O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
Sutni qayta ishlash. Sutni qayta ishlashdan olingan sariyog‘, qay-
moq, tvorog, kefir va pishloq tannarx hisoblash obyekti hisoblanadi. Sutni qayta ishlashdan olingan ayrim turdagi mahsulotlar tannarxini hisoblash uchun qayta ishlashga sarflangan xarajatlarning umumiy summasidan foydalansa bo‘ladigan ayron, zardob va boshqa qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanib, qolgan summa ayrim mahsulot turlariga ularning xarid narxi bo‘yicha aniqlangan qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Hisobning bunday soddalashtirilgan usuli sutni qayta ishlab chiqar- ish hajmining unchalik katta bo‘lmagan hollarida qo‘llanilishi mumkin. Sutni qayta ishlash xo‘jalikda doimiy ishlab turuvchi ishlab chiqar- ish mavjud bo‘lgan holda xarajatlar hisobi quyidagi bosqich (qayta ish- lash) lar bo‘yicha yuritiladi: sutni qaymoqqa aylantirish, yog‘i olingan olingan sutni yog‘siz tvorogga aylantirish, qaymoqni yog‘ga aylantirish va boshqalar. Bunda har bir qayta ishlashga analitik schot ochiladi. Sex sarflari alohida hisobga olinadi. Sutni qayta ishlash bo‘yicha asosiy xarajatlar va sex sarflarini hisobga olish belgilangan xarajat moddalari bo‘yicha yuritiladi. Sut mahsulotlari tannarxini hisoblab chiqarish ishlab chiqarishning har bir bosqichi bo‘yicha hisobga olingan xarajatlar va mahsulotning chiqishi ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Birinchi qayta ishlash bosqichida qaymoqning tannarxi qayta ish- lab chiqariladi. Buning uchun uning qayta ishlashdagi xarajatlar umumiy summasidan (qo‘shimcha xarajatlar summasi ham shu hisobga kiradi) realizatsiya narxlarida qaymog‘i olingan sut qiymati chiqarib tashlanadi va qolgan xarajatlar summasi qaymoqdan olingan asosiy mahsulot soniga tegishli bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda sariyog‘ tannarxi hisoblab chiqiladi. Buning uchun taqsimlangan qo‘shimcha sarflarni ham hisobga olingan holda qayta ishlashda hisobga olingan xarajatlar summasidan qo‘shimcha mahsulot – ayronning belgilangan narxlardagi qiymati chiqarib tashla- nadi va qolgan xarajatlar summasi olingan asosiy mahsulot – sariyog‘ga tegishli bo‘ladi. 221 Xarajatlarni alohida hisobga olish mavjud bo‘lgan boshqa qayta ishlashlar bo‘yicha ham mahsulot tannarxi mana shunday yo‘l bilan aniqlanadi (pishloq, yog‘li tvorog, quyultirilgan sut ishlab chiqarish). Sutni qayta ishlab chiqarishda sut xom-ashyosining (sut, qaymoq, yog‘i olingan sut) sarfini va tayyor mahsulotning chiqishini doimiy na- zorat qilish muhim ahamiyatga ega. Sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash qaydnomalari (124-shakl) mana shu maqsadda yuritiladi. Ularda xronologik izchillikda qayta ishlov berishga kelgan sut mahsuloti, qayta ishlashdan keyin olingan sut mahsulotlari nomi, ularning soni va yog‘ning miqdorini qayd qilinadi. Qaydnomaning orqa tomoni ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblab chiqish uchun foydalaniladi. Sutni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar sarfi ham mana shu yerda aks ettiriladi. Bunda mahsulotning qayerga, kimga berilganligi, hujjat- ning tartib nomeri, soni, yog‘ining miqdori ko‘rsatiladi. Qaydnoma asosida har kuni xom ashyo sarfi va tayyor mahsulotning chiqishi na- zorat qilinadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling