O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Buxgalteriya hisobini tashkil etishni rejalashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
4.5. Buxgalteriya hisobini tashkil etishni rejalashtirish
tizimi Buxgalteriya hisobini oqilona tashkil etishni ta’minlashda re- jalashtirish tizimi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, alohida ish turlari bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va bajarishni o‘z ichiga oladi (4.5- rasm). Hujjatlashtirish rejasida xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobi tuziladi. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt dastlabki hujjatlarning na- munaviy shakllaridan foydalanishi yoki o‘zi mustaqil ishlab chiqqan hu- jjat shakllarini qo‘llashi mumkin. Dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanganidan so‘ng ularni sotib olishga yoki bosmaxonada chop etishga buyurtma beriladi. Dastlabki hujjatlar blankalari bilan markazlashtirilgan holda 7 Shu yerda 8 Shu yerda 134 ta’minlashda ularni olish uchun yuqori tashkilot tomonidan buyurtma beriladi. Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ham, korxonada ishlab chiqilgan shakllari ham O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonunida ko‘zda tutilgan talablarga rioya qilgan holda tuziladi. Dastlabki hujjatlarni tashkil etishning asosi korxona rahbari to- monidan tasdiqlangan hujjatlar aylanishi grafigi hisoblanadi. Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida rejadagi va rejadan tashqari in- ventarizatsiyalarni o‘tkazish tartibi, shakllari va muddatlari ko‘rsatiladi. Inventarizatsiya rejasi aktivlar va majburiyatlarni tekshirish korxonaning normal ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydigan qilib tuziladi. Rejadan tashqari inventarizatsiya o‘tkazish muddatlari moddiy javobgar shaxslarga bildirilmasligi lozim. Hisobot taqdim etish rejasida quyidagilar ko‘rsatiladi: hisobot shakllari, u yoki bu hisobot tuzilishi lozim bo‘lgan hisobot davri, hi- sobotlarni topshirish muddatlari, korxona, tashkilot va muassasa nomi va manzili hamda hisobotni qabul qiluvchi mansabdor shaxs familiyasi va ismi-sharifi, hisobotlarni taqdim etish usuli (elektron, pochta va b.) va hisobotlarni tuzish uchun mas’ul shaxslarning familiyasi va ismi-sharifi, ular bajaradigan ishlar aniq ko‘rsatilgan holda. Hisobot rejasi qoidaga ko‘ra, ikki qismdan iborat. Birinchi qismda tashqi foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, ik- kinchi qismda korxonaning alohida bo‘linmalaridan olinadigan hisobot- lar bo‘yicha zarur ma’lumotlar keltiriladi. Buxgalteriya hisobini texnik rasmiylashtirish rejasida mazkur korxonada qo‘llaniladigan hisob shaklining batafsil tavsifi keltirilib, korxonada qanday elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar va boshqa texnik vositalardan foydalanilishi ko‘rsatiladi. Buxgaletriya hisobining shaklini tanlashda mazkur masalaga oid yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalardan foydalanish, korxona faoliyatining muayyan shart-shar- oitlarini hisobga olish, buxgalteriya hisobi amaldagi shakllarining afzal- liklari va kamchiliklarini o‘rganish tavsiya etiladi. Buxgalteriya hisobini texnik jihozlash rejasida hisobni kompyuterlashtirish masalasiga alohida o‘rin ajratish lozim. Elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish bilan birga, turli hisoblash jadval- lari va mexanik o‘lchagich vositalari (o‘lchagich idish, tarozi va h.k.)dan ham foydalanish zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling