O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
-jadval Kartoshka tannarxini hisoblash
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
6.1-jadval Kartoshka tannarxini hisoblash Mahsulot nomi Miq- do- ri, s. 1s. bozor bahosi (so‘m) Sotish bahosi bo‘yicha qiymati (so‘m) Jami qiymati dagi ulushi, % Xarajat summasi (so‘m) 1 sent- ner- ning tan- narxi (so‘m) Standart kartosh- ka 86 68000,0 5848000 89,7 5037552 58576 Nostan- dart kartosh- ka 22 30500,0 671000 10,3 578448 26293 Jami - - 6519000 100,0 5616000 - Ochiq yerdagi sabzavotlarni yetishtirish mavsumiy xususiyatga ega. Shu boisdan bozorni yangi sabzavotlar bilan yil davomida uzluksiz ta’minlash maqsadida xususiy mulkchilikka asoslangan yopiq yerdagi sabzavotchilik rivojlanmoqda. Ta’kidlash joizki, ochiq yerdagi va yopiq yerdagi sabzavotchilik tashkiliy-texnologik jihatdan bir-birlaridan sezilarli darajada farq qilib, bu o‘z navbatida ularning tannarxini hisoblashda turli usullarni qo‘llashni taqozo etadi. Sabzavotlar yetishtirish bilan asosan sabzavotchilikka ixtisoslash- gan fermer xo‘jaliklari shug‘ullanadilar. Lekin ushbu mahsulotlarni ish- lab chiqarish hajmi, assortimenti, tannarxi va samaradorlik ko‘rsatkichlari fermer xo‘jaliklari bo‘yicha sezilarli darajada farq qiladi. Yirik ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida mazkur ishlab chiqarish mu- him hisoblanib, asosiy sabzavot mahsulotlari katta maydonlarda et- ishtiriladi. Bunday fermer xo‘jaliklari ichki bozorni sabzavotchilik mahsulotlari bilan ta’minlash va chetga eksport qilish bilan ham shug‘ullanadilar. Ular odatda, shahar atrofida joylashgan bo‘lib, mahsulotlarni iste’molchilarga etkazish xarajatlari, ushbu mahsulotlar tez buziluvchan bo‘lganligi bois, yo‘qotishlar ham qisqaradi. 186 Ixtisoslashmagan fermer xo‘jaliklarida sabzavotchilik mahsulotlari xo‘jalikning ichki ehtiyojlarini qondirish va qisman bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi. Sabzavotchilikda har xil mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi sezi- larli darajada farq qiladi. Chunki bozorda ularga bo‘lgan talab va mahsulotlarning tayinlanishi ham turlicha. Shu munosabat bilan ochiq yerdagi sabzavotchilik asosiy ekinlar (karam, bodring, pomidor, lavlagi, sabzi, sarimsoqpiyoz)va boshqa sabzavot ekinlariga (petrushka, salat, shpinat, ukrop) bo‘linadi. Ushbu sabzavot mahsulotlarining ahamiyati, yetishtirish hajmi va fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashganligini hisobga olgan holda sabzavot ekinlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish obyektlari belgilanadi. Sab- zavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida xarajatlar har bir asosiy ekin turi bo‘yicha alohida va boshqa ekinlar bo‘yicha bir bu- tunligicha, ixtisoslashmagan fermer xo‘jaliklarida esa ochiq yerdagi bar- cha sabzavot ekinlari bo‘yicha butunligicha hisobga olinadi. Bu o‘z navbatida Kalkulyatsiya obyektlari va har xil ekinlar mahsulotlarining tannarxini hisoblash tartibini belgilashda tegishli yondashuvlarni taqazo etadi. Masalan, ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida sabzavotchilik mahsulotlari har bir asosiy ekin turi bo‘yicha alohida, boshqa ekinlar bo‘yicha butunligicha hisoblanadi. Ixtisoslashmagan xo‘jaliklarda esa ochiq yerdagi barcha sabzavot mahsulotlari tannarxi bir butunligicha hisoblanadi. Odatda sabzavot ekinlaridan bir turdagi mahsulotlar olinadi. Ayrim hollardagina palak, karam bargi, to‘liq rivojlanmagan karam boshlari foydalanilishi mumkin. Bunday mahsulotlar qo‘shimcha hisoblanadi va ko‘k massa tannarxi bo‘yicha baholanadi (agar kirim qilinsa). Shunday qilib, alohida ekin turi, ekinlar guruhi butun quyi tarmoq bo‘yicha asosiy sabzavot mahsulotlari tannarxi uni parvarishlash uchun qilingan barcha xarajatlardan qo‘shimcha mahsulot qiymatini (agar u mavjud bo‘lsa) chegirib, aniqlanadi. Sabzavotchilik mahsulotlarini kirim qilishda ular standart va nostandart mahsulotlarga bo‘linib, bu keyinchalik mazkur mahsulotlar har bir guruhining tannarxini alohida hisoblash uchun zarur axborotlar bilan ta’minlaydi. Bizning fikrimizcha, standart va nostandart mahsulot- lar tannarxini alohida hisoblash uchun asosiy mahsulotga tegishli xara- jatlar ushbu mahsulot guruhlari bo‘yicha ularning bozor bahosiga asosan aniqlangan qiymatiga mutanosib taqsimlanishi zarur. Fikrimizni tas- 187 diqlash uchun fermer xo‘jaligida yetishtirilgan sabzavotchilik mahsu- lotlari tannarxini hisob-kitobini keltiramiz (6.2-jadval). Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 1s standart sabzavot mahsulotlari haqiqiy tannarxi 261,0 ming so‘m, 1s nostandart sabzavot tannarxi esa 117,0 ming so‘mni tashkil etgan. 1s standart sabzavot sotishdan 189,0 ming so‘m (450,0-261,0), nostandart sabzavot sotishdan 83 ming so‘m (200,0-117,0) foyda olingan. Demak, fermer standart mahsulotlar ulushini ko‘paytirish va sotish bahosini yanada oshirish imkoniyatlarini izlashi lozim. Sabzavotchilikka ixtisoslashmagan fermer xo‘jaliklarida sabzavotchilik mahsulotlari ularning turlari bo‘yicha hisoblanishi mumkin. Bunda hisobga olingan xarajatlarning asosiy mahsulotlarga tegishli qismi ularning bozor bahosi bo‘yicha aniqlangan qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida «boshqa sabzavot mahsulotlari» guruhiga kiruvchi ekinlardan olingan mahsulotlar tannarxi ham shu tartibda aniqlanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling