O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

ing oxirgi sanasiga bo‘lgan kursi bo‘yicha amalga oshiriladi, kurs farqi 
summasi esa, balansning valyuta moddalarining qayta baholangungacha 
va undan keyingi qiymatlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Balansning valuta moddalariga quyidagilar kiradi: 
¾ 
kassadagi, bankdagi depozit va ssudalar schotlaridagi valyuta 
mablag‘lari, shu jumladan, akkreditivlar; 
¾ 
xorijiy valyutadagi pul hujjatlari
¾ 
xorijiy valyutadagi qisqa muddatli va uzoq muddatli 
qimmatli qog‘ozlar; 


 
 
264
¾ 
xorijiy valutada olingan debitorlik va kreditorlik qarzlari, 
kreditlar va qarzlar. 
Valuta kursi farqlarini to‘g‘rilashda quyidagilar qayta hisob-kitob 
qilinmaydi: 
¾ 
xo‘jalik yurituvchi subyektning xorijiy valyutaga sotib 
olingan mol-mulki (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy 
qimmatliklar); 
¾ 
xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav kapitali va ta’sischilari 
(ishtirokchilar) ulushlarining nisbatlari, bularga xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxonalar ham kiradi. 
Masalan, uskuna xorijiy valutaga sotib olingan va uning valyuta-
dagi qiymati 100 ming AQSh dollari. Uskunaning qiymati milliy 
valyutada hisob-kitob qilish uchun ushbu operatsiya rasmiylashtirilgan 
sanada amal qilgan almashtirish kursi qabul qilinadi. 
Ushbu uskunani olish vaqtida amal qilgan 1 AQSh dollari 960,0 
so‘mga teng bo‘lgan kursni hisobga olgan holda, uning qiymati 9600 
ming so‘m deb baholanadi, mol yetkazib beruvchiga bo‘lgan kreditorlik 
qarzi ham mana shuncha summaga baholanadi. Uskunaning qiymati 
valuta kursining o‘zgarishi chog‘ida o‘zgarmasligi lozim, biroq, mol 
yetkazib beruvchidan kreditorlik qarzlari summasi to u to‘liq qoplanma-
gunga qadar, har oyning oxirida qaytadan hisob-kitob (korrektirovka) 
qilib boriladi. 
Faraz qilaylik, hisobot oyining oxirgi sanasida 1 AQSh dollarining 
rasmiy kursi 970 so‘mni tashkil qilgan va bu kreditorlik qarzlari 
summasi endi 9600,0 ming so‘mni emas, balki 9700,0 ming so‘mni 
tashkil qiladi.  
Jamlash usuli qo‘llanilganda mazkur salbiy kurs farqi (9600,0-
9700,0) muddati kechiktirilgan xarajatlar sifatida aks ettiriladi: 
D-t 3230-«Boshqa kechiktirilgan boshqa xarajatlar» schoti — 
100,0 ming so‘m  
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar» 
schoti – 100,0 ming so‘m.  
Bevosita usul qo‘llanilganda salbiy kurs farqi jamlanmaydi, balki 
o‘sha zahotiyoq zararlarga kiritiladi: 
D-t 9620-«Valyuta kursi farqlaridan zararlar» - 100,0ming so‘m 
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar»- 
100,0 ming so‘m.  
Mol yetkazib beruvchiga qarz to‘langan (o‘tkazilgan) vaqtda esa 1 
AQSh dollarining kursi 975,0 so‘mni tashkil qilgan. Bunda yetkazib 


 
 
265
beruvchiga (10,0 x 975,0) q 9750,0 ming so‘m o‘tkazildi. Ushbu holatda 
bir hisobot davri doirasidan chiqmaydigan salbiy kurs farqi o‘sha za-
hotiyoq zararlarga kiritiladi: 
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan 
schotlar» schoti - 9700,0 ming so‘m 
D-t 9620-«Valuta kursi farqlaridan zararlar» schoti – 9750,0 ming 
so‘m 
K-t 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schotlari» - 9750,0 ming 
so‘m.  
Ilgari jamlash usuli bo‘yicha 3230-schotda aks ettirilgan kursdagi 
farq ham to‘lov amalga oshirilishi vaqtida zararlarga hisobdan chiqari-
ladi: 
D-t 9620-«Valyuta kursidagi farqlardan ko‘riladigan zararlar» 
schot – 100,0 ming so‘m. 
K-t 3230-«Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» — 100,0 ming so‘m.  
Mazkur operatsiya bo‘yicha valyutadagi farqlardan ko‘rilgan jami 
umumiy zarar summasi 150,0 ming so‘mni tashkil qiladi. 
9550-schotda mol-mulkning uzoq muddatli ijaraga berilishidan, 
shuningdek, moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan daromadlar 
aks ettiriladi.  
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha olinadigan daromad va joriy debitorlik 
qarzlarining qoplanishiga taqsimlanadigan lizing to‘lovi olinganda lizing 
beruvchi buni quyidagi tarzda aks ettiradi. 
Masalan, 1200,0 ming so‘mdan iborat summadagi lizing to‘lovi, 
qoplash jadvaliga muvofiq, lizing oluvchining asosiy qarzini (750,0 
ming so‘m) kamaytirish va foizlar ko‘rinishidagi daromadga (450,0 
ming so‘m) kiritilishi kyerak  
Hisoblab yozish tamoyiliga muvofiq oldin lizing bo‘yicha foizli da-
romad hisoblab yozilishi kyerak:  
D-t 4830-«Olinadigan foizlar» schoti - 450,0 ming so‘m 
K-t 9550-«Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar» - 450,0 
ming so‘m. 
Lizing oluvchidan undiriladigan asosiy qarzning joriy qismini tav-
siflovchi lizingga oid olinadigan joriy to‘lovlar to‘lov muddati kelishi 
bilanoq 4810-«Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar» 
schotida aks ettirib quyilgan. Lizing to‘lovining olinishi chog‘ida op-
eratsiya quyidagi tarzda aks ettiriladi: 
D-t 5110-«Hisob-kitob schoti» — 1200,0 ming so‘m 


 
 
266
K-t 4810-«Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar» 
schoti — 750,0 ming so‘m 
K-t 4830-«Olinadigan foizlar» schoti — 450,0 ming so‘m. 
9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar»-
schotida qimmatli qog‘ozlarga quyilgan mablag‘larni qayta baholashda 
olinadigan daromadlar aks ettiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni qayta baho-
lash bilan bog‘liq xarajatlarni 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa 
xarajatlar» schotida aks ettirish mumkin. 
Masalan, qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarning qayta baholanishi 
amalga oshirilgan: 
D-t 5810-«Qimmatli qog‘ozlar» schoti 
K-t 9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta bahoshdan daromadlar» 
schoti. 
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashdan oli-
nadigan daromadlar rezerv kapital schotlarida aks ettiriladi: 
D-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar» schoti 
K-t 8510-«Aktivlarning qayta baholanishi bo‘yicha tuzatishlar» 
schoti 
Biroq,  №12 BHMSning 22-bandiga muvofiq bozor bahosi 
bo‘yicha qayta baholangan qimmatli qog‘ozlarning sotilishi chog‘ida re-
zyerv kapital schotlarida aks ettirilgan jami qo‘shimcha baholash sum-
masi joriy davrning daromadi sifatida (yoki taqsimlanmagan foydaning 
ko‘payishi sifatida) aks ettiriladi: 
D-t 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schoti 
K-t 9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar» 
schoti yoki 8720-«Jamg‘arilgan foyda». 
Qayta baholashda qimmatli qog‘ozlar bahosining arzonlashtiril-
ganda: 
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schoti 
K-t 5810-«Qimmatli qog‘ozlar» schoti. 
Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlarning bozor bahosi kamaytiril-
ganda, uni, ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha avvalgi qayta baholashlar 
doirasida rezyerv kapitalini kamaytirish hisobiga kompensatsiyalash 
mumkin. Ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tashkil qilingan rezyerv-
dan ortiq bo‘lgan arzonlashtirish summasi moliyaviy faoliyat bo‘yicha 
xarajatlarga qo‘shiladi.  
Masalan, qimmatli qog‘ozlarning bozor bahosi 100,0 ming 
so‘mgacha kamaygan, oldingi qayta baholash hisobiga tashkil qilingan 
rezyerv esa 80,0 ming so‘mni tashkil qiladi: 


 
 
267
D-t 8510-«Mol-mulkning qayta baholanishi bo‘yicha tuzatishlar» 
schoti —80,0 ming so‘m 
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» — 20,0 
ming so‘m 
K-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar» schoti – 100,0 ming so‘m.  
9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xara-
jatlar»-schotida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq 
xarajatlar pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schotlar 
bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. 
Masalan, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha xarajatlar 
to‘langanida: 
D-t 9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha 
xarajatlar» schoti 
K-t 5110-«Hisob-kitob schoti» yoki 6990-«Boshqa majburiyatlar» 
schoti 
Bunday xarajatlar soliq solish maqsadda daromad (foyda) solig‘i 
bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydi. 
9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» schotida moli-
yaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar aks aks ettiriladi. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling