Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchi bobda yoritilgan mavzular yuzasidan savollar
Tayanch tushuncha va iboralar
Freyndlix yoki Lengmyur tenglamalari, qattiq modda sirtida eritmalarda boʻladigan adsorbsiya, qutbli va qutbsiz erituvchilarning turli adsorbent sirtida sorbsiyasi, qattiq jism sirtida eritmadan adsorbsiyalanish turlari, iоnlar almashinish adsоrbsiyasi, ionitlar, aniоnlarning liоtrоp qatоri, elektrolitlarning adsorbsiyasi turlari, permutitlar, kationitlar, anionitlar, mоlekulyar adsоrbsiya, xrоmatоgrafik adsоrbsiоn tahlil, elyutsiya, radiоxrоmatоgrafik usul To‘rtinchi bobda yoritilgan mavzular yuzasidan savollar 1. Hoʻllanish jarayonini izohlang va hoʻllanish issiqliklari tushunchasini ta‘riflang? 2. Hoʻllanish chet burchagi va hoʻllanish jarayonining texnologiyadagi ahamiyatini tushuntiring? 3. Adgeziya va kogeziya hodisalari qanday yuzaga keladi? 4. Kogeziya, adgeziya, hoʻllanish va yoyilish hodisalarini sirt taranglik bilan bogʻliqligini tushuntiring? 5. Yung tenglamasi qanday kattaliklar orasidagi bogʻliqlikni koʻrsatadi? 129 6. Suyuqliklarning kapillyar bosimi nimadan iborat? 7. Suyuqlik sirti kapillyar naylarda qanday koʻrinishlarda boʻladi? Jarayonni Jyuren tenglamasini yozish orqali tushuntirib bering. 8. Suyuqlikning yoyilib ketish koeffitsienti deganda nima tushuniladi? 9. Sirt qavatlar termodinamikasi qanday ifodalanadi? Sirt taranglik nima? 10. Sirt-faol moddalar (SFM) deb nimaga aytiladi, va ular qanday belgilanadi? 11. Sirt-nofaol moddalar nima va ularga misollar keltiring? 12. Adsorbsiya nima va uning fazalar chegara sirtida borish turlarini sanang? 13. Gibbs tenglamasini yozing va izohlab bering? 14. Sirt taranglik va adsorbsiya izotermalarini tahlil qiling? 15. Toʻyingan adsorbsion qavat deb nimaga aytiladi? 16. G - maksimal solishtirma adsorbsiya nima? 17. Lengmyur nazariyasi qaysi fikrlarlarga asoslangan? 18. Adsorbsion markazning tabiati qanday? 19. Lengmyurning monomolekulyar adsorbsiya tenglamasi qanday? 20. Tenglamadagi kattaliklar qanday topiladi? 21. Adsorbsion muvozanat nima? 22. Adsorbsiya izotermasidagi Lengmyur sohasini koʻrsating? 23. Polimolekulyar adsorbsiya uchun Polyani nazariyasi nimadan iborat? 24. Polimolekulyar adsorbsiya izotermasi qanday koʻrinishga ega? 25. BET nazariyasi qanday nazariya? BET tenglamasini yozing. 26. Qattiq sirt- eritma orasidagi adsorbsiya qanday boradi? 27. Molekulyar adsorbsiya nima? 28. Erigan modda, erituvchi va adsorbentning qutbliliklari orasida qanday bogʻliqlik bor? 29. Elektrolitlar adsorbsiyasi borish jarayoni qanday? 130 30. Ion almashinish adsorbsiyasini ta‘riflang va misollar keltiring? 31. Ionitlar qanday moddalar, ularning qanday ahamiyati bor? 32. Adsorbsiyalanish darajasi bilan ionlarning gidratlanish darajasi orasida qanday bogʻliqlik bor? 33. Suvni tozalashda qanday ionitlardan foydalaniladi? 34. Adsorbsion xromotografiya nima? 35. Xrоmatоgrafik adsоrbsiоn tahlil qaysi birikmalarni ajratib оlishda juda katta ahamiyatga ega Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling