agar shunda itarilish kuchlari tortilish kuchlaridan koʻproq boʻlsa sistema barqaror boʻladi, agar tortilish kuchlari itarilish kuchlaridan ustun tursa sistema koagulyatsiyaga uchraydi. Ikkita zarrachaning bir-biriga ta‘sir etish energiyasi (oʻzaro ta‘sirlashish energiyasi) ular bir-birlariga yaqinlashganlarida yuzaga keladi (78-rasm). Absissa oʻqiga zarrachalar orasidagi masofani, ordinata oʻqiga itarilish energiyasini qiymatlarini (uni biz musbat ishora bilan qabul qilamiz) yuqoriga qarab, tortilish energiya qiymatlarini (uni biz manfiy ishora bilan qabul qilamiz) ordinatalarni past qismiga qoʻyamiz. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling