O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Cho‘chqachilik mahsulotlari tannarxini


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
6.5.3. Cho‘chqachilik mahsulotlari tannarxini  
hisoblash 
 
Cho‘chqachilik tarmog‘ida tannarx hisoblash obyektlari 
quyidagilar hisoblanadi: «Asosiy poda» hisob guruhi bo‘yicha 
qo‘shilgan tirik vazn, «2 oylikdan 4 oylikkacha bo‘lgan cho‘chqalar», «4 
oylikdan katta cho‘chqa bolalari» va «boquvdagi katta yoshli 
cho‘chqalar» hisob guruhi bo‘yicha - qo‘shilgan va umumiy tirik vazn. 
Onasidan ajratish paytida 2 oyga to‘lgan cho‘chqa bolalarining 
tannarxini aniqlash uchun «Asosiy poda» hisob guruhi bo‘yicha qilingan 
haqiqiy xarajatlar jami summasidan qo‘shimcha mahsulotlar (go‘ng, qil) 
qiymati normativ bahoda baholanib chegirib tashlanadi. Qolgan sum-
maga onalaridan ajratilmagan cho‘chqa bolalarining yil boshiga bo‘lgan 
balans qiymati qo‘shilib hosil bo‘lgan summani yil davomida onasidan 
ajratilmagan cho‘chqa bolalarining umumiy tirik vazniga (o‘lganlarining 
vazni chegirib tashlanib) taqsimlanadi. 
Onasidan ajratilgan bir bosh cho‘chqa bolasining tannarxini 
hisoblash uchun har sentner tirik vazn tannarxini ularning umumiy 
vazniga ko‘paytirib, hosil bo‘lgan summa onasidan ajratilgan cho‘chqa 
bolalari tannarxini hisoblashda tekshiriluvchi va bir martalik ona 
cho‘chqalarni saqlash xarajatlari ham hisobga olinadi (cho‘chqalar 
qochirilgandan boshlab ularni saqlash xarajatlari asosiy poda hisobiga 
o‘tkaziladi). 
Boshqa hisob guruhlari bo‘yicha tirik vazn, umumiy tirik vazn va 
qo‘shilgan tirik vazni tannarxini hisoblash qoramolchilikdagi kabi 
amalga oshiriladi. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling