Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

DLFO nazariyasi. Agregativ va kinetik (yoki sedimentatsion) barqarorlikdan 
tashqari yana kondensatsion yoki fazoviy barqarorlik ham mavjudligi ma‘lum. 
Bunda dispers sistemalar agregatsiyaga uchraganda ularning strukturasi va 
mustahkamligi inobatga olinadi. 
Kondensatsion barqaror sistemalar kam mustahkam (moʻrt) agregatlar 
(flokulalar) yoki gʻovak choʻkmalar hosil qiladi. Bunday sistemalarda zarrachalar 
oʻzlarining harakatlarini yoʻqotgan boʻlsalar-da, lekin harakatga moyilliklarini 
uzoq vaqtgacha yoʻqotmaydilar. Bunday strukturali agregatlar sharoit toʻgʻri kelib 
qolsa qaytadan mayda zarrachalarga ajralib peptizatsiyaga uchraydilar. 
Kondensatsion beqaror sistemalar esa mustahkam strukturali agregatlar hosil 
qiladilar. Bunga zarrachalarning bir-biriga ta‘siri, kristallizatsiya jarayonlari, 
zarrachalarning oʻsishi va shunga oʻxshash hodisalar sabab boʻladi. 


157 
Zollarning barqarorligi ustida juda koʻp nazariy fikrlar bildirilgan. Shular 
ichida eng ahamiyatga ega boʻlgani DLFO nazariyasidir. DLFO nazariyasining 
eng mashhur koʻzga koʻringan toʻrt olim ilgari surgan. Bular Deryagin, Landau 
(1937), Fervey va Overbeklardir (1941). DLFO - shu olimlar ismlarining bosh 
harflaridir. Bularning nazariyasiga koʻra, har qanday zarrachalar bir-biriga 
yaqinlashganda tortilish va itarilish kuchlari mavjudligi sababli ularni ajratib 
turadigan suyuqlikdan tashkil topgan yupqa qavat boʻlib, bunda yenguvchi 
(yoruvchi) bosim hosil boʻladi. Agar shunda itarilish kuchlari tortilish kuchlaridan 
koʻproq boʻlsa sistema barqaror boʻladi, agar tortilish kuchlari itarilish kuchlaridan 
ustun tursa sistema koagulyatsiyaga uchraydi. 
Ikkita zarrachaning bir-biriga ta‘sir etish energiyasi (oʻzaro ta‘sirlashish 
energiyasi) ular bir-birlariga yaqinlashganlarida yuzaga keladi (78-rasm).
Absissa oʻqiga zarrachalar orasidagi masofani, ordinata oʻqiga itarilish 
energiyasini qiymatlarini (uni biz musbat ishora bilan qabul qilamiz) yuqoriga 
qarab, tortilish energiya qiymatlarini (uni biz manfiy ishora bilan qabul qilamiz) 
ordinatalarni past qismiga qoʻyamiz. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling