O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


IV BOB. KORXONANING HISOB SIYOSATI VA


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
IV BOB. KORXONANING HISOB SIYOSATI VA 
BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH  
 
4.1. Hisob siyosatining mohiyati, vazifalari, shakllantirish 
bosqichlari va tamoyillari 
 
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo‘lga quyish usullarining 
tartiboti bo‘lib, ustav va boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar fak-
tini dastlabki kuzatish (hujjatlashtirish va inventarizatsiya), qiymat 
o‘lchovida ifodalash (baholash va Kalkulyatsiya), joriy guruhlash 
(schotlar va ikkiyoqlama yozuv) va yakuniy umumlashtirish (balan-
slashtirish va hisobot)dan iborat. Buxgalteriya hisobining bir xildagi 
metodini har xil korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati turlicha 
bo‘ladi. Baholash, Kalkulyatsiya, xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish 
tartibi va hokazolarning muayyan usullarini tanlash imkoniyati 
korxonaning hisob siyosatini shakllantirishdagi tanlash erkinligini 
bildiradi. 
Hisob siyosatining bosh vazifasi – korxona faoliyatini yuqori dara-
jada obyektiv aks ettirish, uning faoliyatini samarali boshqarish 
maqsadida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirishdan iborat. 
Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni ta’minlashi lozim: 
-
 
xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida 
to‘liq aks ettirish (to‘liqlik tamoyili); 
-
 
xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hi-
sobotda o‘z vaqtida aks ettirish (o‘z vaqtidalik tamoyili); 
-
 
mumkin bo‘lgan daromadlar va aktivlarga qaraganda xarajatlar 
va majburiyatlarni buxgalteriya hisobida tan olishga tayyor turish, 
yashirin rezervlar yaratilishiga yo‘l qo‘ymasdan (ehtiyotkorlik tamoyili); 
-
 
xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shaklidan 
kelib chiqqan holda, balki iqtisodiy mazmuni va xo‘jalik yuritish 
sharoitlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish 
(mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili); 
-
 
har oy oxiriga sintetik hisob schotlari bo‘yicha qoldiq va 
oborotlarning analitik hisob ma’lumotlariga tengligi (o‘zaro zid 
bo‘lmaslik tamoyili); 


 
 
120
-
 
korxonaning hajmi va xo‘jalik faoliyatining shart-sharoitlari-
dan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini oqilona yuritish (oqilon-
alik tamoyili). 
Hisob siyosati buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgi-
langan hisob yuritish usullaridan maqbulini tanlash yo‘li bilan shakllan-
tiriladi. Agar, buxgalteriya hisobi milliy standartida qandaydir obyekt 
uchun hisob yuritish usuli belgilanmagan bo‘lsa, korxona o‘zi ishlab 
chiqishi mumkin. Har ikkala holda hisob siyosatini tashkil etishda 
korxonada asosiy talab – buxgalteriya hisobini yuritish usulini tanlash 
yagona tamoyilga asoslanishi lozim. Bu quyidagilarni bildiradi: tanlan-
gan hisob yuritish usulining korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalari, 
jumladan, mustaqil balansga ajratilganlari ham qo‘llashi, aks holda hisob 
axborotlarini taqqoslash va umumlashtirish mumkin emas; biron bir 
muayyan masalaga nisbatan korxona bitta tanlangan usulni, agar bosh-
qachasi standartda belgilangan bo‘lmasa, qo‘llashi mumkin; masalan, 
barcha faoliyat turlari uchun sotishdan olingan foyda bitta usul – tovar-
larni xaridorga jo‘natish va hisob-kitob hujjatlarini taqdim etish 
me’yoriga qarab aniqlanadi. 
  Hisob siyosatini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan 
iborat (4.1 rasm). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling