Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-§. KOLLOID ZARRACHALARNING TUZILISHI HAQIDAGI
- Mitsella yadrolarining tuzilishi.
Tayanch tushuncha va iboralar
Kristall sirt va eritma oʻrtasida qoʻsh elektr qavat hosil boʻlishi, potensial aniqlovchi ionlar, Gеlmgоls vа Pеrrеn nazariyalari, Gеlmgоls vа Pеrrеn qoʻsh elеktr qаvаtining tuzilish sxеmаsi, Gui vа Chеpmеn nаzаriyasi, Gui va Chepmen qoʻsh elektr qavatining tuzilish sxemasi, Shtern nazariyasi, Shternning qoʻsh elektr qavatining tuzilish sxemasi, qoʻsh elektr qavat tuzilishining hozirgi zamon nazariyalari, termodinamik potensial, elektrokinetik potensial. 13-§. KOLLOID ZARRACHALARNING TUZILISHI HAQIDAGI 147 MITSELLYAR NAZARIYA. KOLLOID ERITMALARNING ELEKTR OʻTKAZUVCHANLIGI. 13.1‒§. Kolloid zarrachalarning tuzilishi haqidagi mitsellyar nazariya. Mitsella yadrolarining tuzilishi. Har qanday kоllоid sistema, shuningdek, gidrоzol ham dispers faza va dispersiоn muhitdan tashkil tоpadi. Gidrоzollarda dispersiоn muhit suv, dispers faza esa mitsellalar deb ataluvchi kоllоid disperslikdagi qattiq zarrachalardir. Kolloid zarracha kolloid dispers holatdagi oz eriydigan modda-agregatdan iborat boʻlib, bunga potensial yaratuvchi ionlar yopishib yadroni hosil qiladi. Elektrolit ionlari zolni barqaror qilib turadi, shuning uchun ham bu elektrolit ionli stabilizator deb ataladi. Demak, kolloid zarracha atrofida ionlar adsorblangan murakkab sistemadan iboratdir. Zarracha agregati yoki yadro yuzlab va minglarcha atom, ion yoki molekulalardan iborat neytral kristall tuzilishdagi modda boʻlib, uni ionlar qurshab turadi. Yadro adsorblangan ionlar bilan birgalikda granula deb ataladi. Bu zarracha, ya‘ni granula ma‘lum zaryadga ega boʻlgani uchun uning atrofiga qarama-qarshi zaryadli ionlar yigʻiladi, granula har doim ma‘lum zaryadga ega boʻladi. Granula va uning atrofidagi qarshi ionlardan iborat sistema mitsella deb ataladi va u elektroneytral boʻladi. Mitsellani qurshab olgan suyuqlik intermitsellyar suyuqlik deyiladi. Rossiya olimlaridan A.Dumanskiy, K.Peskov, S.Lipatov, A.Frumkin va chet el olimlari Fayans, Kroyt va boshqalar qoʻsh elektr qavat haqidagi ta‘limot asosida kolloid zarrachalarning mitsellyar tuzilishi nazariyasini yaratdilar. Bu nazariya faqatgina liofob (gidrofob) zollargagina taaluqli hisoblanadi. Har qanday liofob kolloid eritma ikki qismdan iborat: mitsella va intermitsellyar suyuqlik. Mitsellalar alohida kolloid zarrachalar boʻlib, ular zolning dispers fazasini tashkil etadi. Intermitsellyar suyuqlik esa zolning dispers muhiti boʻlib, u faqat erituvchigina boʻlmasdan, unda erigan va mitsella tarkibiga kirmaydigan boshqa moddalar (elektrolitlar va noelektrolitlar) ni ham oʻz ichiga oladi. 148 Mitsella tarkibiga kristall strukturali yoki amorf tuzilishli yuz minglab va millionlab molekula yoki atomlardan iborat yadro, solvatlangan ionlardan iborat qoʻsh elektr qavat va qarshi ionlardan iborat diffuziya qavatlari kiradi. Shunday qilib, yadro qoʻsh elektr qavat bilan birga mitsella deb ataluvchi kolloid zarrachani tashkil qiladi. Mitsella elektr maydonida boʻlmaganida elektroneytraldir. Tashqi elektr maydoni ta‘sirida mitsella adsorbsion va diffuziya qavatlari chegarasidan ajraladi. Mitsellaning yadrosi adsorbsion qavat bilan birgalikda granula hisoblanib, biror elektrod tomonga harakatlanadi. Diffuzion qavatdagi qarshi ionlar boshqa elektrod tomonga harakat qiladi. Ayni zolning olinish reaksiyasida ishtirok etuvchi elektrolit ionlari yoki kolloid eritmadagi har qanday boshqa elektrolit ionlari qarshi ionlar boʻla oladi. Kolloid zarrachaga zaryad beruvchi va kolloid sistemani barqaror qiluvchi elektrolit ionli-stabilizator hisoblanib, bunday elektrolit qoʻsh elektr qavat hosil qiluvchi ionlarni beradi. Yuqorida aytilgan fikrlarni sxema tarzida quyidagicha ifodalash mumkin: Granula, ya‘ni kolloid zarracha = yadro + adsorbsion qavat Mitsella = granula + qarama-qarshi zaryadli ionlar Zol = mitsella + intermitsellyar suyuqlik yoki Bular hammasi qoʻshilib zolni tashkil etadi. Misol uchun AgI zolining tuzilishini koʻramiz (75-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling