6.5.5. Parrandachilik mahsulotlari tannarxini
hisoblash
Parrandachilikda tannarx hisoblash obyektlari asosiy podadan oli-
nadigan tuxum, o‘stirishdagi yosh parrandalarning qo‘shilgan vazni va
sutkalik jo‘jalar hisoblanadi. 1 ming dona tuxum va parrandalarning 1
sentner qo‘shilgan vaznining tannarxi parrandalarni saqlash va parvar-
ishlash xarajatlaridan qo‘shimcha mahsulot (pat, axlat) qiymati chegirib
tashlanib, qolgan summani tegishli mahsulot (tuxum, qo‘shilgan tirik
vazn) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan topiladi.
Sutkalik jo‘jalarning tannarxi inkubatsiyaga doir barcha xarajatlar-
dan (tuxumlar qiymatini ham qo‘shgan holda), qo‘shimcha mahsulotlar
qiymati chegirib tashlanib, qolgan summa sutkalik sog‘lom jo‘jalar
miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |