O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
Texnik ekinlar. Paxta, zig‘ir (uzun tolali), zig‘ir (kalta tolali),
qandlavlagi, kungaboqar, soya, tamaki. Turlar bo‘yicha texnik ekinlar - kanop, jut. Efir-moy va boshqa texnik ekinlar. Texnik ekinlar urug‘liklari (har bir ekin bo‘yicha alohida). Kartoshka, ochiq yerga ekiladigan sabzavotlar va poliz ekinlari. Kartoshka, karam, bodring, pomidor, osh lavlagi, piyoz, sarimsoq. Ochiq yerga ekiladigan boshqa sabzavot ekinlari (petrushka, sholg‘om, turp, salat, shpinat, ukrop va boshqalar). Xo‘raki poliz ekinlari. Sabzavot ekinlari urug‘liklari (har bir ekin bo‘yicha). Poliz ekinlari urug‘liklari. Sabzavotchilik yordamchi tarmoq bo‘lgan ixtisoslashmagan xo‘jaliklarda xarajatlar ochiq yerda ekiladigan barcha sabzavotlar bo‘yicha yalpisiga yuritiladi. Yopiq yerga ekiladigan sabzavotchilik. Qishki issiqxonalar (ko‘k piyoz, bodring, pomidor, salat, rediska va boshqalar). Bahorgi is- siqxonalar (ko‘k piyoz, bodring, pomidor, salat, selderey, karam, po- midor ko‘chatlari va boshqalar). Himoyalangan boshqa yerlar (ko‘k pi- yoz, bodring, pomidor, salat, selderey, karam, pomidor ko‘chatlari va boshqalar). Shampinon xonalar (qo‘ziqorinlar, shampinon mitseliylari). Yem-xashak ekinlar, pichanzor va yaylovlar. Xashaki ildizmevalar (xashaki lavlagi, xashaki sholg‘om, sabzi va boshqalar). Molga oziq uchun qand lavlagi. Xashaki ildizmevalilar urug‘liklari. Xashaki poliz ekinlari. Silos uchun jo‘xori. Silos ekinlari (jo‘xoridan tashqari). Ekil- ganbir yillik o‘tlar. Ko‘k oziq sifatida kuzgi don ekinlari. Ko‘k o‘g‘it ekinzorlari (lyupin va boshqalar). Ekin o‘rib olingan yerga ozuqabop ekilgan ekinlar (xashaki lavlagi, xashaki sholg‘om va boshqalar). Ma- daniy pichanzorlar. Tabiiy pichanzor va yaylovlar. Meva, rezavor meva va boshqa ko‘p yillik daraxtlar. Urug‘li ekinlar: olma, nok, behi, do‘lana, na’matak va boshqa urug‘li, danakli ekinlar. Danakli ekinlar: olxo‘ri, olcha, gilos, o‘rik, shaftoli va bosh- qalar. Rezavor mevali ekinlar: qulupnay, malina, smorodina, maymun- jon va boshqalar. Yong‘oq mevali ekinlar. Subtropik ko‘chatlar. Sitrus ekinlari. Tokzorlar. Gulchilik. Mevazor ekinlar pitomniklari. Daraxt va buta navlari pitomnigi. Manzarali ekinlar pitomnigi. 170 Sabzavotchilik tarmog‘i yordamchi xarakterda bo‘lgan ixti- soslashmagan xo‘jaliklarda xarajatlar hisobi ekinlar guruhi (po‘choq urug‘li, danakli urug‘lar, rezavorlar) bo‘yicha yoki yalpi tarmoq - bog‘dorchilik bo‘yicha yuritiladi. Keyingi yillarda qishloq xo‘jalik korxonalarida melioratsiya bora- sida katta ishlar qilinmoqda. Buxgalteriya hisobida lalmi va sug‘oriladigan yerlardagi dehqonchilik bo‘yicha xarajatlar qat’iy chega- ralanadi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan tasnif bo‘yicha birinchi gu- ruh hisob obyektlarining barchasi to‘rt guruh: muntazam sug‘oriladigan yerlar, shartli sug‘oriladigan yerlar, quritilgan yerlar, lalmi yerlar bo‘yicha chegaralanadi. Demak, xo‘jaliklarda ayni bir ekinning o‘zi sug‘oriladigan va lalmi yerlarga ekilgan bo‘lsa, ular bo‘yicha xarajatlar hisobi turli obyektlar bo‘yicha chegaralanadi. Lalmi yerlardagi xarajatlar tarkibida sug‘orilgan yerlarda mahsulot yetishtirish xarajatlari alohida ajratiladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling