Mol so‘yish. Chorva mollari va parrandalar korxonaning ichki
ehtiyojlari uchun noilojlikdan so‘yiladi. Mol va parrandalarni so‘yishdan
asosiy mahsulot – go‘sht, qo‘shimcha mahsulotlar – teri, tuyog‘i, shoxi,
pat va boshqalar olinadi. Mol va parrandalarni so‘yishdan olingan
mahsulotlar tannarxi ularning har bir turi bo‘yicha aniqlanadi. Masalan,
go‘shtning tannarxini hisoblash uchun qilingan jami xarajatdan
(so‘yilgan chorva mollari qiymatini ham qo‘shgan holda) qo‘shimcha
mahsulotlar, shox, tuyoq, pat va boshqa yordamchi mahsulotlar sotish
bahosida baholanib chegirib tashlanadi va qolgan summa olingan go‘sht
miqdoriga bo‘linadi. I tonna go‘sht tannarxini uning massasiga tegishli
xarajatlar summasini olingan go‘sht miqdoriga (tonna) bo‘lib
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |