O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Asalarichilik mahsulotlari tannarxini hisoblash


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
6.5.7. Asalarichilik mahsulotlari tannarxini hisoblash 
 
Asalarichilikdan asosan asal olinadi va qishloq xo‘jalik ekinlarini 
changlatishda foydalaniladi. Bu tarmoqda olinadigan asal, mum, yangi 


 
 
215
asalari uyalari, ona asalarilar, ona asalari suti tannarx hisoblash obyekti 
hisoblanadi. Changlantiriladigan ekinlarning maydoni va hosildorligiga 
qarab asalarichilik xarajatlarining rezavor-meva ekinlari va urug‘lik be-
daga 40-60 foizi, boshqa ekinlarga 20-40 foizi o‘tkaziladi. Asalarichilik-
dan olinadigan mahsulotlar (naslsiz ona ari, nasl beradigan ona ari, yangi 
asalari uyalari, asal, ona asalari suti, mum va xokazo) tannarxi qilingan 
xarajatlar summasini olingan mahsulot turlariga ularning xarid narxi 
bo‘yicha bahosiga mutanosib taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Ortgan 
mum kataklarning tannarxi eritilgan konditsiyadagi mumlar tannarxi 
bo‘yicha aniqlanadi. Bunda uyadagi 435x230 mm hajmdagi mum katak 
140 gramm, 435x125 mm – 110 gramm, 435x145 mm – 70 gramm 
mumga teng qilib olinadi. 
Yangi asalari oilalari ularni sotish bahosida kirimga olinadi. Bunda 
1 kg asalari 10 kilogramm asalga tenglashtiriladi. 
Sotilgan, qish-bahor davrida oziq uchun uyalarda va omborlarda 
qoldirilgan asal asalarichilikdan olingan yangi hosilni tashkil etadi. 
Asalarichilikda asalari uyalarining balans qiymati ham aniqlanib, u 
ona asalari, ishchi asalari, oziq sifatida uyada qoldirilgan asal, asalari 
yashiklari vashu kabilarning qiymatlari yig‘indisidan iboratdir. 
Faqat qishloq xo‘jalik ekinlarini changlantirish uchun mo’ljal-
langan asalarichilik xarajatlari changlantiriladigan  ekinlardan olingan 
mahsulotlar tannarxiga o‘tkaziladi. Bunda olingan asal, mum va boshqa 
mahsulotlar qo‘shimcha mahsulot hisoblanib, xarid narxi bo‘yicha 
baholanadi va xarajatlar summasidan chegirib tashlanadi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling