Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-§. KOAGULYATSIYA. KOAGULYATSIYA MEXANIZMI VA


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

15-§. KOAGULYATSIYA. KOAGULYATSIYA MEXANIZMI VA 
TEZLIGI. 
15.1-§. Koagulyatsiya mexanizmi.
Koagulyatsiya mexanizmi. Gidrofob kolloidlar izoelektrik holatda, ya‘ni 
elektroneytral holatda eng katta tezlik bilan koagulyatsiyalanadi. Quyida ikki 
zaryadli elektrolit anionlarining musbat zaryadli kolloid zarrachalarining 
koagulyatsiyalanishi koʻrsatilgan (83-rasm). 


163 
83-rasm.Kolloid zarrachalarining koagulyatsiyasi: 
a) zarrachaning zaryadlanishi; 
b) zaryadlangan zarrachaning oʻzaro ta‘siri

Diffuziya qavatdagi manfiy ionlar elektrolit ta‘siridan adsorbsion qavatga 
oʻtadi va kolloid zarracha zaryadsizlanadi. Elektrolitning kontsentratsiyasi qancha 
yuqori va koagulyatsiyalovchi ionning zaryadi qancha katta boʻlsa, diffuzion qavat 
shuncha koʻp siqiladi va koagulyatsiya tezroq boradi. Bundan tashqari, bir 
vaqtning oʻzida kolloid zarracha sirtida, elektrolitning granula zaryadiga qarama-
qarshi ionlarini ham, tanlab adsorbsiyalash hodisasi roʻy beradi. Ionning zaryadi 
qancha yuqori boʻlsa, uning adsorblanishi shuncha tez boradi. 
Koagulyatsiya vaqtida ion-almashinish adsorbsiyasi ham sodir boʻladi. Bunda 
zolga qoʻshilayotgan elektrolitning ionlari adsorbsion qavatdagi qarshi ionlar bilan 
oʻrin almashinadi. Ionlarning adsorbsion qavatda yigʻilishi va adsorbsion 
qavatdagi qarshi ionlarning bir xil zaryadli va yuqori valentli elektrolit ionlari bilan 
ion almashinishi dzeta-potensialni kamaytiradi. 
Katta zaryadli ionlarning kolloid eritmaga qoʻshilishi natijasida granula 
elektroneytralgina boʻlib qolmasdan, qayta zaryadlanishi ham mumkin. Bu 
hodisaga platina zolining temir(III)-xlorid ta‘siridan koagulyatsiyalanishi misol 
boʻla oladi (17-jadval). Platina gidrozoli manfiy zaryadli, uning tuzilishi 
quyidagicha tasvirlanadi: 
{
}
Ana shu zolga temir (III)-xlorid eritmasidan qoʻshib boriladi. Agar 
qoʻshilgan elektrolitning konsentratsiyasi 0,0833 mmol/l dan kam boʻlsa, zolda 
koagulyatsiya boʻlmaydi, u manfiy zaryadligicha qoladi (mmol/l -bir litr eritmada 
necha millimol 
borligini koʻrsatadi). Agar qoʻshilgan elektrolitning 
konsentratsiyasi 0,0833 mmol/l da va bundan bir necha marta oshiq boʻlsa 
(masalan, 0,2222 mmol/l boʻlsa), platina zoli batamom koagulyatsiyalanadi. 
Agar qoʻshilgan elektrolitning konsentratsiyasi undan ham oshiq masalan, 
0,3333 mmol/l va 6,667 mol/l boʻlsa, zolda koagulyatsiya umuman sodir 
boʻlmaydi. Bunda zol musbat zaryadli boʻlib qoladi, chunki koagulyatsiya 
chegarasidan ortiq miqdorda qoʻshilgan musbat zaryadli 
ionlari kolloid 
zarracha sirtida adsorblanadi.


164 
Temir ionlari uch valentli boʻlganligi uchun adsorbsiya juda tez sodir 
boʻladi. Natijada platina zolinng zarrachalari musbat zaryadga ega boʻlib qoladi. 
Endi zol zarrachasining tuzilishini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 
{
}
bu yerda, m, n va g ma‘lum sonlar. Agar qoʻshilgan FeCl
3
ning konsentratsiyasi 
16,3300 mmol/l ga yetsa, zol yana koagulyatsiyalanadi va elektr maydonining hech 
qaysi qutbiga tomon harakat qilmaydi, bu holda koagulyatsiya manfiy zaryadli 
ionlar ta‘siri natijasida vujudga keladi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling