Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 57-rasm. Etil spirtning suvda musbat (a) va manfiy (b) 113 adsorbsiyasi.
Gibbs tenglamasi. Eritma sirtidagi adsоrbsiya bilan sirt tarangligi оrasidagi
miqdоriy bоgʻlanish bоrligini 1876-yilda V.Gibbs tоpdi, Gibbs tenglamasi quyidagicha yoziladi: dC d RT C G Bunda, G-erigan mоddaning eritma sirt birligiga yigʻilgan miqdоri; C-eritma kоnsentratsiyasi; R- universal gaz dоimiysi; T- absоlyut temperatura; dc d / - kоnsentratsiya oʻzgarganda sirt tarangligining oʻzgarishi. P.Rebinder ta‘biricha dc d / ifodani sirt faollik deb ataldi. Sirt-faol moddalar uchun dc d / <0 boʻlib, G>0 boʻladi. Sirt-nofaol moddalar uchun dc d / >0 boʻlib, G<0 va adsоrbsiya manfiydir. Agar erigan mоdda kоnsentratsiyasining oʻzgarishi bilan sirt tarangligi oʻzgarmasa, u hоlda dc d / =0 va G =0 boʻladi. Suyuqlik sirtida moddalarning yigʻilish miqdoriga qarab musbat va manfiy adsorbsiya boʻlar edi. Musbat va manfiy adsorbsiyani etil spirtning suvdagi adsorbsiyasi misolida koʻrish mumkin (57-rasm). Etil spirtning sirt tarangligi suvnikiga qaraganda kam, ya‘ni da ga tengligi tajribalardan aniqlangan. 57-rasm. Etil spirtning suvda musbat (a) va manfiy (b) 113 adsorbsiyasi. Suvga asta-sekin etil spirt qoʻshilganda suvning sirt tarangligi kamayib boradi va oxiri eritmaning sirt tarangligi etil spirtning sirt tarangligiga teng boʻlib qoladi. Etil spirtga asta-sekin suv qoʻshilganda eritmaning sirt tarangligi ortib boradi va oxiri suvning sirt tarangligiga tenglashadi. Eritma konsentratsiyasi oʻzgarganda, sirt taranglik kamaysa, sirt-faollik manfiy boʻladi, ammo adsorbsiya bu holat uchun musbat qiymatga ega boʻladi, boshqacha qilib aytganda, modda suyuqlik sirtida adsorblanadi. Agar eritma konsentratsiyasining ortishi bilan suyuqlikning sirt tarangligi koʻpaysa, sirt-faollik musbat qiymatga ega boʻladi, ya‘ni adsorbsiya boʻlmaydi. Demak, bunday eritmada erigan moddaning konsentratsiyasi suyuqlikning sirt qavatida uning ichki qavatlaridagiga qaraganda kam boʻladi. Konsentratsiya (C) ni ΔС ga teng deb faraz qilish mumkin boʻlgan suyuq eritmalar uchun Gibbs tenglamasi Δơ = - RTG shaklida yoziladi. Sirt faol moddalar uchun minus (-) ishorani tashlab yuborish mumkinligidan va agar G oʻrniga ni qoʻysak: S Δơ = RT tenglama kelib chiqadi. Bu tenglama xuddi ideal gazning holat tenglamasiga oʻxshaydi. Lengmyur bu tenglamadan foydalanib, turli sirt-faol moddalarning eritmalari bilan oʻtkazgan tajribalari asosida gaz konstantasi R ni aniq hisoblay oldi. Demak, eritma konsentratsiyasi nihoyatda kichik boʻlganida sirt-faol moddaning molekulalari eritmaning sirt qavatida «gaz» holatida boʻladi, deyish mumkin. Suyuqlikka sirt-faol moddalar adsorblanganda suyuqlikning sirt tarangligi sezilarli ravishda kamayadi. Suvga organik kislota masalan, , va hokazo qoʻshilganda suvning sirt tarangligi kamayadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling