O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

4.3. Hisob siyosatini o‘zgartirish 
 
Hisob siyosati, qoidaga ko‘ra, hisobot davri davomida 
o‘zgartirilmasligi lozim.  
Hisob siyosatini o‘zgartirishga quyidagi shart-sharoitlar ta’sir 
ko‘rsatadi:  


 
 
130
-
 
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik yoki 
buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi davlat organi me’yoriy huj-
jatlarining o‘zgarishi;  
-
 
korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining ayrim uchastkalarida 
buxgalteriya hisobini yuritishning yangi usullari ishlab chiqilishi; 
-
 
korxona faoliyatining jiddiy o‘zgarishi. 
Bunda moliyaviy hisobotdan manfaatdor foydalanuvchilar qo‘llash 
to‘g‘risida moliyaviy ahvolni, pul oqimlarini yoki moliyaviy natijalarni 
ishonchli baholash mumkin bo‘lmagan, buxgalteriya hisobini yuritish 
usullari muhim deb e’tirof etiladi.  
Korxonaning moliyaviy ahvoli, pul mablag‘larining xarakati yoki 
faoliyatining natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan yoki ko‘rsata oladigan 
hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlari pul ifodasida baholanadi. Hisob 
siyosatini o‘zgartirish oqibatlarini pul ifodasida baholash buxgalteriya 
hisobining o‘zgartirilgan usuli qo‘llanila boshlagan sanaga, korxona to-
monidan chiqarilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.  
Hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlarini aks ettirish hisobot davri 
uchun tegishli ma’lumotlarni hisobot davridan oldingi davrdagi moli-
yaviy hisobotga kiritishdan iborat. Ko‘rsatilgan tuzatishlar faqat moli-
yaviy hisobotda aks ettiriladi. Bunda hech qanday buxgalteriya yo-
zuvlari amalga oshirilmaydi. 
 Hisob siyosatini o‘zgarishini hisob siyosatidan oldingi davrga nis-
batan pulda ifodalash unchalik ishonchli amalga oshirilmaganda bux-
galteriya hisobini yuritishni o‘zgartirilgan usuli faqat bunday usul 
kiritilgan xo‘jalik faoliyati faktlarga muvofiq qo‘llaniladi. 
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini 
ta’minlash maqsadida hisob siyosatiga o‘zgartirishlar yilning 1-yanvari-
dan ya’ni moliya yilining boshidan kiritilishi lozim. 
Hisobot yilidan keyingi yil uchun hisob siyosatiga kiritilgan 
o‘zgartirishlar moliyaviy hisobotni tushuntirish xatida izoh beriladi. 
Korxona faoliyatida birinchi marta vujudga kelgan yoki oldin mavjud 
bo‘lgan faktlardan mohiyatan farq qiladigan xo‘jalik faoliyati faktlarini 
buxgalteriya hisobida yuritish usulini tasdiqlash hisob siyosatining 
o‘zgartirishi hisoblanmaydi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling