O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
G‘alla ekinlari mahsulotlarining tannarxini hisoblash
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
6.3.3. G‘alla ekinlari mahsulotlarining tannarxini hisoblash G‘alla ekinlari mahsulotining tannarxi ularga qayta ishlov ber- ish,quritish natijasida kamayishi va xo‘jalikda foydalanilmaydigan xas- cho‘plar vazni chiqarib tashlangandan keyingi vaznda aniqlanadi. Ma- salan, fermer xo‘jaligida yetishtirilgan g‘allaning bunker vazni 992 sent- ner. g‘allaga qo‘shimcha ishlov berish va uni quritish natijasida kamayi- shiga tuzilgan dalolatnomalar bo‘yicha: a) g‘allani xas-cho‘pdan tozalash va quritish tufayli kamaygan vazni 12 sentner; b) em uchun foydalaniladigan don chiqiti (laboratoriya tahlili nati- jasida tarkibida 40% don borligi aniqlangan) – 80 sentner. Undan tash- qari, 54 sentner somon olingan. Demak, 830 sentner sof g‘alla bilan 80 sentner don chiqitining tannarxini aniqlash kyerak. G‘allaning tannarxini aniqlash uchun 2010-«Dehqonchilik» schotining tegishli analitik schotida g‘allaning mazkur turi bo‘yicha hi- sobga olingan barcha xarajatlar summasidan somon uchun normativlar bo‘yicha qilinadigan (o‘rib-yig‘ib olish, presslash, jo‘natish, g‘aramlash) xarajatlari summasi chegirib tashlanadi. Qolgan summa g‘alla bilan don chiqiti tarkibidagi sof don hajmiga mutanosib taqsimlanadi. So‘ng don chiqiti tarkibidagi 1 sentner donning tannarxi aniqlanadi. Fermer xo‘jaligida yuqorida keltirilgan miqdordagi g‘alla mahsu- lotlarini yetishtirish uchun 13200000 so‘m sarflangan. G‘alla mahsulotlari tannarxini aniqlash uchun jami qilingan xara- jatlardan somonning normativ qiymati chegirib tashlanadi. Faraz qilay- lik, 54 sentner somonning normativ xarajatlar bo‘yicha qiymati 270000 184 so‘mga teng, unda 1 sentner somonning normativ tannarxi 5000 so‘m (270000:54) bo‘ladi. Bu holda g‘alla bilan don chiqitiga tegishli xarajat 12930000 so‘mni (13200000-270000) tashkil etadi. Don chiqitining tarkibida 40% don bo‘lganligi uchun g‘allaga ay- lantirilganda 32 sentner bo‘lsa (80x40:100), jami shartli g‘alla miqdori 862 sentner (830+32) ga teng. Shundan don chiqitidagi g‘alla miqdori 3,712%ni (32x100:862) tashkil etadi. Demak, somonning normativ qiy- mati (270000 so‘m) chegirib tashlangandan so‘ng qolgan xarajatlar summasining 3,712%i don chiqiti (g‘alla)ga tegishlidir. Bu 480000 so‘mni (12930000x3,712:100) tashkil etadi. Shunday qilib, 1 sentner don chiqiti tannarxi 6000 so‘m (480000:80) bo‘lsa, 1 sentner sof don tannarxi 15000 so‘mga (12930000-480000):830) teng. Amaldagi tartibga muvofiq urug‘chilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan urug‘lik don tannarxi quyidagi obyektlar bo‘yicha hisoblanadi: supere- lita, elita, I va II reproduksiya va foydalaniladigan don chiqiti. Bir sentner tegishli reproduksiyadagi urug‘lik don (superelita, elita, I reproduksiya va II reproduksiya) tannarxini aniqlash uchun jami xarajatdan don chiqiti normativ qiymati chegirib tashlanadi. Qolgan urug‘lik donga tegishli summa yuqoridagi reproduksiyalarning sotish bahosi bo‘yicha qiymatiga mutanosib taqsimlanadi va olingan summa tegishli reproduksiyadagi urug‘lik donning, ular tozalanib, quritilgandan so‘nggi miqdoriga bo‘linadi. Natijada tegishli reproduksiyadagi I sentner urug‘lik donning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling