Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
-rasm. Mishyak sulfid zolining konduktometrik titrlanishi
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
77-rasm. Mishyak sulfid zolining konduktometrik titrlanishi:
1-kaliy gidroksid bilan titrlash egrisi; 2-bariy xlorid bilan titrlash egrisi. Demak, KOH ishtirokidagi 1-egri chiziqning minimumga ega boʻlishini koʻrishimiz mumkin. Ushbu minimumning mavjud boʻlishini quyidagicha tushuntirish mumkin. Kaliy gidroksidning dastlabki qoʻshilgan holatida, mitsellaning adsorbsion qavatidagi qarshi ion ning ioniga almashinishi kuzatiladi. Va bu, oʻz navbatida, va ionlaridan deyarli ionlashmagan molekulasining hosil boʻlishiga olib keladi. Natijada, yuqori harakatchanlikka ega 153 boʻlgan vodorod ionlarining miqdorini kamayishi hisobiga, sistemaning elektr oʻtkazuvchanligi pasayib ketadi. Ammo, ishqorning keyingi safar yana qoʻshilganligi sababli va vodorod ionlarining toʻliq almashinishi hisobiga zolning elektr oʻtkazuvchanligi yana ortadi. Egri chiziqning minimumiga toʻgʻri keluvchi ishqorning miqdoriga qarab, zoldagi bogʻ hosil qilgan vodorod ionlarining soni haqida xulosa chiqarish mumkin. Bariy xlorid eritmasi bilan titrlashdagi 2-egri chiziqning maksimumga ega emasligini, shuningdek, toʻgʻri chiziqli hamda egri chiziqli ikkita qismdan iboratligini koʻrish mumkin. Demak, eritmasi bilan titrlangan sistemada suv hosil boʻlmaydi va shu sababli elektr oʻtkazuvchanlik kamaymaydi. Bunda dastlab sistemadagi elektr oʻtkazuvchanlik, qoʻshilgan elektrolit miqdoriga nisbatan ham yuqori boʻladi va ma‘lum vaqtdan keyin egri chiziqning oʻsish jarayoni toʻgʻri chiziq koʻrinishida davom etadi. Bu holat sistemadagi ionlarining ionlari bilan toʻliq almashinishidan dalolat beradi va shuning hisobiga elektr oʻtkazuvchanlik oʻsishdan toʻxtab bir me‘yorga keladi. Buni egri chiziqning toʻgʻri chiziq koʻrinishiga kelishi bilan izohlash mumkin. Xulosa qilish mumkinki, bariy xloridning konsentratsiyasini oshirilishi egri chiziqning toʻgʻri chiziq koʻrinishida oʻsishda davom etishini ta‘minlaydi, xolos. Demak, yuqori adsorbsion potensialli bariy xlorid bilan titrlash natijasida mitsellaning adsorbsion qavatidagi ionlarini mitselladan toʻliq chiqarib olinish imkoni boʻladi. Agar titrlash davomida qarshi ionlarni mitselladan toʻliq chiqarish mumkin boʻlsa, demak diffuzion yoki adsorbsion qavatdagi qarshi ion faqat fizikaviy kuchlar ta‘sirida harakatlanayotgan boʻladi. Chunki ionlar kimyoviy bogʻ tabiatiga koʻra mitselladagi adsorbsion yoki diffuzion qavatlarda mavjud boʻlsa, ularni chiqarib olish juda qiyin yoki umuman mumkin boʻlmaydi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling