O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
7.6. Davr xarajatlarini hisobga olish
«... Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq davr sarflari ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar bo‘lib, unga xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqaruv xarajatlari, mahsulot sotish xarajatlari va umum xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar kiradi. 256 Ushbu xarajatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxonaning mahsulot(ish, xiz- mat)lar ishlab chiqarishga oid faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmasada, lekin ularning realizatsiyasiga oid asosiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham operatsion xarajatlar deb ataladi. Ular, asosan, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lmasdan, daromadlarning olinishi chog‘ida qilingan xarajatlar bo‘lib, daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi tamoyiliga binoan ushbu xarajatlar tufayli olingan daro- madlar aks ettirilgan hisobot davriga kiritilishi kyerak. Davr xarajatlari quyidagi schotlarda aks ettiriladi: 9410-«Sotish xarajatlari» 9420-«Ma’muriy xarajatlar» 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» 9440-«Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari». Zarur hollarda xo‘jalik yurituvchi subyekt ishchi schotlar rejasiga tegishli bo‘limlarda qo‘shimcha schotlarni ochishi va uni hisob siyosa- tida aks ettirishi mumkin. Masalan, quyidagi schotlarni joriy qilish mumkin: 9441-«Reklamaga oid xarajatlar», 9412-«Saqlash va tashish bo‘yicha xarajatlar», 9421-«Ma’muriy boshqaruv xodimlarining ish haqi xarajatlari», 9423-«Umumma’muriy maqsadlardagi asosiy vositalarning eskirishi» 9431-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar» 9433-«TMZlar bahosining arzonlashtirilishidan ko‘rilgan zararlar» 9437-«ITTKIga oid xarajatlar», 9438-«Hisoblab yozilgan jarimalar, penyalar, ustamalar» yoki mazkur korxonaga xos bo‘lgan operatsiyalarni aks ettirish uchun zarur bo‘ladigan boshqa schotlar. 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» schotida mahsulotni sotishga oid xarajatlar, ya’ni mahsulotlarni iste’molchiga yetkazib berish, transport vositalarga yuklash bilan bog‘liq xarajatlar, marketing bilan, mahsulot- larni sotish va shu kabilar bilan band bo‘lgan bo‘limlar va xodimlarning xarajatlari aks ettiriladi. Masalan, reklamaga oid xarajatlar aks ettirilganida: D-t 9411-«Reklamaga oid xarajatlar» K-t 5110-«Hisob-kitob schoti». Tovarlarni xaridorlarga yuklab jo‘natish chog‘ida transport xara- jatlari aks ettirilgan: 257 D-t 9412-«Saqlash va tashish bo‘yicha xarajatlar» K-t 5110-«Hisob-kitob schoti» 9420-«Ma’muriy xarajatlar» schotida korxonani boshqarish bo‘yicha xarajatlar, umumma’muriy maqsaddagi asosiy vositalarni ta’- mirlashga oid xarajatlar, umumxo‘jalik maqsadlarida xonalarning ijara to‘lovlari, axborotga oid, auditorlik va maslahat xizmatlari xaqining to‘lanishi va boshqa xarajatlar. Masalan, boshqaruv xodimlariga ish haqi hisoblanganda: D-t 9423-«Ma’muriy boshqaruv xodimlarining ish haqi xarajatlari» K-t 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar hisob-kitoblar». Ma’muriy bino bo‘yicha eskirish hisoblanganda: D-t 9423-«Umumma’muriy maqsadlardagi asosiy vositalarning amortizatsiyasi» K-t 0220-«Binolarning eskirishi». 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schotida ilmiy-tadqiqot ta- jriba-konstruktorlik» ishlanmalariga oid xarajatlar, korxona aktivlarining sotilishi va boshqacha, chiqib ketishlaridan ko‘rilgan zararlar, TMQlar bahosining arzonlashtirilishidan ko‘rilgan zararlar, tabiiy kamayishlar- dan ko‘rilgan zararlar, xodimlarga beriladigan moddiy yordamlar, sud chiqimlari va xo‘jalik faoliyati jarayonida yuzaga keladigan (ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan va favqulodda xarajatlar moddalari sifatlariga ega bo‘lmagan) boshqa xarajatlar ko‘rsatiladi. Masalan, asosiy vositalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar aks ettirilganda: D-t 9431-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar- lar» K-t 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi». Tovarlar bahosining arzonlashtirilishidan ko‘rilgan zarar aks et- tirilganda: D-t 9433-«TMZlarning arzonlashtirilishidan ko‘rilgan zararlar» K-t 2910-«Ombordagi tovarlar». O‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar bo‘yicha penyalar aks ettirilgan: D-t 9438-«Hisoblab yozilgan jarimalar, penyalar, ustamalar» K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar». 9440-«Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari» schotida, «... schotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ga muvofiq, Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga 258 ilovada keltirilgan, kelajakda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari (ya’ni vaqtinchalik farqlar) aks ettiriladi. Ma’lumki, «... xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ning 1 va 2- ilovalari buxgalteriya hisobi maqsadlari va soliq solish maqsadi uchun xarajatlarni hisoblab yozish chog‘ida yuzaga keluvchi farqlarni aks etti- radi. Mazkur Nizomning 1-ilovasida korxona daromadlaridan hisobot davrining sof foydasini hisob-kitob qilish chog‘ida chiqarib tashlanadi- gan, biroq xo‘jalik yurituvchi subyektning soliq solinadigan bazasiga soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq daromad (foyda) solig‘ining hi- sob-kitobi chog‘ida kiritiladigan xarajatlar moddalari keltiriladi. Bular keyingi davrlarda bekor qilinmaydigan doimiy farqlardir. Ularga xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordamlar, qo‘shimcha ta’til, mukofot- larning to‘lanishi, uyali va peyjing aloqalar, yengil xizmat avtotranspor- tiga xizmat ko‘rsatish va ko‘pgina boshqa xarajatlar kiritiladi. 2-ilovada sof foydani hisob-kitob qilish chog‘ida korxonaning daromadlaridan chegirib tashlanadigan, biroq ularning yuzaga kelishi vaqtida soliq solinadigan bazaga kiritiladigan xarajatlarning ro‘yxati beriladi. Doimiy farqlardan farqli ravishda ushbu xarajatlar keyingi davrlarda soliq solinadigan baza tarkibidan chiqarib tashlanishi kyerak (vaqt bo‘yicha tafovutlar yoki vaqtincha farqlar). Vaqtinchalik farqlar hisobga olinishi lozim bo‘lgan (mazkur bo‘limning boshqa barcha schotlari kabi) 9440-schot ham hisobot davrining oxiriga borib saldoni 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkazish bilan yopiladi, 9440-schotda jamlangan xarajatlar to‘g‘risidagi axborot esa 012-«Kelgusi davrlardagi soliq solinadigan ba- zadan chiqariladigan xarajatlar» nomli balansdan tashqari schot debetiga yoziladi. Ushbu xarajatlar, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, soliq solish maqsadlari uchun joriy davrning soliq solinadigan bazasiga qaytadan kiritilishi kyerak, keyinchalik esa undan mazkur xarajatlarning butun foydali amal qilish muddati davomida yoki ushbu muddatlardan qaysi biri qisqa bo‘lishidan kelib chiqqan holda 10 yil davomida chegirilib boriladi. Xarajatlarning buxgalteriya hisobi maqsadlari va soliqqa tortish maqsadlari uchun aks ettirilishidagi farqlar buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining sof foydasini, demak, bozordagi raqobatbardoshligini ham aniqlash uchun ularning xarajatlari hisoblash va moliyaviy natijalarini aniqlash ekanligidan kelib chiqadi. Soliq organlari, odatda, buxgalterlik foydasi 259 bilan qiziqmaydilar, ularni xo‘jalik yurituvchi subyektning ayrim xara- jatlar moddalarini soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq buxgalterlik foydasiga qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadigan soliqqa tortiladigan daromad ko‘proq qiziqtiradi. Buxgalteriya hisobining xalqaro tamoyillariga binoan vaqtinchalik farqlar — hisobot davrining soliqqa tortiladigan va hisob daromadlari o‘rtasidagi farqlar bo‘lib, ular ayrim moddalari soliqqa tortiladigan daromadga kiritiladigan hisobot davri ular hisob daromadiga kiritiladi- gan hisobot davri bilan muvofiq kelmasligi sababli yuzaga keladi. Do- imiy farqlardan farqli ravishda, vaqtinchalik farqlar keyingi hisobot davrida bekor qilinadi. 2-ilovaga muvofiq, vaqtinchalik farqlarga, misol uchun, yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, ishlab chiqarish, sex, agregatlarni o‘zlashtirishga oid xarajatlari, mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga oid xarajatlar va boshqa xarajatlar kiritiladi. Xarajatlarning ushbu ro‘yxatidan ko‘rish mumkinki, bular aynan kelajakda daromad keltiruvchi xarajatlardir (axir aynan mana shuning uchun ham yangi ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirishga oid sarflar va shunga o‘xshash xarajatlar qilinadi), demak, buxgalteriya hisobi tamoy- illariga muvofiq ular korxona balansida aktiv sifatida aks ettirilishi va keyingi davrlarda biror-bir muntazam asosda hisobdan chiqarib borilishi kyerak. Bunday xarajatlar 3200-«Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi» schotlarda (3210, 3220, 3230) aks ettiriladi. Buxgalteriya hiso- bida bunday katta xarajatlarni birdaniga hisobdan chiqarish unchalik o‘rinli emas, — bu narsa hisobot davrining daromadlari va xarajatlarin- ing muvofiqligi tamoyilini buzish hisoblanadi. Vaqtinchalik farqlar yuzaga keladigan vaziyatlar g‘oyatda xilma- xil bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya hisobining xalqaro amaliyotida vaqt bo‘yicha farqlarning yuzaga kelishiga oid eng ko‘p tarqalgan misollardan biri bo‘lib, korxona tomonidan Soliq kodeksi tasdiqlanganidan farq qiluvchi amortizatsiya hisoblash usullarining qo‘llanishi hisoblanadi. Har qanday holatda ham amortizatsiyalanadigan mol-mulkning barcha qiymati asosiy vositalarning me’yorlangan xizmat muddati mobaynida xarajat- larga hisobdan chiqariladi, biroq ushbu muddat ichida turli usullarda hisoblab yozilgan amortizatsiya summasidagi farqlar ko‘zga tashlanadi. Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha soliq qonunchiligi va buxgalteriya qonun hujjatlari bir-biriga muvofiq kelmaydi. Shuning uchun buxgal- 260 teriya hisobida vaqt bo‘yicha farqlarni aks ettirish masalasiga juda ehti- yotkorlik bilan yondashish lozim, aks holda bu hol soliq qonunchiligin- ing buzulishiga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 15 ok- tyabrdagi 444-son qaroriga muvofiq «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ning 2-ilovasi jadallashtirilgan metod bo‘yicha hisoblangan am- ortizatsiya summasi va belgilangan me’yorlar bo‘yicha hisoblangan am- ortizatsiya summasi o‘rtasidagi quyidagi vaqtinchalik farqlar kiritilgan: a) asosiy vositalar bo‘yicha soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq; b) nomoddiy aktivlar bo‘yicha boshlang‘ich qiymat va foydali foy- dalanish muddatidan kelib chiqqan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt to- monidan hisoblab chiqarilgan me’yorlarga muvofiq. Uncha katta bo‘lmagan ko‘pchilik korxonalarda buxgalteriya hi- sobi vaqtinchalik farqlarni aks ettirmasdan yuritish maqsadga muvofiq. Bunda soliqlarni hisoblash osonlashadi. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 9-moddasiga muvofiq, xo‘jalik operatsiyalarining buxgal- teriya hisobi uchun operatsiyalarning amalga oshirilganligi va ularning o‘tkazilishi uchun farmoyishlar berish faktlarini qayd qiluvchi bosh- lang‘ich hisob hujjatlar asos hisoblanadi. Boshlang‘ich hisob hujjatlari, agar ular tegishli shaklda tuzilgan va O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 9-moddasida majburiy rekvizitlarga ega bo‘lgandagina haqiqiy hujjat hisoblanadi. Bunday hu- jjatlar bilan tasdiqlanmagan xarajatlar mahsulot(ish, xizmat)lar tan- narxiga va daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani kamaytiruvchi xarajatlarga kiritilmaydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling