152
Shu bois, kolloid eritmaning elektr oʻtkazuvchanligi kolloid zarrachalarning
hamda zoldagi ionlarning zaryadi, soni va harakatchanligiga bogʻliq boʻladi. Agar,
kolloid eritmada begona ionlar nihoyatda kam boʻlsa, masalan,
yuqori sifat
darajasida tozalanmagan oqsil va polielektrolitlarning kolloid eritmalarida, elektr
oʻtkazuvchanlik koʻrsatgichlaridan foydalanib,
zarrachalarning solishtirma
zaryadini yoki harakatchanligini aniqlash mumkin. Ammo, ushbu usul bilan liofob
kolloidlarning elektr oʻtkazuvchanliklarini aniqlash biroz mushkul.
Dastlab Pauli, keyinchalik esa boshqa tadqiqotchlar tomonidan, kolloid
sistemadagi ion, komponentlarni aniqlash maqsadida,
konduktometrik titrlash
yordamida gidrozollarning elektr oʻtkazuvchanligini oʻlchashdi. A.Rabinovich va
uning safdoshlarining ta‘kidlashicha, konduktometrik titrlash orqali nafaqat qarshi
ionlar sonini, balki, kolloid zarrachalarning sonini ham aniqlash mumkin boʻlar
ekan.
Konduktometrik titrlashda bariy xlorid, kaliy
gidroksid eritmalari bilan
mishyak sulfidni titrlash amalga oshirilingan boʻlib, bunda, potensial aniqlovchi
ion vazifasini
ioni, qarshi ion vazifasini esa
ioni oʻtaydi (77-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: