O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
 
 
 


 
 
165
6.2. Dehqonchilik xarajatlari va mahsulotlar olinishining hisobi 
6.2.1. Dehqonchilik tarmoqlarining tasnifi, hisobining uslubiy  
asoslari va vazifalari 
 
Dehqonchilik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining asosiy tarmo-
qlaridan biri bo‘lib, aholining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom ashyoga 
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi, chorvachilikni yem-xashak bilan ta’min-
laydi va bu tarmoqning rivojlanishida zamin hisoblanadi.  
Qishloq xo‘jaligidagi islohotlarga doir hukumat qarorlariga ko‘ra 
dehqonchilikda yaqin kelajakda don ekinlarining hosildorligini oshirish 
hisobiga olinadigan donning yillik o‘rtacha yalpi miqdorini jiddiy 
o‘stirishni, qishloq xo‘jalik mahsulotlari (paxta, kartoshka va sabzavot, 
shuningdek, meva, rezavor, uzum) ishlabchiqarishni oshirishni 
ta’minlash nazarda tutiladi. 
Dehqonchilik tarmog‘ining muhim vazifalaridan biri chorvachilik 
uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish va ozuqa ishlab chiqarishni 
ko‘paytirishdir. Bu vazifalarni bajarish qishloq xo‘jaligining moddiy-
texnika ta’minotini har tomonlama mustahkamlash, dehkonchilikni xi-
miyalashtirish, kompleks mexanizatsiyalashtirish, yerlarning meliorativ 
holatini yaxshilash yo‘li bilan intensifikatsiyalash tadbirlarini amalga 
oshirish orqali ta’minlanadi. 
Bu vazifalarning hal etilishida dehqonchilik tarmoqlariga qilinadi-
gan xarajatlar va undan olinadigan mahsulotlarni aniq hamda o‘z vaqtida 
hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.  
Dehqonchilik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining o‘ta o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega tarmog‘idir. Dehqonchilik tarmog‘ida mablag‘larning 
aylanishiga ishlab chiqarishning mavsumiylik xususiyati, jumladan, ish-
lab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar olinishi o‘rtasidagi uzilish jiddiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Dehqonchilik sohasiga ishlab chiqarish xarajatlari uzoq 
vaqt davomida qilinadi va o‘ta notekis tusda bo‘ladi. Sarflangan mab-
lag‘larning qoplanishi mahsulotlarning chiqishi, pishib etilishining tabiiy 
sharoitlari bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarning barchasi, tabiiyki, 
ushbu sohada xarajatlarni hisobga olishni tashkil qilishda nazarda tutil-
ishi lozim.  
Dehqonchilikda ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etishi hamda 
xarajatlar bir-biri bilan bog‘langan ikki yil hosili uchun parallel qilinishi 
tufayli, buxgalteriya hisobida ular yillar bo‘yicha aniq chegaralanishi 
lozim. Shuning uchun qishloq xo‘jalik korxonalarining dehqonchilik 


 
 
166
xarajatlari buxgalteriya hisobida ikki qismga: joriy yildagi hamda kel-
gusi yil hosili uchun qilingan xarajatlarga bo‘linadi. 
Bundan tashqari, dehqonchilikda xarajatlar ayrim ishlab chiqarish-
larda ko‘pincha konkret ekinlarni o‘stirish uchun ham amalga oshiriladi. 
Bu ham buxgalteriya hisobida aniq aks ettirilishi lozim. Shuning uchun 
boshqaruv hisobida ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi ishlab 
chiqarish turlari va tegishli ekinlarni parvarish qilish bo‘yicha tashkil 
etiladi. 
Dehqonchilikdagi ishlab chiqarish – bir vaqtda amalga oshiriladi-
gan jarayon emas. Ishlab chiqarish jarayoni yilning turli fasllarida (kuz, 
qish, bahor va yozda) bajariladigan har xil turdagi ishlardan tarkib 
topadi. Dehqonchilikdagi ishlab chiqarishning texnologik jarayoni quyi-
dagi asosiy ishlar majmuidan iborat: tuproqni ekishga tayyorlash, ekish, 
ekinlarni parvarish qilish, hosilni yig‘ishtirish. Bu majmuilarning har 
biri ko‘p sonli aniq ishlardan, masalan, tuproqni ekishga tayyorlash, 
haydash, boronalash, mola bostirish, g‘altaklash, kultivatsiyalash va 
shunga o‘xshashlardan iborat. Demak, qilinadigan xarajatlar buxgal-
teriya hisobida bajarilgan ish turlari bo‘yicha chegaralanishi lozim. 
Dehqonchilik ishlab chiqarishi jarayonida muayyan ishlarni bajar-
ishda turli xarajatlar qilinadi: neft mahsulotlari, urug‘lik, o‘g‘it sarfla-
nadi, mashinalar va boshqa asosiy ishlab chiqarish vositalari qisman 
eskiradi, xodimlarga mehnat haqi hisoblanadi va to‘lanadi va hokazolar. 
Bunday xarajatlarning barchasi hisobda alohida-alohida to‘planishi 
lozim. Demak, boshqaruv hisobida dehqonchilik xarajatlarining hisobi 
umumiy summa bilan emas, balki xarajat moddalari bo‘yicha yuritilishi 
kerak. 
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining tarqoqligi tufayli bir turdagi 
ishlar va xarajatlar xo‘jalikning turli bo‘linmalarida bir vaqtda qilinishi 
mumkin. Boshqaruv buxgalteriya hisobi dehqonchilikdagi xarajatlarning 
mas'uliyat markazlari bo‘yicha chegaralanishini ta’minlashi lozim. 
Shunday qilib, dehqonchilik tarmog‘idagi ishlab chiqarish jaray-
onining xususiyatlariga ko‘ra hisobda xarajatlar va tegishli yakuniy 
ma’lumotlarning olinishi quyidagilar bo‘yicha chegaralanishi lozim: 
- ishlab chiqarishning yondash yillari bo‘yicha; 
- ishlab chiqarish va ekinlarning asosiy turlari bo‘yicha; 
- bajariladigan ishlarning asosiy turlari bo‘yicha; 
- xarajatlarning asosiy moddalari (turlari) bo‘yicha; 
- mas'uliyat markazlari bo‘yicha. 


 
 
167
Birinchi belgiga ko‘ra, xarajatlar haqida ishlab chiqarish yillari 
bo‘yicha ma’lumotlarni alohida-alohida olinishi joriy yil va kelgusi yil 
mahsulotlari uchun xarajatlarning alohida analitik schotlarini ochish hi-
sobiga ta’minlanadi. Odatda, har bir yil boshida oldingi yildan o‘tgan 
xarajatlar joriy yildagi mahsulot xarajatlariga qo‘shiladi (nomenklatura 
hisobi muvofiq kelmagan hollarda ular alohida moddalar bo‘yicha 
taqsimlanadi); kelgusi yil hosiliga qilingan xarajatlar alohida ajratiladi. 
Xarajatlarni turlari bo‘yicha chegaralash, ya’ni ularni moddalar 
bo‘yicha hisobga olish schotlarning shakllarini tegishli tarzda tuzish hi-
sobiga ta’minlanadi. Ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi ko‘p 
grafali registrlarda olib borilib, unda ochilayotgan schot bo‘yicha xara-
jatlarning har bir turini hisobga olish uchun alohida grafalar ajratiladi. 
Xarajatlarni xo‘jalik bo‘linmalari bo‘yicha chegaralash, odatda, 
analitik hisobni tegishli tarzda tashkil etish hisobiga ta’minlanadi. 
Odatda, bu maqsadlarda ishlab chiqarish hisobotlari yoki ularning 
o‘rnini bosuvchi registrlardan foydalaniladi. 
Xarajatlarning ishlab chiqarish, ekin va bajariladigan ishlar turlari 
bo‘yicha chegaralanishi, ularni hisobga olishning turli uslublarini 
qo‘llash orqali ta’minlanishi mumkin. Dehqonchilikda xarajatlarni hi-
sobga olish va tashkil qilishning bir necha uslublari mavjud. 
Bajarilgan ishlarni hisobga olish uslublaridagi farqlarga qaramay 
dehqonchilikda xarajatlarni hisobga olishning yagona tamoyili parvar-
ishlanayotgan ekin turlari yoki ekinlar guruhi bo‘yicha analitik schotlar 
ochishdir. 
Dehqonchilik tarmog‘i bo‘yicha boshqaruv hisobida quyidagi vazi-
falar hal etilishi lozim: 
xarajatlarning asosiy ishlab chiqarish, ekinlar va ekin guruhlari 
bo‘yicha to‘g‘ri hamda iqtisodiy asoslangan holda chegaralanishi; 
xarajatlarning asosiy moddalari: mehnat, urug‘lik, o‘g‘it, yonilg‘i, 
yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlari va tarmoqqa taalluqli boshqa 
xarajatlar bo‘yicha kyerakli ma’lumotlar olinishini ta’minlash; 
olinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini o‘z vaqtida hamda 
to‘liq hisobga olish; 
mahsulot tannarxini hisoblash uchun zarur bo‘lgan axborotlarni 
iqtisodiy asoslangan holda bir tizimga keltirish va umumlashtirish
xarajatlarni yondosh yillar ishlab chiqarishi bilan mahsulot olinadi-
gan kelgusi qishloq xo‘jalik davrlariga taalluqli xarajatlarni doimo 
ajratib (kuzgi ekinlar, ko‘p yillik o‘tlar, shudgorlash va shu kabilarning 
xarajatlari) aniq hamda iqtisodiy asoslangan holda chegaralash; 


 
 
168
tezkor nazorat va rahbarlikni amalga oshirish uchun xarajatlar 
haqida zarur axborot berishni ta’minlash. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling