Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

Elektroforez 
va 
elektroosmos
Umuman, 
dispers 
sistemalarning 
zarrachalarida elektr zaryadi borligini 1808-yilda Moskva universitetining 
professori Reyss topgan. U shunday tajriba oʻtqazgan (66-rasm). 
Agar suvga toʻldirilgan ikkita shisha trubalar olib, ularni loyning ichiga tiqib 
qoʻyib, ularga elektrodlar orqali tok bersa, musbat elektrod qoʻyilgan trubkadagi 
suv loyqalanib qolgan, manfiy zaryadli suv esa tiniqligicha qolavergan. Bu shuni 
koʻrsatadiki, loyning zarrachalari elektr maydonida musbat zaryadga qarab 
intilgan. Zarrachalarning elektr maydonidagi oʻtish tezligi esa berilgan toklarning 
kuchiga va loyning elektr oʻtkazuvchanligiga toʻgʻri proporsional boʻlib, loyning 
qovushqoqligiga esa teskari proporsional boʻlgan. Zarrachalarning elektr 
maydonidagi harakati elektroforez yoki katoforez deb atalgan. 
66-rasm. Reyss tajribasining sxemasi. 
Reyssning ikkinchi tajribasi esa, maydalangan (poroshok) ya‘ni kvars 
kukunida oʻtkazilgan. Agar tutash idishga kvars kukunini solib (u diafragma 


133 
oʻrnida foydalaniladi), unga suv toʻldirib, elektr tokini bersak unda tutash idishning 
manfiy zaryadli tomoni koʻtarila boshlaydi. Bunda ham elektroforezga oʻxshab suv 
koʻtarilishi qoʻyilgan toklarning kuchiga, dielektrik oʻtkazuvchanligiga toʻgʻri 
proporsional, diafragmaning qovushqoqligiga esa teskari proporsional boʻladi. Bu 
hodisa elektroosmos deb ataladi (67-rasm). Bu hodisalarning sababi qattiq jism 
bilan suyuqlik fazalaridagi har xil zaryadlarning mavjudligidir. 
67-rasm. Reyssning ikkinchi tajribasining sxemasi. 
Elektroforez hodisasida loyning kichkina zarrachalari elektrodlar orasida hosil 
boʻlgan elektr maydoniga dispers fazaning zaryadlangan zarrachalari musbat 
elektrodga boradi. Elektroosmosda qumning zarrachalari loynikiga qaraganda 
ancha ogʻir boʻlgani uchun ular harakat qilolmay elektr maydoni ta‘sirida qum 
qavatlarida hosil boʻlgan kapillyarlar orqali manfiy elektrod tomon musbat 
zaryadlangan suyuqlik harakat qiladi. Shuning uchun ham manfiy zaryadli elektrod 
qoʻyilgan tutash idishning ustuni balandga koʻtariladi. Bu hodisalar, umuman 
kolloid zarrachalarning zaryadlanishi, elektroforez hodisalarning hammasi kolloid 
sistemalarda ionlar yordamida qoʻsh elektr qavatining mavjudligi sababidan yuz 
beradi.
Elektroosmos yoʻnalishiga qarab suyuqlik zaryadi ishorasini aniqlash 
mumkin. Rus olimlari I.Jukov va B.Nikolskiy elektroosmos hodisasidan 
foydalanib suvni tozalash usulini topdilar. Elektroforezning chiziqli tezligi 
quyidagicha aniqlanadi: 








E
u
0


134 
bu yerda, 

dielektrik konstantasi


F


yoki


boʻlib, 
sistemasida, dielektrik konstantasining vakuumdagi 
qiymatini koʻrsatadi; 
sistemada 

ning qiymati 1 ga teng, 

qovushqoqlik. 
Ushbu tenglama Gelmgols-Smoluxovskiy tenglamasi deb yuritiladi. 
Elektroforez usulidan foydalanib kolloid sistemalarning dzeta-potensialini 
aniqlash mumkin. Dzeta-potensialni hisoblab topish uchun quyidagi formuladan 
foydalanish mumkin boʻladi: 
E
ul
К







bu yerda, 

- dzeta-potensial, 

- suyuqlikning qovushqoqligi, u- kolloid 
zarrachaning elektroforezdagi chiziqli tezligi, E- berilgan potensiallar ayirmasi, l-
ikki elektrod oraligʻidagi masofa, ya‘ni kapillyar uzunligi, K

4 (silindrik shakldagi 
zarrachalar uchun) K

6 (kichik sferik zarrachalar), 

- suyuqlikning dielektrik 
konstantasi. 
Elektroforezni tekshirish natijasida kolloid zarracha qanday zaryadga ega 
ekanligini va dzeta-potensial qiymatini aniqlash mumkin. Silindrik shakldagi 
zarrachalarning dzeta-potensialini aniqlash uchun 
H
u



4

formuladan, shuningdek, sferik shakldagi zarrachalar uchun 
H
u



6

formuladan foydalaniladi. Bu yerda, 
(E- potensiallar ayirmasi; l
elektrodlalaro masofa, 

- qovushqoqlik).
Dzeta – potensial qiymati eritmadagi elektrolit ionlar konsentratsiyasiga va 
ularning zaryadiga bogʻliq. Elektrolit konsentratsiyasi qanchalik katta boʻlsa, dzeta 
- potensial qiymati shunchalik kichik boʻladi. Diffuzion qavatdagi barcha qarshi 
ionlar adsorbsion qavatga oʻtib ketsa, dzeta- potensial qiymati nolga teng boʻlib 
qoladi. Laboratoriyadagi tadqiqot ishlarida dzeta-potensialni aniqlash uchun 
solishtirma elektr-oʻtkazuvchanlikni oʻlchashdan foydalanish qulay boʻlanligi 


135 
sababli Gelmgols-Smoxulovskiy formulasi quyidagi shaklga keltirilib yozilishi 
mumkin: 
0










l
к
bu yerda, 
solishtirma elektr oʻtkazuvchanlik, 

hajmiy tezlik, ya‘ni 


ga teng boʻladi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling