O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Analitik schotlarda aks ettirilishi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
Analitik schotlarda aks ettirilishi
«A» Material Debet Kredit Muo- mala sanasi va № Miq- dori. Kg Bahosi Qiy- mati, so‘m Muo- mala sanasi va № Miqdo- ri. Kg Bahosi Qiy- mati, so‘m 1.04. ga qol- diq. 3000 20 60000 4) 1000 20 20000 «B» Material Debet Kredit Muo- mala sanasi va № Miq- dori. Kg Bahosi Qiyma- ti, so‘m Muo- mala sanasi va № Miq- dori. Kg Bahosi Qiy- mati, so‘m 1.04.g a qol- diq 1000 40 40000 4) 1000 40 40000 Ma’lumki, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob- kitoblarning analitik hisobi har bir mol yetkazib beruvchi bo‘yicha alo- hida yuritiladi. Misolni soddalashtirish maqsadida ushbu schot bo‘yicha analitik schotlarning ma’lumotlari berilmagan. Keltirilgan misolda schotlar bo‘yicha oylik oborotlar va qoldiqlar chiqarilmagan. Chunki, mazkur misolni keltirishdan maqsad ta’minot jarayonini hisobga olishning tegishli schotlarda qanday aks ettirilishini ko‘rsatishdan iborat. Misoldan ko‘rinib turibdiki, 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schotida hamda unga ochilgan analitik schotlarda ta’minot 156 jarayonini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar keltirilgan. Shunday qilib, ushbu schot Materiallar qiymati qismining debet oboroti haqiqiy ta’minot ha- jmining miqdoriy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu misolni chizma ko‘rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin (5.2-rasm). Ta’minot jarayoni hisobining ko‘rsatkichlari korxonada ta’minot rejasining bajarilishini nazorat qilish imkonini yaratadi. Buning uchun haqiqiy sotib olingan Materiallar reja bilan taqqoslanadi. Haqiqiy transport-tayyorlov xarajatlarining belgilangan normativ- lariga mosligini ham shunday tarzda aniqlash mumkin. Ushbu misolda Materiallar shartnoma bahosi bo‘yicha baholanib, transport-tayyorlov xarajatlari esa alohida aks ettiriladi. Bunday tartib tovar-moddiy qiy- matliklarni hisobga olishning usullaridan biri hisoblanadi. Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar ishlab chiqarilib, ularni tayyorlash ma’lum xarajatlarni talab etadi. Bunday xarajatlar sirasiga sarflangan Materiallar, yoqilg‘i va boshqa moddiy zaxiralar qiymati, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, asosiy vositalar eskirishi va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va bosh- qalar kiradi. Nomlari yuqorida qayd qilingan xarajatlardan tashqari korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari ham amalga oshiriladi. Ular boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish haqlari, binolarni isitish va yoritish xarajatlari va boshqalardan ibo- rat. Qilingan xarajatlarning pul ifodasidagi jami summasi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini tashkil etadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tan- narxini hisoblash buxgalteriya hisobining muhim uchastkalaridan biri hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish rezervlarini topish, Materiallar, pul mablag‘lari va mehnat resurslari ustidan muntazam nazorat o‘rnatishda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Korxona tashkilot va muassasa zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, ya’ni asbob-uskuna, xom-ashyo va materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy boyliklarni tuzilgan shartnomaga asosan mol yetkazib beruvchilardan oladi. Shartnomada muayyan moddiy boylikning nomi, miqdori, sifati, bahosi, to‘lov shartlari, assortimenti va qaysi oyda olib kelinishi ko‘rsatilgan bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling