Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-§. Choʻkish va oqib chiqish potensiallari


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

11.2-§. Choʻkish va oqib chiqish potensiallari. 
Koʻpgina kolloid eritmalarni tekshirish natijasida kolloid zarrachalarining 
zaryadi zolning tabiatiga bogʻliqligi aniqlangan edi. Metall oksidlari va 
gidroksidlarning zollari musbat zaryadli, kumush, oltin, platina, oltingugurt, 
metallsulfid va silikat kislota zollari manfiy zaryadli boʻladi. 
Kolloid zarrachalar zaryadning ishorasi zolning qanday usulda olinishiga ham 
bogʻliq boʻladi. Masalan, 
ga KBr ta‘sir ettirib AgBr zoli olishda KBr dan 
ortiqroq miqdorda qoʻshilsa, hosil boʻlgan zol manfiy zaryadli, 
dan 
ortiqroq miqdorda qoʻshilganda esa zol musbat zaryadli boʻladi. Kolloid 
zarrachalar zaryadning ishorasi qanday boʻlishidan qat‘iy nazar, kolloid eritma 
elektroneytral boʻladi; kolloid zarrachalarning zaryadi eritma ichidagi qarshi 
ionlarning zaryadi bilan muvozanat holatini saqlab turadi.
Dispers sistemalarda uchraydigan elektrokinetik hodisalar jumlasiga 
elektroforez va elektroosmosdan tashqari, yana quyidagi ikki hodisani ham kiritish 
mumkin (68-rasm):

Ogʻirlik kuchi ta‘siri ostida kolloid eritmadagi qattiq faza choʻkkanida qattiq 
faza bilan suyuqlik chegarasida elektr potensial paydo boʻladi (Dorn effekti). 
U choʻkish potensiali deb ataladi. Bu hodisa elekroforezga qarama-qarshi 
hodisa deb qaraladi, chunki, elektroforezda elektropotensial ta‘siridan qattiq 
jism zarrachalari harakatlangan boʻlsa, choʻkish potensiali yuzaga chiqishida 
fazalarning bir-biriga nisbatan harakati natijasida elektr potensial hosil 
boʻladi;

Agar suyuqlik bosim ta‘siri ostida kapillyar naydan oqib chiqsa, suyuqlikning 
chiqish joyida elektr potensial «oqib chiqish potensiali» paydo boʻladi 
(Kvinke effekti). 


136 
68-rasm. Choʻkish (a) va oqib chiqish (b) potensialini aniqlovchi 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling