Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

Tayanch tushuncha va iboralar 
Mitsellalar, ionli stabilizator, granula, intermitsellyar suyuqlik, yadro, adsorbsion qavat, 
AgI mitsellasining tuzilish sxemasi, izoelektrik holat,
 zolining mitsella tuzilishi, 
kolloid eritmalarning elektr oʻtkazuvchanligi, konduktometrik titrlash yordamida 
gidrozollarning elektr oʻtkazuvchanligini oʻlchash, mishyak sulfid zolining konduktometrik 
titrlanishi. 
14-§. LIOFOB ZOLLARNI BARQARORLIGI. 


154 
14.1-§. Kolloid eritmalarning barqarorligi haqida nazariyalar. DLFO 
nazariyasi. 
Kolloid eritmalarning barqarorligi. Kolloid eritmalar termodinamik 
beqaror sistemalardir, chunki ular ortiqcha erkin energiyaga ega boʻladi. Kolloid 
sistemalarda dispers faza solishtirma sirti juda katta boʻlganidan ortiqcha sirt 
energiyasi hosil boʻladi. Sirt yoki erkin energiya, termodinamikaning ikkinchi 
qonuniga muvofiq oʻzining eng kichik qiymatiga intiladi. Erkin energiyaning 
minimumga intilishi dispers faza zarrachalari bilan dispers muhit orasidagi sirtning 
kamayishi bilan sodir boʻladi. Sirtning kamayishi zarrachalarning molekulyar 
kuchlar ta‘sirida yiriklashishi bilan boradi. 1922-yilda N.Peskov kolloidlar 
haqidagi 
ta‘limotga 
kinetik 
(sedimentatsion) 
va 
agregativ 
barqarorlik 
tushunchalarini kiritdi.
Kinetik barqarorlik deganda dispers sistemalarning ogʻirlik kuchiga bardosh 
berish xususiyati tushuniladi. Bu barqarorlik Broun harakati tufaylidir. Bundan 
tashqari, kinetik barqarorlikka ta‘sir etuvchi boshqa omillar ham mavjud, masalan, 
zarrachalarning disperslik darajasi, dispers muhit qovushqoqligi, dispers faza 
hamda dispers muhit zichliklari orasidagi farq va boshqalar. Shu omillardan 
kolloid sistemalarning kinetik barqarorligiga dispers faza zarrachalarining 
disperslik darajasi katta ta‘sir qiladi. Zarrachalarning oʻlchami qancha kichik 
boʻlsa kolloid sistema shuncha barqaror boʻladi. Shuning uchun dagʻal dispers 
sistemalarning kinetik barqarorligi kam, kolloid eritmalarniki esa yuqoridir. 
Zarrachalarning ogʻirlik kuchi ta‘sirida choʻkish sezilarsiz darajada kam boʻlgan 
sistemalar kinetik barqaror deyiladi. 
Ayniqsa, dispers fazasi bilan dispersion muhiti orasida kuchsiz oʻzaro ta‘sir 
mavjud boʻlgan liofob kolloid sistemalar beqaror boʻlib, vaqt oʻtishi bilan ularning 
disperslik darajasi turli kolloid sistemalarda turlicha boʻladi. Misol tariqasida 
disperslik darajasi 20-30 yil davomida oʻzgarmaydigan oltin zollarini va biror 
modda qoʻshilganida bir necha sekund mobaynida yemirilib, kolloid holatini 
yoʻqatadigan sistemalarni keltirish mumkin. 
Liofob zollarda disperslik darajaning kamayishi ikki yoʻl bilan sodir boʻlishi 
mumkin:


155 

Birinchisi, qayta kristallanish natijasida mayda zarrachalarning yirik 
zarrachalarga birikish yoki singish jarayoni boʻlsa;

Ikkinchisi, dispers faza zarrachalarining bir-biriga yopishib yiriklashuvidir. 
Agregativ barqarorlik deganda dispers faza zarrachalarning disperslik 
darajasini saqlash xususiyati tushuniladi. Demak, dispers sistemalarning agregativ 
barqarorligi dispers sistemaning oʻziga xos disperslik darajasini saqlash, ya‘ni 
koagulyatsiyaga uchramaslik xususiyatidir. Bunday barqarorlikning sababi:

birinchidan, kolloid zarrachalar zaryadining bir xil ekanligi sababidan ular 
yiriklasha olmasligi boʻlsa;

ikkinchidan, kolloid zarrachalar erituvchi molekulalaridan iborat solvat 
qavat bilan qurshab olinganligidir. 
B.Deryagin ta‘limotiga koʻra, solvat qavat egiluvchanlik va yuqori 
qovushqoqlikka ega boʻlib, zarrachalarning oʻzaro yopishishiga toʻsqinlik qiladi. 
Sistemaning agregativ barqarorligi zol tarkibiga, uning zarrachalari tuzilishiga va 
kolloid eritma qanday holatda ekanligiga bogʻliqdir. 
Shunday qilib, agregativ va kinetik barqarorlik (omil) faktorlari oʻzaro farq 
qiladi. Bu farq shundan iboratki, haroratning koʻtarilishi kolloid zarrachalarning 
choʻkishiga toʻsqinlik qilishi bilan bir vaqtda shu zarrachalarning yiriklashishiga, 
ya‘ni agregatlanishiga ham yordam beradi. Agar Broun harakati intensivligining 
oshishi zarrachalarning choʻkishiga qarshilik qilsa, zarrachalar shu Broun harakati 
natijasida oʻzaro toʻqnashib yiriklashadi. 
Kolloid zarrachalarining molekulyar kuchlar ta‘sirida oʻzaro birlashib 
yiriklasha borish jarayoni koagulyatsiya deyiladi. Yiriklashish jarayoni ba‘zi 
kolloidlarda juda tez, ba‘zilarda esa ancha uzoq vaqt davomida sodir boʻladi. 
Koagulyatsiyaga uchragan sistemada dispers faza zarrachalari suyuqlik va qattiq 
jismning solishtirma massalariga qarab idish tubiga choʻkishi (sedimentatsiya
mumkin, shuningdek, emulsiyadan iborat suyuq qavat holida ajralib qolishi 
(koaservatsiya) mumkin. Dispers fazasining zarrachalari ogʻirlik kuchi ta‘siri 
ostida choʻkmaydigan dispers sistemalar sedimentatsion barqaror sistemalar 
deyiladi. Yuqorida ta‘kidlanganidek, N.Peskov fikricha dispers sistemalarning 
barqarorligi ikki xil: agregativ va kinetik boʻlar ekan, ammo, suspenziya va 


156 
emulsiyalarda zarrachalarning oʻlchamlari ancha katta boʻlganligidan ular oʻz-
oʻzicha harakat qila olmaydi, ya‘ni ularda diffuziya deyarli sodir boʻlmaydi. 
Shuning uchun suspenziya va emulsiyalar sedimentatsion jihatdan barqaror emas
Demak, dagʻal dispers sistemalar sedimentatsion jihatdan barqaror boʻlmagan 
mikrogeterogen sistemalardir. 
Kolloid sistemalarning disperslik darajasi yuqori boʻlganidan ularning 
mitsellalari oʻz-oʻzicha harakat qila oladi, ya‘ni kolloid eritmalarda diffuziya sodir 
boʻladi. Shuning uchun kolloid eritmalar sedimentatsion jihatdan barqarordir. 
Lekin kolloid eritmadagi zarrachalar har xil ta‘sirlar ostida bir-biri bilan birikib 
yiriklasha oladi va kolloid sistemaning disperslik darajasi kamayadi. Natijada, 
sistema oʻz barqarorligini yoʻqotadi. Shuning uchun kolloid sistemalar agregativ 
barqaror boʻlmagan mikrogeterogen sistemalardir.
Chin (molekulyar) eritmalarda erigan modda zarrachalari bilan erituvchi 
oʻrtasida chegara sirt hosil boʻlmaydi. Shuning uchun bu sistemalar bir jinsli 
(gomogen) boʻladi. Ular sifat jihatdan kolloid eritmalardan ham, dagʻal dispers 
sistemalardan ham farq qiladi. Chin eritmalarda zarrachalar bir-biriga qoʻshilib 
yiriklashmaydi, bu eritmalarda zarrachalar oʻz-oʻzicha harakat ham qiladi. Demak, 
chin eritmalar agregativ va sedimentatsion barqaror gomogen sistemalardir. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling