O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
210 6.5.2. O‘stirilayotgan va boquvdagi qoramollarning qo‘shilgan va tirik vaznining tannarxini hisoblash O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha tirik vazni, qo‘shilgan vazni va molning umumiy tirik massasi tannarx hisoblash obyektlari bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shilgan tirik vaznning tannarxi ushbu hisob guruhidagi mollarni saqlash xarajatlari umumiy summasini (qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlangan holda) qo‘shilgan tirik massaga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. U yoki bu hayvon turining tegishli guruhi bo‘yicha qo‘shilgan vazn quyidagi formula yordamida aniqlanadi: V q =Vo+Vch-Vk-Vb, (1) Bunda: V q - qo‘shilgan (semirgan) vazn; Vo - yil oxiriga qolgan vazn; Vch – yil davomida xo‘jalikdan chiqarilgan hayvonlar vazni (no- bud bo‘lgan hayvonlarning yil boshiga bo‘lgan tirik vaznini ham qo‘shgan holda); Vk – yil davomida xo‘jalikka kirim qilingan hayvonlar vazni; Vb – yil boshiga bo‘lgan vazni. O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha qo‘shilgan vazn tannarxini hisoblashdan tashqari bir sentner tirik massasining ham tannarxi hisoblanadi. Tirik vazn tannarxini hisoblash shuning uchun ham zarurki, o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarining har bir turi bo‘yicha 1100-«O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schot- lar» (1110-1120) bo‘yicha hisob yuritishda har xil baholar qo‘llaniladi. Masalan, olingan buzoq, uning olingan bosh sonidan qat’iy nazar sut yo‘nalashidagi asosiy podaga qilingan xarajatning 10 foizi bo‘yicha tan- narxi aniqlanadi. Buzoqning qo‘shilgan vazni rejadagi qo‘shilgan vazn tannarxi bo‘yicha baholanadi. Sotib olingan buzoqlar esa haqiqatda sotib olingan baholarda kirim qilinadi. Boquvga qabul qilingan katta yoshli mol va o‘tgan yilgi yosh mollar yil boshidagi bir sentner tirik vazni o‘tgan yillardagi o‘rtacha tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi. Go‘sht yo‘nalishidagi chorvachilikda tannarx hisoblash obyektlari quyidagilar: asosiy poda bo‘yicha – olingan asl, qo‘shilgan tirik vazn va sut, o‘stirishdagi va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha esa qo‘shilgan 211 tirik vazn va katta yoshdagi chorva mollari guruhi bo‘yicha qo‘shilgan vatirik vazn. Go‘sht yo‘nalishidagi chorva mollaridan olingan sut qo‘shimcha mahsulot bo‘lib hisoblaniladi va asosiy mahsulot tannarxini hisoblashda uning qiymati (davlat xarid narxlari yoki sotish bahosida baholanib) umumiy xarajatlardan chegirib tashlanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling