O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblash


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
6.3. Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblash 
6.3.1. Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblashning 
umumiy qoidalari 
 
Tannarx – xo‘jalik ishlab chiqarish va moliya faoliyatining muhim 
iqtisodiy ko‘rsatkichidir. Fermer xo‘jaliklarining faoliyatini baholashda 
tannarx muhim o‘rin tutadi. Mahsulotlar tannarxini tahlil qilish esa 
xo‘jalikda foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlarni topish va ishlab 
chiqarish rentabelligini oshirishga yordam beradi. 
Afsuski, hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlari tannarxini 
hisoblashga yetarli e’tibor berilmayapti. Ta’kidlash joizki, bozor mu-
nosabatlari rivojlanishi sharoitida nafaqat mahsulotlar tannarxi 
to‘g‘risidagi axborotlarning aniqligi, balki ularning har xil boshqaruv 
masalalarini (rejalashtirish, me’yorlashtirish, rezervlarni aniqlash, baho 
belgilash, samaradorlikni baholash va h.k.) hal etish uchun ishonchliligi, 
obyektivligi, foydaliligi va moslashuvchanligi ham muhim ahamiyatga 
ega. Shu munosabat bilan dehqonchilik mahsulotlarining tannarxini 


 
 
181
hisoblashda kalkulyatsiya obyektini va Kalkulyatsiya birliklarini asosli 
tanlash muhim uslubiy masala hisoblanadi.  
Shu bois, dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarini rejalashtirish, 
hisobga olish va kalkulyatsiyalash obyektlari hamda Kalkulyatsiya bir-
liklari taqdim etildi (ilova). 
Mahsulot tannarxini hisoblashdan oldin xarajatlarni aks ettiruvchi 
schotlar bo‘yicha quyidagilar sinchiklab tekshiriladi: 
- barcha qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarning hisobda 
to‘liq aks ettirilganligi
- kelgusi yillar hosili uchun qilingan xarajatlarning yillar bo‘yicha 
to‘g‘ri taqsimlanganligi va hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligi; 
- tabiiy ofatlar oqibatida zararlangan ekinlar bo‘yicha xarajatlar 
summasini to‘g‘ri hisobdan chiqarilganligi; 
2011-«Dehqonchilik» schotida aks ettirilgan miqdor ko‘rsatkichlar 
(kishi-soatlar, ekilgan urug‘lik va ko‘chatlar, solingan o‘g‘itlar va bosh-
qalar) ning to‘g‘riligi va shu kabilar. 
Dehqonchilikdan asosiy, yondosh va qo‘shimcha mahsulotlar oli-
nadi. Ishlab chiqarish qanday mahsulot yetishtirish maqsadida tashkil 
qilingan bo‘lsa, shu mahsulot (paxta, g‘alla, kartoshka va boshqalar) 
asosiy hisoblanadi. Ayrim ekinlardan ikki va undan ortiq asosiy mahsu-
lotlar olinsa, ular yondosh mahsulotlar deyiladi. Masalan, bir yillik va 
ko‘p yillik o‘tlardan pichan, urug‘ hamda ko‘k massa olinishi mumkin. 
O‘simliklarning biologik xususiyatlariga qarab asosiy mahsulotlar 
bilan birga ikkinchi darajali,ya’ni qo‘shimcha mahsulotlar ham olinishi 
mumkin (poxol, somon, palak va boshqalar). Demak, o‘simlikchilikdan 
asosiy va xo‘jalikda foydalaniladigan qo‘shimcha mahsulotlar ham oli-
nadi. 
Mahsulot tannarxini hisoblashdagi eng muhim hisob ishlaridan biri 
xarajatlarni asosiy (yondosh) va qo‘shimcha mahsulotlar o‘rtasida 
to‘g‘ri (haqqoniy) taqsimlashdir. Ekinlardan faqat bir xil mahsulot 
olinsa, uning tannarxi qilingan barcha xarajatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
mahsulot hajmi (sentner, kilogramm, dona) ga bo‘lish yo‘li bilan aniqla-
nadi. 
Agar ekinlardan ikki va undan ortiq mahsulotlar olinsa, tannarx 
hisoblashda maxsus uslublar qo‘llaniladi. Bunday hollarda xarajatlar 
asosiy (yondosh) va qo‘shimcha mahsulotlar o‘rtasida iqtisodiy asoslan-
gan uslublar bo‘yicha taqsimlanadi va tegishli mahsulot turi (asosiy, 
yondosh, qo‘shimcha)ga to‘g‘ri kelgan xarajat summasi mazkur mahsu-


 
 
182
lot miqdoriga bo‘linib, mahsulot birligi (s, kg, dona) ning tannarxi 
aniqlanadi. 
Dehqonchilikda ekinlardan olingan hosil turlari, tugallanmagan 
ishlab chiqarishga o‘tkaziladigan (ularning turlari bo‘yicha) kelgusi yil 
hosili uchun qilingan xarajatlar, korxonaning o‘z aylanma mablag‘i hi-
sobidan yer holatini yaxshilash bo‘yicha qilingan ishlar tannarx 
hisoblash obyekti bo‘lib hisoblanadi. 
Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini aniqlashda mahsulotni 
qayergacha yetkazib berish (franko) xarajatlari qo‘shilishini bilish mu-
him ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda belgilangan tartibga asosan 
mahsulotlarni quyidagi joylarga yetkazib berish (franko) xarajatlar 
qo‘shib hisoblanadi: 
a) g‘alla, paxta, kungaboqar urug‘i-franko-dala (xirmon yoki dal-
adan mahsulot yig‘iladigan boshqa joy); 
b) somon, pichan-franko-saqlash yoki qaytadan ishlov berish joy; 
B) kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari mahsulotlari, lavlagi va 
boshqa ildiz mevalar-franko-saqlash joyi; 
g) qand lavlagi (fabrikada qayta ishlanadigan) – franko-dala; 
d) parnik issiqxona sabzavoti-franko-ombor yoki franko-qabul 
punkti; 
e) silosbop ko‘k massa-franko siloslash joy; 
j) vitaminlashtirilgan o‘t uni tayyorlash uchun o‘rilgan ko‘k massa 
– franko oziq tayyorlaydigan joyi. 
Demak, mahsulotni iste’molchilar (tayyorlov tashkiloti, dehqon bo-
zori, agar xo‘jalik yetkazib berayotgan bo‘lsa, bolalar muassasalari va 
shu kabilar)ga yetkazib berish xarajatlari dehqonchilik mahsulotining 
tannarxiga kiritilmaydi. 
Mahsulotni saqlash joylari (ombor, oziq saqlanadigan joylar)gacha 
yetkazib berish xarajatlari tannarxga kiritiladi, ya’ni ular yil davomida 
2011-schotining debetida aks ettiriladi. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling