O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Qo‘ychilik va echkichilik mahsulotlari tannarxini
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
6.5.4. Qo‘ychilik va echkichilik mahsulotlari tannarxini
hisoblash Qo‘ychilik va echkichilik mahsulotlarining tannarxi asosiy po- dadagi va yosh qo‘y echkilarni parvarishlash hamda ularning junini qirqish bilan bog‘liq xarajatlardan iborat. Bu tarmoqda quyidagi 212 mahsulotlar tannarx obyektlari bo‘lib hisoblanadi: jun-go‘sht va go‘sht – jun yetishtirishga ixtisoslashtirishgan qo‘ychilikda – jun, qo‘shilgan hamda tirik vazni: qorako‘lchilikda - qorako‘l teri, jun, joriy yilda tug‘ilgan qo‘zilar va oldingi yillardagi qo‘zilarning o‘sgan vazni. Go‘sht va jun yo‘nalishidagi qo‘ychilikdan quyidagi yordamchi mahsulotlar olinadi: shirdon, sut, nobud bo‘lgan va o‘lik tug‘ilgan qo‘zilar terisi, go‘ng va boshqalar. Qorako‘lchilikda bulardan tashqari, barra go‘shti bo‘lishi mumkin. Qo‘ychilikning barcha tarmoqlaridan olingan mahsulotlar tan- narxini hisoblashda hisobot yilida qilingan xarajatlardan qo‘shimcha mahsulotlar qiymati normativ xarajatlar asosida baholanib chegirib tashlanadi. Qolgan xarajatlar summasi olingan asosiy mahsulot turlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Tug‘ilgan qo‘zilar tannarxini hisoblashda asosiy podaga qilingan jami xarajatlardan (qo‘shimcha mahsulot qiymati chegirib tashlangandan qolgani) quyidagi miqdorda ajratib mahsulot birligiga (qo‘zilar bosh soniga) taqsimlanadi: jun-go‘sht va go‘sht – jun yo‘nalishidagi qo‘ychi- likda – 10%, romanov qo‘ychiligida – 12% va qorako‘lchilikda – 15%. Umumiy xarajatdan qo‘zilar tannarxiga o‘tkaziladigan summa chiqarib tashlangandan so‘ng qolgan summa qo‘ychilikdan olingan boshqa asosiy mahsulotlarning (1s ortgan vazn va 1 s jun) realizatsiya bahosi bo‘yicha qiymatiga mutanosib taqsimlanadi. Tegishli summa esa mahsulot miqdoriga bo‘linib, uning o‘lchov birligi tannarxi aniqlanadi. Qo‘ychilikdan olingan ayrim mahsulotlar bir qancha qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi. Bular jun qirqish xarajatlari, junlarni saralash, joylash, markalash va jun qirqish punktlarining xarajatlaridan iborat. Qorako‘l teri olishda esa qo‘zilarni so‘yish, dastlabki ishlov berish, saralash, markalash xarajatlaridan tashkil topadi. Bunday xarajatlar alo- hida analitik schotlarda hisobga olinib, tannarx hisoblashda bevosita jun va terilar tannarxiga o‘tkaziladi. Qo‘zilarning sovlig‘idan ajratish paytidagi 1 sentner ortgan tirik vaznining tannarxi, ularning tug‘ilgan paytdagi tannarxiga parvarishlash xarajatlari va yil davomida chetdan keltirilgan qo‘zilar qiymatini qo‘shib qo‘zilarni sovlig‘idan ajratish vaqtidagi joriy yilga tegishli bo‘lgan vazniga (nobud bo‘lgan qo‘zilar vazni ham qo‘shilgan holda) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Echkichilikda ham olingan nasl, tirik vazn va jun tannarxi qo‘ychilikdagi kabi tartibda (qorako‘lchilikdagidan tashqari) aniqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling