Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-§. LIOFOB ZOLLARNI BARQARORLIGI.
Tayanch tushuncha va iboralar
Mitsellalar, ionli stabilizator, granula, intermitsellyar suyuqlik, yadro, adsorbsion qavat, AgI mitsellasining tuzilish sxemasi, izoelektrik holat, zolining mitsella tuzilishi, kolloid eritmalarning elektr oʻtkazuvchanligi, konduktometrik titrlash yordamida gidrozollarning elektr oʻtkazuvchanligini oʻlchash, mishyak sulfid zolining konduktometrik titrlanishi. 14-§. LIOFOB ZOLLARNI BARQARORLIGI. 154 14.1-§. Kolloid eritmalarning barqarorligi haqida nazariyalar. DLFO nazariyasi. Kolloid eritmalarning barqarorligi. Kolloid eritmalar termodinamik beqaror sistemalardir, chunki ular ortiqcha erkin energiyaga ega boʻladi. Kolloid sistemalarda dispers faza solishtirma sirti juda katta boʻlganidan ortiqcha sirt energiyasi hosil boʻladi. Sirt yoki erkin energiya, termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq oʻzining eng kichik qiymatiga intiladi. Erkin energiyaning minimumga intilishi dispers faza zarrachalari bilan dispers muhit orasidagi sirtning kamayishi bilan sodir boʻladi. Sirtning kamayishi zarrachalarning molekulyar kuchlar ta‘sirida yiriklashishi bilan boradi. 1922-yilda N.Peskov kolloidlar haqidagi ta‘limotga kinetik (sedimentatsion) va agregativ barqarorlik tushunchalarini kiritdi. Kinetik barqarorlik deganda dispers sistemalarning ogʻirlik kuchiga bardosh berish xususiyati tushuniladi. Bu barqarorlik Broun harakati tufaylidir. Bundan tashqari, kinetik barqarorlikka ta‘sir etuvchi boshqa omillar ham mavjud, masalan, zarrachalarning disperslik darajasi, dispers muhit qovushqoqligi, dispers faza hamda dispers muhit zichliklari orasidagi farq va boshqalar. Shu omillardan kolloid sistemalarning kinetik barqarorligiga dispers faza zarrachalarining disperslik darajasi katta ta‘sir qiladi. Zarrachalarning oʻlchami qancha kichik boʻlsa kolloid sistema shuncha barqaror boʻladi. Shuning uchun dagʻal dispers sistemalarning kinetik barqarorligi kam, kolloid eritmalarniki esa yuqoridir. Zarrachalarning ogʻirlik kuchi ta‘sirida choʻkish sezilarsiz darajada kam boʻlgan sistemalar kinetik barqaror deyiladi. Ayniqsa, dispers fazasi bilan dispersion muhiti orasida kuchsiz oʻzaro ta‘sir mavjud boʻlgan liofob kolloid sistemalar beqaror boʻlib, vaqt oʻtishi bilan ularning disperslik darajasi turli kolloid sistemalarda turlicha boʻladi. Misol tariqasida disperslik darajasi 20-30 yil davomida oʻzgarmaydigan oltin zollarini va biror modda qoʻshilganida bir necha sekund mobaynida yemirilib, kolloid holatini yoʻqatadigan sistemalarni keltirish mumkin. Liofob zollarda disperslik darajaning kamayishi ikki yoʻl bilan sodir boʻlishi mumkin: 155 Birinchisi, qayta kristallanish natijasida mayda zarrachalarning yirik zarrachalarga birikish yoki singish jarayoni boʻlsa; Ikkinchisi, dispers faza zarrachalarining bir-biriga yopishib yiriklashuvidir. Agregativ barqarorlik deganda dispers faza zarrachalarning disperslik darajasini saqlash xususiyati tushuniladi. Demak, dispers sistemalarning agregativ barqarorligi dispers sistemaning oʻziga xos disperslik darajasini saqlash, ya‘ni koagulyatsiyaga uchramaslik xususiyatidir. Bunday barqarorlikning sababi: birinchidan, kolloid zarrachalar zaryadining bir xil ekanligi sababidan ular yiriklasha olmasligi boʻlsa; ikkinchidan, kolloid zarrachalar erituvchi molekulalaridan iborat solvat qavat bilan qurshab olinganligidir. B.Deryagin ta‘limotiga koʻra, solvat qavat egiluvchanlik va yuqori qovushqoqlikka ega boʻlib, zarrachalarning oʻzaro yopishishiga toʻsqinlik qiladi. Sistemaning agregativ barqarorligi zol tarkibiga, uning zarrachalari tuzilishiga va kolloid eritma qanday holatda ekanligiga bogʻliqdir. Shunday qilib, agregativ va kinetik barqarorlik (omil) faktorlari oʻzaro farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, haroratning koʻtarilishi kolloid zarrachalarning choʻkishiga toʻsqinlik qilishi bilan bir vaqtda shu zarrachalarning yiriklashishiga, ya‘ni agregatlanishiga ham yordam beradi. Agar Broun harakati intensivligining oshishi zarrachalarning choʻkishiga qarshilik qilsa, zarrachalar shu Broun harakati natijasida oʻzaro toʻqnashib yiriklashadi. Kolloid zarrachalarining molekulyar kuchlar ta‘sirida oʻzaro birlashib yiriklasha borish jarayoni koagulyatsiya deyiladi. Yiriklashish jarayoni ba‘zi kolloidlarda juda tez, ba‘zilarda esa ancha uzoq vaqt davomida sodir boʻladi. Koagulyatsiyaga uchragan sistemada dispers faza zarrachalari suyuqlik va qattiq jismning solishtirma massalariga qarab idish tubiga choʻkishi (sedimentatsiya) mumkin, shuningdek, emulsiyadan iborat suyuq qavat holida ajralib qolishi (koaservatsiya) mumkin. Dispers fazasining zarrachalari ogʻirlik kuchi ta‘siri ostida choʻkmaydigan dispers sistemalar sedimentatsion barqaror sistemalar deyiladi. Yuqorida ta‘kidlanganidek, N.Peskov fikricha dispers sistemalarning barqarorligi ikki xil: agregativ va kinetik boʻlar ekan, ammo, suspenziya va 156 emulsiyalarda zarrachalarning oʻlchamlari ancha katta boʻlganligidan ular oʻz- oʻzicha harakat qila olmaydi, ya‘ni ularda diffuziya deyarli sodir boʻlmaydi. Shuning uchun suspenziya va emulsiyalar sedimentatsion jihatdan barqaror emas. Demak, dagʻal dispers sistemalar sedimentatsion jihatdan barqaror boʻlmagan mikrogeterogen sistemalardir. Kolloid sistemalarning disperslik darajasi yuqori boʻlganidan ularning mitsellalari oʻz-oʻzicha harakat qila oladi, ya‘ni kolloid eritmalarda diffuziya sodir boʻladi. Shuning uchun kolloid eritmalar sedimentatsion jihatdan barqarordir. Lekin kolloid eritmadagi zarrachalar har xil ta‘sirlar ostida bir-biri bilan birikib yiriklasha oladi va kolloid sistemaning disperslik darajasi kamayadi. Natijada, sistema oʻz barqarorligini yoʻqotadi. Shuning uchun kolloid sistemalar agregativ barqaror boʻlmagan mikrogeterogen sistemalardir. Chin (molekulyar) eritmalarda erigan modda zarrachalari bilan erituvchi oʻrtasida chegara sirt hosil boʻlmaydi. Shuning uchun bu sistemalar bir jinsli (gomogen) boʻladi. Ular sifat jihatdan kolloid eritmalardan ham, dagʻal dispers sistemalardan ham farq qiladi. Chin eritmalarda zarrachalar bir-biriga qoʻshilib yiriklashmaydi, bu eritmalarda zarrachalar oʻz-oʻzicha harakat ham qiladi. Demak, chin eritmalar agregativ va sedimentatsion barqaror gomogen sistemalardir. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling