Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-§. O.Shtern nazariyasi va hozirgi zamon nazariyalari


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

12.2-§. O.Shtern nazariyasi va hozirgi zamon nazariyalari. 
O.Shtern nazariyasi. Gelmgols-Perren va Gui-Chepmen nazariyalari 
umumlashtirildi, 1924-yilda O.Shtern taklif qilgan nazariyada, yuqoridagi 
nazariyalarning kamchiliklari bartaraf qilindi. 
Shtern oʻzining ushbu nazariyasini yaratishda quyida bayon etilgan ikki ehtimoliy 
fikrni ilgari suradi. Birinchidan, har qanday ion oʻziga xos aniq oʻlchamga ega. 
Ikkinchidan, ionlar Van-der-Vaals kuchlari ta‘sirida oʻziga xos ravishda qattiq faza 
sirtiga ion radiusidan kattaroq masofaga qadar yaqinlasha olmaydi, chunki Van-
der-Vaals kuchlari elektrik tabiatiga ega boʻlmaganligidan ularning ta‘siri masofa 
kattalashishi bilan tezda susayib ketadi; bu kuchlar sirtdan taxminan 0,1-0,3 nm 
dan uzoq masofalargachagina oʻz ta‘sirini koʻrsata oladi. Shtern fikriga muvofiq, 
qarama-qarshi ionlarning faqat bir qismi qattiq faza yaqinida 1-2 molekula 
radiusiga teng masofada (u 
bilan belgilangan) Gelmgols (yoki adsorbsion) 
qavatini hosil qiladi. Sirtdagi (ya‘ni potensial belgilovchi) ionlar zaryadini 
batamom kompensatsiyalash uchun zarur boʻlgan qarshi ionlarning qolgan qismi 
esa diffuz (yoyiq) tartibda joylashadi (73-rasm).
Shtern diagrammasining bu qismi Gui-Chepmen diagrammasidagi kabi 
boʻladi. Bu sxemada, 
В sayqallanish chegarasi; 
bir-ikki molekula 


144 
diametriga teng tekis kondensator sirtlari orasidagi masofa. Eritma suyultirilganda 
diffuz qavat kengayib 

potensial katalashadi, elektrolit qoʻshilganda diffuz 
qavat torayadi, 

potensial kichiklashadi. 
73-rasm.O.Shtern qoʻsh elektr qavatining tuzilish sxemasi. 
 
Shunday qilib, qoʻsh elektr qavatning tuzilishi qattiq faza sirtida zaryadning 
hosil boʻlish mexanizmiga emas, balki zaryadlarning sirtda joylashishiga bogʻliq 
ekanligini koʻrish mumkin , binobarin: 




Bu yerda, 

qattiq faza sirtidagi barcha ionlar potensiali, 
Gelmgols 
qavati ichida 

ning pasayishi


esa 

0
ning diffuz qavati ichida 
pasayishi. 
Shtern nazariyasi kolloid zarrachalarining qayta zaryadlanish hodisasini 
tushuntira oladi, chunki Shtern fikricha, qoʻsh elektr qavatning tuzilishiga qarshi 
ionlar tabiati katta ta‘sir koʻrsatadi. Agar eritmaga elektrolit qoʻshilsa, diffuz qavat 
qisqarib, qarshi ionlar adsorbsiya qavatga koʻproq yigʻila boshlaydi, buning 
natijasida qoʻsh elektr qavat Gelmgols-Perren sxemasiga yaqin tuzilishga ega 
boʻlib qoladi, bunda dzeta - potensial qiymati kamayadi. Agar eritma suyultirilsa 
diffuz qavat aksincha, kattalashadi va dzeta-potensial qiymati ortadi. 
Qoʻsh elektr qavat tuzilishiga qarshi ionlarning xilma-xil valentlikka ega 
ekanliklari ham ta‘sir koʻrsatadi, chunki Shtern fikricha, diffuz qavatning qalinligi 
va adsorbsiya qavatidagi qarshi ionlar soni ularning valentligiga bogʻliqdir. 


145 
Binobarin, qarshi ionning valentligi qancha katta boʻlsa, diffuz qavat 
shuncha yupqa va dzeta-potensial shu qadar kichik qiymatga ega boʻladi. Lekin, 
ionlarning valentligi bir xil boʻlsa, u holda qoʻsh elektr qavatining, tuzilishiga bu 
ionlarning qutblanish va gidratlanish xossalari oʻz ta‘sirini koʻrsatadi. 
Qutblanuvchi qarshi ionlar qoʻshimcha adsorbsion kuchlarni hosil qilishi sababli 
qoʻsh elektr qavat koʻproq kichiklashadi. Ionning radiusi kattalashgan sari uning 
gidratlanish xususiyatlari pasayadi. Kam gidratlangan ion qoʻsh elektr qavat 
qalinligini koʻproq qisqartiradi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling