Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
-§. O.Shtern nazariyasi va hozirgi zamon nazariyalari
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 73-rasm.O.Shtern qoʻsh elektr qavatining tuzilish sxemasi.
12.2-§. O.Shtern nazariyasi va hozirgi zamon nazariyalari.
O.Shtern nazariyasi. Gelmgols-Perren va Gui-Chepmen nazariyalari umumlashtirildi, 1924-yilda O.Shtern taklif qilgan nazariyada, yuqoridagi nazariyalarning kamchiliklari bartaraf qilindi. Shtern oʻzining ushbu nazariyasini yaratishda quyida bayon etilgan ikki ehtimoliy fikrni ilgari suradi. Birinchidan, har qanday ion oʻziga xos aniq oʻlchamga ega. Ikkinchidan, ionlar Van-der-Vaals kuchlari ta‘sirida oʻziga xos ravishda qattiq faza sirtiga ion radiusidan kattaroq masofaga qadar yaqinlasha olmaydi, chunki Van- der-Vaals kuchlari elektrik tabiatiga ega boʻlmaganligidan ularning ta‘siri masofa kattalashishi bilan tezda susayib ketadi; bu kuchlar sirtdan taxminan 0,1-0,3 nm dan uzoq masofalargachagina oʻz ta‘sirini koʻrsata oladi. Shtern fikriga muvofiq, qarama-qarshi ionlarning faqat bir qismi qattiq faza yaqinida 1-2 molekula radiusiga teng masofada (u bilan belgilangan) Gelmgols (yoki adsorbsion) qavatini hosil qiladi. Sirtdagi (ya‘ni potensial belgilovchi) ionlar zaryadini batamom kompensatsiyalash uchun zarur boʻlgan qarshi ionlarning qolgan qismi esa diffuz (yoyiq) tartibda joylashadi (73-rasm). Shtern diagrammasining bu qismi Gui-Chepmen diagrammasidagi kabi boʻladi. Bu sxemada, В sayqallanish chegarasi; bir-ikki molekula 144 diametriga teng tekis kondensator sirtlari orasidagi masofa. Eritma suyultirilganda diffuz qavat kengayib potensial katalashadi, elektrolit qoʻshilganda diffuz qavat torayadi, potensial kichiklashadi. 73-rasm.O.Shtern qoʻsh elektr qavatining tuzilish sxemasi. Shunday qilib, qoʻsh elektr qavatning tuzilishi qattiq faza sirtida zaryadning hosil boʻlish mexanizmiga emas, balki zaryadlarning sirtda joylashishiga bogʻliq ekanligini koʻrish mumkin , binobarin: Bu yerda, qattiq faza sirtidagi barcha ionlar potensiali, Gelmgols qavati ichida ning pasayishi, esa 0 ning diffuz qavati ichida pasayishi. Shtern nazariyasi kolloid zarrachalarining qayta zaryadlanish hodisasini tushuntira oladi, chunki Shtern fikricha, qoʻsh elektr qavatning tuzilishiga qarshi ionlar tabiati katta ta‘sir koʻrsatadi. Agar eritmaga elektrolit qoʻshilsa, diffuz qavat qisqarib, qarshi ionlar adsorbsiya qavatga koʻproq yigʻila boshlaydi, buning natijasida qoʻsh elektr qavat Gelmgols-Perren sxemasiga yaqin tuzilishga ega boʻlib qoladi, bunda dzeta - potensial qiymati kamayadi. Agar eritma suyultirilsa diffuz qavat aksincha, kattalashadi va dzeta-potensial qiymati ortadi. Qoʻsh elektr qavat tuzilishiga qarshi ionlarning xilma-xil valentlikka ega ekanliklari ham ta‘sir koʻrsatadi, chunki Shtern fikricha, diffuz qavatning qalinligi va adsorbsiya qavatidagi qarshi ionlar soni ularning valentligiga bogʻliqdir. 145 Binobarin, qarshi ionning valentligi qancha katta boʻlsa, diffuz qavat shuncha yupqa va dzeta-potensial shu qadar kichik qiymatga ega boʻladi. Lekin, ionlarning valentligi bir xil boʻlsa, u holda qoʻsh elektr qavatining, tuzilishiga bu ionlarning qutblanish va gidratlanish xossalari oʻz ta‘sirini koʻrsatadi. Qutblanuvchi qarshi ionlar qoʻshimcha adsorbsion kuchlarni hosil qilishi sababli qoʻsh elektr qavat koʻproq kichiklashadi. Ionning radiusi kattalashgan sari uning gidratlanish xususiyatlari pasayadi. Kam gidratlangan ion qoʻsh elektr qavat qalinligini koʻproq qisqartiradi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling