O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Dehqonchilik xarajatlari va mahsulotlar olinishining


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

6.2.3. Dehqonchilik xarajatlari va mahsulotlar olinishining 
dastlabki, analitik va sintetik hisobi 
 
Dehqonchilik xarajatlari va mahsulotlar olinishi to‘g‘risidagi bar-
cha yozuvlar tegishli dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asosan yoziladi. 
Bunday dastlabki hujjatlar to‘rt guruhga: mehnat, mehnat buyumlari va 
mehnat vositalari sarfi hamda mahsulot chiqishiga oid hujjatlar. 


 
 
175
Mehnat sarfini hisobga olish hujjatlarida dehqonchilik tarmog‘ida 
o‘stirilayotgan ekinlar bo‘yicha muayyan ishlarni bajarish uchun sar-
flangan mehnat va hisoblangan to‘lov aks ettiriladi. Mexanizatsiya-
lashtirilgan ishlarda traktorchi mashinistning hisob varaqalari (67- va 
67-b shakllar), mexanizatsiyalashtirilmagan ishlarda mehnat hisobi va 
bajarilgan ishlar varaqalari (66- va 66-a shakllari) qo‘llanadi. Shuning-
dek, ishbay ishlarda ishlangan vaqtni hisobga olish uchun – ish vaqtini 
hisobga olish tabeli (64-shakl) qo‘llanadi. 
Mehnat predmetlari sarfi hisobga olinadigan hujjatlarda dehqon-
chilik tarmog‘ida sarflangan turli moddiy qiymatlar: urug‘lik, o‘g‘it, za-
harli ximikatlar, gerbitsidlar, ehtiyot qismlar va hokazolarni qayd etadi. 
Ekishga sarflangan urug‘ va ekish Materiallari urug‘ va ekish materil-
larini sarflash dalolatnomasi (119-shakl), o‘g‘it, zaharli ximikat va ger-
bitsidlar sarfi – ma’danli, organik va bakterial o‘g‘itlar zaharli ximikatlar 
va gerbitsidlarni ishlatish to‘g‘risida dalolatnoma (118-shakl), mayda 
inventar va buyumlar – ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari va 
buyumlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (126-shakl) bilan rasmiy-
lashtiriladi va hokazo. Dastlabki hujjatlar ko‘rsatkichlari oy oxirida 
moddiy qiymatlar harakati haqidagi hisobotlarda (121-shakl) umum-
lashtiriladi, shundan so‘ng bo‘linmalarning ishlab chiqarish hisobot-
lariga moddiy qiymatlar sarfi haqida tegishli yozuvlar kiritiladi. 
Mehnat vositalari sarfini hisobga olish hujjatlari dehqonchilik tar-
mog‘ida foydalanilgan mehnat vositalari bo‘yicha xarajatlar, xususan 
hisoblangan amortizatsiya ajratmalari aks ettiriladi. Bunga amortizatsi-
yani hisoblash va taqsimlash bo‘yicha turli hisob-kitoblar: yil boshidagi 
holatiga ko‘ra asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalar hisob-
kitobi kelib (52-shakl) tushgan va chiqib ketgan asosiy vositalar 
bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari hisob-kitobi (60-shakl), bir oylik am-
ortizatsiya ajratmalarini hisoblash qaydnomasi (62-shakl), dehqonchilik 
tarmog‘idagi asosiy vositalari bo‘yicha hisoblangan amortizatsiyasi 
taqsimlash qaydnomasi (63-shakl). 
Bu guruh bilan asosiy vositalarni joriy ta’mirlash bo‘yicha hujjatlar 
uzviy boglangan. Bularga mashinalarni ta’mirlash uchun defektlar qayd-
nomasi (130-shakl), joriy ta’mirlash xarajatlarini taqsimlash qaydnomasi 
taalluqlidir. 
Mahsulotlar chiqishini hisobga olish bo‘yicha hujjatlar: don, texnik 
ekinlar, sabzavot, meva, ozuqa kabi dehqonchilik tarmogi mahsulotlarini 
kirim qilish qayd etiladi. Bularga: don ekinlari bo‘yicha – don va boshqa 
mahsulotlarni daladan jo‘natish qaydnomasi (77-shakl), mahsulotni dal-


 
 
176
adan olib chiqish yo‘llanmasi (77-a-shakl), donni talonli hisobga olish 
usulida talonlar (77-b,77-v,77-g-shakl), don va boshqa mahsulotlarni 
qabul qilish reestri (78-shakl), donni tarozibon tomonidan qabul qilish 
reestri (78-a-shakl), don va boshqa mahsulotlar harakati qaydnomasi 
(80-shakl); kartoshka, sabzavot, meva, rezavor meva va boshqa ekinlar 
bo‘yicha - qishloq xo‘jalik mahsulotining kelib tushish qaydnomasi (82-
shakl), yopiq yerga ekilgan mahsulotning kelib tushish qaydnomasi (83-
shakl), bog‘dorchilik mahsulotlarini kelib tushish qaydnomasi (84-
shakl); ozuqa ekinlari bo‘yicha – dag‘al va shirali ozuqalarni qabul qil-
ish dalolatnomasi (92-shakl), yaylov ozuqalarini kirim qilish dalolatno-
masi (93 va 93-a-shakllari) kiradi. Dehqonchilik tarmog‘ida xarajatlarni 
hisobga olish bo‘yicha ham, mahsulotlar chiqishini hisobga olish 
bo‘yicha ham ko‘p miqdordagi xilma-xil hujjatlardan foydalaniladi. Har 
bir guruh hujjatlaridagi ma’lumotlar ularga ishlov berilganda ma’lum 
belgilariga ko‘ra hujjatlarning harakatlanishi va ishlatilish tavsifiga 
ko‘ra bir tizimga solinadi. Mehnat sarflari hisobga olinadigan hujjat-
larning ma’lumotlari ish haqi hisoblash va to‘lash uchun har bir xodim 
hamda xodimlar toifasi bo‘yicha ish haqi fondidan foydalanishni nazorat 
qilish maqsadida umumlashtiriladi. Mehnat predmetlarini hisobga oli-
nadigan hujjatlarning ma’lumotlari moddiy javobgar shaxslar hamda 
moddiy qiymatlarning kelib tushishi va sarflanishi yo‘nalishlari bo‘yicha 
bir tizimga solinadi. Mehnat vositalarining sarflanishi hisobga olinadi-
gan hujjatlarning ma’lumotlari bir turdagi asosiy vositalar guruhlari va 
turlari hamda asosiy vositalardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha bir 
tizimga solinadi. Mahsulotlar chiqishi hisobga olinadigan hujjatlar 
ma’lumotlari mahsulot turlari, moddiy javobgar shaxslar, mahsulotning 
kelib tushish va sarflanish yo‘nalishlari bo‘yicha bir tizimga solinadi. 
Shuningdek, dehqonchilik sohasidagi barcha hujjatlarning 
ma’lumotlari xarajatlarni hisobga olish obyektlari – ish turlari hamda 
ekinlar (ekin guruhlari) bo‘yicha albatta bir tizimga keltiriladi. Bunday 
bir tizimga keltirishda maxsus ishlab chiqilgan jamg‘arma qaydnomalar 
va jurnallardan foydalaniladi. Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan mehnat 
sarflari to‘g‘risidagi va boshqa ayrim hujjatlarning ma’lumotlari yu-
qorida ko‘rib chiqilgan, ta’mirlash ustaxonasidan foydalanish, 
jamg‘arma qaydnomasi (73-shakl) hamda ish va boshqa xarajatlarni hi-
sobga olish jurnalida (37-shakl) to‘planadi. 
Ish va xarajatlarni hisobga olish jurnallari ishlab chiqarish 
bo‘linmalarida yuritiladi. Ularda har bir ekin (ekinlar guruhi), bajariladi-
gan ishlar va hisobning boshqa obyektlari uchun taxmin qilinayotgan 


 
 
177
yozuvlar miqdoriga ko‘ra sahifalar ajratiladi. U yoki bu ekinga taalluqli 
ish turlari texnologik kartaga muvofiq tarzda yoziladi. Har bir hisob 
obyekti bo‘yicha bajarilgan ishlarning hajmi naturada hamda shartli 
etalon gektarga aylantirib, ishlangan vaqt soatlarda va hisoblab 
o‘tkazilgan to‘lov (traktorchilar va boshqa xodimlar bo‘yicha alohida-
alohida) yoqilg‘i sarfi (norma bo‘yichava haqiqiysi), yorug‘lik va ekish 
Materiallarining sarfi va boshqa xarajatlar qayd etiladi. Ish va 
xarajatlarni hisobga jurnali dastlabki hujjatlar asosida, ta’mirlash 
ustaxonasi xarajatlari bo‘yicha esa ta’mirlash ustaxonasidan foydalanish 
jamg‘arma qaydnoma (37-a-shakl) asosida qilinadi. 
Dehqonchilik tarmog‘ida qilingan xarajatlar va yetishtirilgan 
mahsulotlar 2010-«Dehqonchilik» schotida hisobga olinadi. 
Bu schot debetida mahsulot yetishtirish uchun qilingan xarajatlar 
hisobga olinsa, kreditida esa yetishtirilgan mahsulotlarning reja tan-
narxida baholanganqiymati va yil oxirida reja tannarxi bilan haqiqiy 
tannarx o‘rtasidagi tafovut aks ettiriladi. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari yil oxirida ushbu schot 
debetida qoldiq tarzida aks ettirilib, yillik balansda ko‘rsatiladi. 
Boshqaruv buxgalteriya hisobini tashkil etishda xo‘jalik bo‘yicha 
xarajat obyektlarini to‘g‘ri belgilab olish muhim ahamiyatga ega. 
Dehqonchilikda xarajat obyektlari bo‘lib ekin turlari yoki guruhlari, ish-
lar, taqsimlanadigan xarajat turlari va boshqa obyektlar hisoblanadi. 
Dehqonchilikda xarajatlar va olingan mahsulotlarning analitik hi-
sobi «O‘simlikchilik xarajatlari va mahsulotlari chiqishini hisobga olish 
qaydnomasi»da yuritiladi.  
Ushbu qaydnoma ma’lumotlari xarajat limitlariga rioya qilinishini 
nazorat qilish hamda butun xo‘jalik bo‘yicha analitik va sintetik hisobni 
tashkil etish uchun foydalaniladi. Qaydnomada xarajatlar har oyda 
o‘simliklar (o‘simlik guruhlari) va tegishli xarajat moddalari bo‘yicha 
bir oylik va yil boshidan o‘sib boruvchan tartibda aks ettirib boriladi. 
Ayrim o‘simliklarni parvarishlash uchun qilingan xarajatlarni hi-
sobga olishga mo‘ljallangan analitik schotlardan tashqari, mustaqil hisob 
obyektlarini aks ettirish uchun quyidagi analitik schotlar ochiladi: 
«O‘simlikchilikda ishlatilgan asosiy vositalar bo‘yicha taqsimlanmagan 
amortizatsiya ajratmalari», «o‘simlikchilikda ishlatilgan asosiy vosita-
larning taqsimlanadigan joriy ta’mirlash xarajatlari», «taqsimlanadigan 
sug‘orish xarajatlari», «sho‘r yuvish xarajatlari» va h.k. Bu analitik 
schotlarda o‘simlik turlari (o‘simlik guruhlari) ga bevosita o‘tkazib 
bo‘lmaydigan tegishli xarajatlar yil davomida to‘planib boradi. 


 
 
178
O‘simlik va ish turlari bo‘yicha guruhlangan jami ma’lumotlar oy 
oxirida ishlarni va xarajatlarni hisobga olish jurnali (37-shakl) dan 
qaydnomaga o‘tkaziladi. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling