219
Donni qayta ishlashda, un, yorma,
maydalangan don tannarx
hisoblash obyektlari bo‘lib hisoblanadi.
Tegirmonda tortilgan I t un, yorma yoki
maydalangan donning tan-
narxi muay'an mahsulot turini tayyorlash uchun tegirmon yoki ju-
vozxonada qilingan xarajatlar umumiy summasidan (qayta
ishlangan
don qiymatini ham qo‘shgan holda) foydalansa bo‘ladigan chiqindilar
qiymati (xarid narxi yoki foydalanish narxida baholanib)
chegirib tash-
lanib qolgan summani qayta ishlashdan olingan mahsulot miqdoriga
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Agar tegirmonda xo‘jalikning o‘zida yetishtirilgan g‘alla
bilan
birga chet buyurtmachilar va aholi g‘allasi tortilsa,
xarajatning umumiy
summasidan tortishga qabul qilingan o‘z donining qiymati chegirib
tashlanadi va g‘allani tortishga qilingan xarajat aniqlanib olinadi.
So‘ngra bu xarajatlar summasi tortilgan g‘alla (o‘ziniki
va buyurt-
machilarniki) miqdoriga bo‘linib, 1 sentner tortilgan g‘alla tannarxi
aniqlanadi.
Xo‘jalikka
tegishli tortilgan un, yorma va boshqa mahsulotlar tan-
narxini aniqlash uchun 1 s g‘allaning tortish
tannarxi jamim tortilgan
g‘alla miqdoriga ko‘paytirilib, hosil bo‘lgan summaga g‘allaning qiy-
mati qo‘shiladi va qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanib,
qolgan summa olingan un yoki yorma miqdoriga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: