O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlarini hisobga
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
7.7. Moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlarini hisobga
olish Moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ax- borotlarni aks ettirish uchun quyidagi schotlar mo‘ljallangan: 9500-«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» 9510-«Royalti ko‘rinishidagi daromadlar» 9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar» 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» 9540-«Valutalarning kurs farqlaridan olingan daromadlar» 9550-«Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar» 261 9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromad- lar» 9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» 9600-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar»: 9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» 9620-«Valuta kursidagi farqlardan ko‘rilgan zararlar» 9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xara- jatlar» schoti 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schoti. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar va xarajatlarni shakllan- tirish tartibi №2 «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar», №6 «Ijara hisobi», №12 «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» BHMSlar va «...xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom» bilan tartibga solinadi. 9510-schot kreditida olinadigan royalti, 9610-schot debetida esa - royalti bo‘yicha to‘langan (hisoblangan) hisob-kitoblar va pul mab- lag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan korrespondensiyada aks ettiri- ladi. Masalan, oluvchi tarafda royalti bo‘yicha olinadigan daromad hisoblab yozilgan: D-t 4850-«Royalti bo‘yicha olinadigan schotlar» schoti K-t 9510-«Royalti ko‘rinishidagi daromadlar» schoti. Uni olish chog‘ida: D-t 5110-«Hisob-kitob» schoti K-t 4850-«Olinadigan royalti» schoti. To‘lovchi korxonada royaltiga oid summalarning to‘lanishi: D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schoti K-t 5110-«Hisob-kitob schoti». 9520-schotda boshqa korxonalarning faoliyatida ulush qo‘shib ish- tirok etishdan olingan daromadlar va korxonaga tegishli aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividenlar aks ettiriladi. Masalan, dividend ko‘rinishidagi daromad aks ettirilganida: D-t 4840-«Olinadigan dividendlar» schoti K-t 9520-«Dividend ko‘rinishidagi daromadlar» schoti. Uni olish chog‘ida: D-t 5110-«Hisob-kitob schoti» K-t 4840-«Olinadigan dividendlar» schoti 9530-schotda uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foiz ko‘rinishidagi daromadlar, 9610-schotda esa – banklar, yetkazib beru- 262 vchilarning kreditlari va qarzlar bo‘yicha foizlarning to‘lanishiga oid xarajatlar aks ettiriladi. Masalan, qarz beruvchi tashkilotda berilgan qarzlar bo‘yicha fo- izlar hisoblab yozilganida: D-t 4830-«Olinadigan foizlar» schoti K-t 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» schoti. Uni olish chog‘ida: D-t 5110-«Hisob-kitob schoti» K-t 4830-«Olinadigan foizlar» schoti. Qarz oluvchi tashkilotda to‘lanadigan foizlarning (olingan qarzlar bo‘yicha) hisoblab yozilishi: D-t 9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schoti K-t 6920-«Hisoblangan foizlar» schoti. Foizlar to‘langanida: D-t 6920-«Hisoblab yozilgan foizlar» schoti. K-t 5110-«Hisob-kitob schoti». Olingan qarz va kreditlar (6800, 7800-schotlar) bo‘yicha hisoblan- gan foizlaralohida (6920-schotda) hisobga olinadi. Bu qarz (kredit) larning balans qiymati hisoblangan foizlar o‘zgarmasligini ta’minlaydi. 9540-«Valyutalarning kurs farqlaridan olingan daromadlar» schotida valyuta schotlari bo‘yicha ijobiy kurs farqlari, shuningdek, xorijiy valyutalar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarga oid daromadlar hisobga olinadi. 9620-«Valutalarning kurs farqlari bo‘yicha xarajatlar» schotida esa-xorijiy valutalar bilan amalga oshirilgan muomalalarga oid salbiy kurs farqlari va zararlar aks ettiriladi. Masalan, valuta schoti bo‘yicha ijobiy kurs farqi aks ettirilganda: D-t 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schotlari» K-t 9540-«Valyutalar kursi farqlaridan daromadlar». Valyuta schotiga oid salbiy kurs farqi: D-t 9620-«Valyutalar kursi farqlaridan zararlar» K-t 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schotlari». «Xorijiy valyutadagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq (O‘zR Adliya vazirligi tomonidan 2001 yil 16 noyabrda 1085-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan), unga oid qo‘shimchalarni hisobga olgan holda (O‘zR Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 7 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan), xo‘jalik yurituvchi subyektlar valuta schotidan olingan bank ko‘chirmalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 263 kursi bo‘yicha balansning valuta moddalarini har oyda qayta baholashni amalga oshiradilar. Yuzaga kelgan valuta kursi farqlari xo‘jalik yurituvchi subyektning hohishiga qarab quyidagi usullardan biri bo‘yicha hisobdan chiqariladi: 1) Bevosita moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga olib borish yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda — bevosita olib borish usuli). Bunda ijo- biy kurs farqlari moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oluvchi schotlarda (9540-schot), salbiy kurs farqlari esa — moliyaviy faoliyatga oid xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarda (9620-schot) aks ettiriladi. 2) Jamlash yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda — jamlash usuli). Bunda ijobiy kurs farqlari muddati kechiktirilgan daromadlar (kelgusi davrlar daromadlari)ni hisobga oluvchi schotlarda (6230-schot), salbiy kurs farqlari esa kelgusi davrlar xarajatlarini hisobga oluvchi schotlarda (9620-schot) aks ettiriladi. Valyuta kursi farqlar tegishli schotlarga olib borishning xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tanlangan usuli uning hisob siyosatida majburiy tartibda aks ettirilishi va kalendar yil davomida o‘zgartirilmasligi lozim (№1 BHMSning 56-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno). Valyuta kursi farqlarini to‘g‘rilash(korrektirovka)ning jamlash usuli qo‘llanilganda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan salbiy va ijobiy kurs farqlari moliya- xo‘jalik faoliyati natijalariga quyidagi tartibda olib boriladi: — xorijiy valutadagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha — ularni qoplash (hisobdan chiqarish)ning borishiga qarab); — qolgan holatlarda — balansning tegishli valuta moddalari bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarining amalga oshirilishiga qarab. Balans valuta moddalarining so‘mdagi ekvivalentida qayta ba- holanishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobot oyin- Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling