Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
-rasm. Ikki suyuqlik chegarasidagi adsorbsiya jarayoni
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 61-rasm. Suv-benzol chegarasida difil molekulalarining joylashish holati
60-rasm. Ikki suyuqlik chegarasidagi adsorbsiya jarayoni.
Ikki suyuqlik chegarasida boʻladigan adsоrbsiya jarayonlari, masalan, suv va benzоl chegarasida, eritma-gaz chegarasida sоdir boʻluvchi jarayonlarga oʻxshashdir. Suyuqliklardan biriga sirt-faol modda qoʻshilganda u fazalar boʻlinish chegarasida adsоrbsiyalanadi va fazalar оrasidagi sirt tarangligini kamaytirib yubоradi. Sirt-faol modda difil mоlekulalarining qutbli gidrоfil qismi qutbli suyuqlik (suv)ga qarab, qutbsiz gidrоfоb qismi esa qutbsiz suyuqlik (benzоl)ga qarab jоylashadi. 61-rasm. Suv-benzol chegarasida difil molekulalarining joylashish holati Qutbsiz uglevоdоrоd radikalining uzunligi va qutbli guruhlarning turiga bоgʻliq ravishda sirt-faol modda mоlekulalari tartibli jоylashishlarini saqlagan hоlda, suyuqliklardan biri (benzоl yoki suv ) da jоylashadi. Uglevоdоrоd radikali uncha katta boʻlmaganda, masalan, mоlekulasida, mоlekula qutbli muhit (suv) ga tоrtiladi. Radikal zanjirining uzayishi bilan qutbli guruhlarning ta‘siri kuchayadi va sirt-faol modda qutbsiz suyuqlik (benzоl) da erib ketadi (61- rasm). Agar suv va benzol aralashmasiga qutbsiz radikali hamda va hokazo kabi) qutbli guruhlari boʻlgan organik moddalar qoʻshilsa, bu modda molekulalarining qutbli guruhlari suvga, uglevodorod radikallari esa benzolga 118 qarab joylashadi. Agar difil mоlekula qutbli va qutbsiz muhitlarga nisbatan bir xil xususiyatga ega boʻlsa, u hоlda mоlekula fazalar boʻlinish chegarasida jоylashadi. Ikki suyuqlik chegarasidagi moddalar adsorbsiyasi xossasidan foydalanib, farmatsevtika va kimyo sanoatlarida har xil emulsiyalar tayyorlanadi, masalan, tibbiyot uchun streptotsid, sintomitsin, oltingugurt, rux oksid va boshqa emulsiyalar. Qishloq xoʻjaligi uchun insektitsid, gerbitsid va defoliant preparatlari kabi emulsiyalar tayyorlanadi. Adsorblangan molekulalardan iborat qavatning hosil boʻlish hodisasi emulsiyalar olishda va emulsiyalarning barqaror boʻlishida katta ahamiyatga ega. Emulsiya bir suyuqlikning boshqa bir suyuqlikka tarqalgan va u bilan aralashmaydigan tomchilaridan iborat. Agar suvga benzol qoʻshib chayqatilsa, darhol benzolning suvdagi emulsiyasi hosil boʻladi, bu emulsiya suvga tarqalgan benzol tomchilaridan iborat. Benzolning suvdagi emulsiyasi barqaror emas, chunki benzol tomchilari bir-biriga qoʻshilib, yirik tomchilar hosil qiladi va bir muncha vaqt oʻtgandan keyin suv sirtiga koʻtarilib benzol qavatini hosil qiladi. Oʻzaro aralashmaydigan bunday ikki suyuqlikka ozgina sirt-faol modda (masalan, sovun) qoʻshib chayqatilsa, har qaysi tomchi sirtida sirt-faol moddaning mustahkam adsorbsion qavati hosil boʻladi va bu qavat tomchilarning bir-biri bilan birlashib, yirik tomchi hosil qilishiga yoʻl bermaydi, chunki har bir tomchi sirtidagi adsorbsion qavatda sirt-faol modda molekulasining qutbli qismi qutbli suyuqlikka tomon, qutbsiz qismi esa qutbsiz suyuqlikka tomon qaragan boʻladi. Emulsiyalarni barqaror qila oladigan sirt-faol modda emulgator deyiladi. Organik kislotalar, sovun, aminlar va boshqa birikmalar emulgatorlardir. P.Rebinder barcha difil sirt-faol moddalarni haqiqiy eruvchan sirt-faol moddalar va kolloid sirt-faol moddalar degan ikki guruhga boʻldi. Birinchisiga kichik radikalga ega boʻlgan difil eruvchan organik birikmalar (quyi spirtlar, fenollar, organik kislotalar, ularning tuzlari, aminlar va h.k.) kiradi. Ular sirt-faol modda sifatida kam ishlatiladi. Kolloid sirt-faol moddalar alohida diqqatga sazovordir. ―Sirt-faol moddalar‖ termini ham aynan ana shularga oid. Kolloid sirt-faol moddalarning ajoyib 119 xususiyati shundaki, ular termodinamik jihatdan barqaror kolloid (liofil) dispers sistemalar hosil qila oladi. Ularning muhim xarakteristikasi quyidagilardan iborat: sirt faolligi yuqori; mitsellalar hosil boʻladigan kritik konsentratsiyadan yuqori konsentratsiyalarga ega boʻlgan liofil-kolloid eritmalar hosil qila oladi; kolloid sirt-faol moddalarning eritmalarida solyubilizatsiya hodisasi kuzatiladi. Bu hodisaning mohiyati quyidagicha. Agar biror sirt–faol moddaning yetarli konsentratsiyadagi eritmasiga suvda erimaydigan organik modda (boʻyoq, geptan, kerosin) solinsa, bu modda kolloid tarzda erib, tiniq eritma hosil qiladi. Sirt-faol moddalarning adsorblanish xususiyatini xarakterlashda ularning amalda qoʻllanilishi uchun ahamiyatga sazovor boʻlgan kattalik gidrofil-lipofil balans tushunchasi ham kiritilgan (lipofil termini lipos – yogʻ soʻzidan kelib chiqqan). Sirt-faol moddaning gidrofil-lipofil balans soni modda tarkibidagi qutbli guruhning gidrofil xossalari bilan uglevodorod radikallarining lipofil xossalari orasidagi nisbatni xarakterlaydi. Gidrofil-lipofil balans sonini aniqlash uchun sirt- faol moddalarning mitsellalar hosil qilish xususiyatidan va ularning emulsiyalarni barqarorlash xossalaridan foydalaniladi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling