O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

hisob siyosatining tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqamiz. Buxgalteriya 


 
 
127
hisobini tashkil etish masalalari 4.5 paragrafda batafsil bayon qilin-
gan). 
Buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minoti boshqaruv apparatiga is-
honchli va zarur axborotlarni kam xarajat qilgan holda, o‘z vaqtida 
taqdim etish vazifasiga bo‘ysundirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu vazifani 
hal etish qator omillar bilan ta’minlanib, ulardan har biri qaror topgan 
an’analar, korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlari va hisob ish-
larining xajmidan kelib chiqadi.  
Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minoti uni boshqaruv hisobi va 
moliyavyi hisob quyi tizimlariga ajratishni nazarda tutadi. Ular o‘rtasida 
keskin chegara bo‘lmasa-da, bunday ishni amalga oshirish zarur. U hi-
sob axborotlarining alohida foydalanuvchilar o‘rtasida aniq yo‘nalishini 
belgilaydi. Mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini shakllantirish bo‘yicha 
boshqaruv va korxonani strategik rivojlantirish asosini yaratadi. Ushbu 
axborot faqat korxona menedjerlariga ruxsat etiladi. Boshqaruv hisobini 
tashkil etish tartiblarini korxona mustaqil belgilaydi. 
Moliyaviy hisob u yoki bu darajada tartibga solinadi. Shuning 
uchun ma’lum talablar va tamoyillar tizimi ishlab chiqiladi.  
Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish va amaldagi 
qonunchilikka rioya qilinishi uchun uning rahbari javobgar. Rahbar hi-
sob siyosatini ishchi schotlar rejasini, dastlabki hujjatlar shakllarini (na-
munaviy shakli bo‘lmagan xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish 
uchun), inventarizatsiya o‘tkazish tartibini, hujjatlar aylanish qoidalarini 
va buxgalteriya hisobini tashkil etish maqsadida zarur bo‘ladigan tartib-
qoidalarni tasdiqlashi lozim.  
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qon-
uniga muvofiq, korxona rahbari buxgalteriya hisobini shaxsan o‘zi yu-
ritish huquqiga ega. Lekin, qaysi holatlarda ushbu funksiyani rahbarning 
o‘zi bajarishi aniq ko‘rsatilmagan, ammo bunday variant kichik biznes 
korxonalari, masalan, dehqon xo‘jaliklari uchun qulay. 
Bosh buxgalter boshqaradigan mustaqil buxgalteriya xizmati 
tashkil etilishi ham mumkin. Bunday xizmat korxonaning boshqa 
bo‘linmalari kabi tarkibiy bo‘linma hisoblanadi. 
Bosh buxgalter bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi va hisob 
siyosatini tashkil etish, buxgalteriya hisobini yuritish, to‘liq va ishonchli 
moliyaviy hisobotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun javobgar. 
Buxgalteriya hisobini yuritish shartnoma asosida markazlashgan 
buxgalteriya, ixtisoslashgan mustaqil tashkilot yoki tegishli oliy yoki 
o‘rta maxsus ma’lumotga ega buxgalter tomonidan yuritilishi mumkin. 


 
 
128
Har qanday holatda buxgalteriya hisobining u yoki bu tashkiliy 
shaklini tanlash hisob jarayonini oqilona tashkil etishning muhim omili 
hisoblanadi. Buning ustiga, agar oldin hisob texnologik jarayoniga EH-
Mni keng qo‘llashga, markaziy buxgalteriya tashkil etish abzal 
hisoblansa, hozirgi vaqtda vaziyat boshqacha markazlashmagan bux-
galteriya hisobi katta imkoniyatlarga ega. Asosiy masala – buxgalterning 
ish joyini avtomatlashtirish. Boshqa omillar: hisob ishlarining hajmi
xodimlar soni ishlab chiqarish zaxiralari va tayyor mahsulotlarning no-
menklaturasi, mol yetkazib beruvchilar, haridorlar va shu kabilarning 
soni katta ahamiyatga ega emas. 
Shuning uchun hisob xodimlarining vazifalari ularning ish yukla-
masi, boshqaruv tizimidagi pog‘onalar o‘rtasida to‘g‘ri va teskari o‘zaro 
aloqalarhisob ma’lumotlarini uzatish va uzatish vositalari va kanallari-
dan kelib chiqqan holda qayta taqsimlanishi lozim. 
Hisob xodimlarining mehnat taqsimoti 3 turga bo‘linadi: predmetli; 
chiziqli; funksional. 
Mehnat taqsimotining predmetli varianti hujjatlarning bo‘limlar-
ning nomlanishiga muvofiq taqsimlashni nazarda tutadi: 
-
 
hisob-kitob bo‘limi; 
-
 
ishlab chiqarish bo‘limi; 
-
 
hisob bo‘limi; 
-
 
sotish bo‘limi; 
-
 
umumiy bo‘lim. 
Albatta, konsalidatsiyalangan hisobotdan asosiy foydalanuvchilar 
aksiyadorlar hisoblanadi. Bosh kompaniyaning aksiyadori uning aksiya 
paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar hajmini baholash imkoniga ega 
emas. Chunki bosh kompaniyaning balansi faqat sho‘ba korxonalariga 
quyilmalar summasidan iborat va ushbu quyilmalarning jami real qiy-
matini va mos ravishda aksiyadorlarning ulushini aks ettirmaydi. Aksi-
yadorlar uchun ularning quyilmalarini obyektiv aks ettiradigan, bosh 
kompaniyaning barcha sho‘ba va tobe korxonalari faoliyatining 
ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladigan obyektiv axborotlar zarur. 
Buxgalteriya hisobini tashkil etishdan to yuritish va hisobot tuzish 
hamda taqdim etishga qadar barcha ishlarni mavjud shart-sharoitlardan 
kelib chiqqan holda moddiy-texnik ta’minlash - hisob siyosatining tex-

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling