O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Chorvachilik mahsulotlarining olinishi, jo‘natilishi va sarflan-
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
Chorvachilik mahsulotlarining olinishi, jo‘natilishi va sarflan-
ishini hujjatlashtirish. Sut tovar ferma larida sog‘ilgan sut sut sog‘ishni hisobga olish jurnali (112-shakl) da hisobga olinadi. Bu jurnal sog‘uvchilar guruhi yoki mashinada sog‘ish ustalarining kundalik sog‘ib olgan sutini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Sutning kundalik olin- ishi va sarflanishini ferma mudiri oy davomida sut harakatining qayd- nomasi (114-shakl) da hshisobga oladi. Jun qirqish punktlarida olingan jun kirimi va jo‘natilishi jun kirimi va jo‘natilishi kundaligi (II shakl) ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda zo- otexnik, bosh cho‘pon va jun qirqish punkti mudiri ishtirokida jun qirqish va qabul qilish dalolatnomasi (115-shakl) ni to‘lg‘azish uchun asos bo‘ladi. Junni tayyorlov tashkilotlariga jo‘natishda toy (bog‘lam) ro‘yxati (115a-shakl) tuziladi. Parrandachilik fermalarida olingan tuxumlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarining kelish kundaligi (81-shakl) bo‘yicha kirim qilinadi. Unda har kuni ferma dagi tuxum qo‘yadigan tovuqlar, olingan yaroqli va singan tuxumlar soni hamda yosh parrandalardan olingan tuxumlar soni yozib boriladi. 250 Parrandachilik fabrikalarida olingan tuxumlarning kundalik hisobi katta yoshdagi parrandalar harakatining hisob kartochkasi (108-shakl) da yuritiladi. Yig‘ib olingan tuxumlar ichki xo‘jalik nakladnoyi bilan tuxum omboriga topshiriladi va u yerda og‘irligi va toifasi bo‘yicha tas- diqlangan standartlarga muvofiq saralandi. Sutni, sut mahsulotlarini qabul punktlariga yog‘ va pishloq zavod- lariga, do‘konlarga va bolalar muassasalariga yetkazib berish tovar- transport nakladnoylarining quyidagi maxsus shakllari bilan rasmiy- lashtiriladi: Sut va sut mahsulotlari (№I q-x shakl(sut, xom-ashyo)) va jun (№I q-x (jun)). Buzoqlarga va cho‘chqa bolalariga ichiriladigan sut yem-xashak sarflash qaydnomasi, korxonaning o‘z yordamchi xo‘jaligida qayta ish- lash uchun berilganida nakladnoy bilan rasmiylashtiriladi. Mahsulot sotish bo‘yicha barcha hujjatlar (tovar-transport nakdlad- noylari, xo‘jalik ichida qo‘llaniladigan nakladnoylar va boshqalar) bel- gilangan tartibda buxgalteriyaga topshiriladi. Buxgalteriyada bu hujjatlar tekshirilib to‘g‘riligiga ishonch hosil qilingandan so‘ng ular guruhlanadi va tegishli hisob registrlarilarida aks ettiriladi. Asosiy faoliyatga doir tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi schotlarda umumlashtiriladi: 9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi»; 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi»; 9130-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi». Yuklab jo‘natilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarning tannarxi summasi ishlab chiqarish korxonalarida 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti, 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti va boshqa schotlarning (2110, 2310) kreditidan 9110, 9130-schotlar debetiga hi- sobdan chiqariladi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida sotilgan tayyor mahsulotlar tan- narxini tarmoq turlari bo‘yicha shakllantirish maqsadida 9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schoti bo‘yicha quyidagi schotlarni ochishni tavsiya qilamiz: 9111-«Sotilgan dehqonchilik mahsulotlari tannarxi», 9112-«Sotilgan chorvachilik mahsulotlari tannarxi» 9113-«Sotilgan sanoat ishlab chiqarishi mahsulotlari tannarxi». 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti bo‘yicha esa quyi- dagi schotlar ochib hisob yuritishni tavsiya qilinadi: 251 2811-«Ombordagi dehqonchilik mahsulotlari» 2812-«Ombordagi chorvachilik mahsulotlari», 2813-«Ombordagi sanoat ishlab chiqarishi mahsulotlari». Masalan, ombordan 10 t, bug‘doy haqiqiy tannarxi 80000 so‘mdan, 800000 so‘mlik sotishga jo‘natildi: D-t 9111-«Sotilgan dehqonchilik mahsulotlari tannarxi» schoti - 800000 so‘m. K-t 2811-«Ombordagi dehqonchilik mahsulotlari» schoti - 800000 so‘m. 9040-«Sotilgan tovarlarning qaytishi» va 9050-«Xaridorlar va buy- urtmachilarga berilgan chegirmalar» schotlari sotilgan tovarlar qaytari- lishini, shartnoma narxlari munosabati bilan shuningdek, sotilgan mah- sulotning yaroqsiz ekanligi aniqlanishi chog‘ida berilgan sotishdan che- girmalar va narxlardan chegirmalarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Mazkur schotlar asosiy faoliyatdan olingan daromadlar schotlari (9010, 9020, 9030) guruhiga kontr-passiv schotlar bo‘lib, ularning debet oboroti moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda yalpi sotish summasi- dan chiqarib tashlanadi. Qaytarib berilgan tovarlar qiymati yoki taqdim etilgan (berilgan) chegirmalar summalarga 9040 va 9050-schotlar de- betlanganda quyidagi schotlar kreditlanadi: - pul mablag‘lari schotlari (5010, 5110)—mazkur tovar qiymati- ning xaridorlar va buyurtmachilarga qaytarib berilganda; - olinadigan schotlar (4010, 4110, 4120)—qaytarilgan tovarlar bo‘yicha debitorlik qarzning bekor qilingan summasiga. Bunda ilgari hisoblab yozilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha budjet to‘lovlariga doir qarzlarni hisobga olish 6410-schotining debeti va pul mablag‘larini hisobga olish schotlari hamda olinadigan schotlar krediti bo‘yicha tegishli tarzda aks ettiriladi. Qaytarilgan mahsulot va tovarlar tannarxi tovarlar hisobga olinadi- gan tegishli schotlarning (2800, 2900) krediti va sotilgan mahsulotlar tannarxini hisobga oluvchi tegishli schotlar (9110, 9120) debeti bo‘yicha «qizil storno» usulida, yoki teskari provodka bilan (D-t 2800, 2900— K- t 9110, 9120) aks ettiriladi. Ta’kidlash lozimki, chegirmalarning ikki turi mavjud: pullik va savdo chegirmalari. Savdo chegirmalari odatda turli savdo-sotiqlar vaqtida yoxud yirik buyurtmalarni rag‘batlantirish uchun tovarlarning ulgurji sotilishi vaq- tida yoki o‘tmay (turib) qolgan tovarlarning sotilishi vaqtida qo‘llaniladi. Bunday chegirmalar hisobda aks ettirilmaydi, chunki ushbu 252 holatda o‘sha zahotiyoq shartnoma shartlariga va schot-faktura bahosiga muvofiq chegirmalar ayirib tashlangan holda sotishdan olingan daromad aks ettiriladi. №21 BHMSning 2-ilovasi «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya- xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ga muvofiq hisobot davrining oxirida chegirma- larni va tovar qaytarilishini hisobga oluvchi schotlar (9040, 9050) ham mazkur bo‘limdagi boshqa barcha schotlardagi kabi 9910-schotda yopi- lishi kerak. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling