O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Favqulodda foyda (zarar) ni hisobga olish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

7.8. Favqulodda foyda (zarar) ni hisobga olish 
 
«... Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom» ga muvofiq favqulodda 
foyda moddalari – ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan hodisa 
yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga 
chiqadigan tusdagi muomalalar natijasida paydo bo‘ladigan va olinishi 
kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki 
asosiy faoliyatdan olingan, boshqa daromadlar bo‘limida aks ettirilishi 
kyerak bo‘lgan, o‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi.  
Favqulodda olingan foydalar 9710-«Favqulodda foydalar» schotida 
aks ettiriladi. 
«… Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom» ga muvofiq favqulodda 
zararlar – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning odatdagi faoliyatdan 
chetga chiquvchi hodisalar yoki muomalalar natijasida vujudga keladi-
gan va ro‘y berishi kutilmagan, odatdan tashqari xarajatlardir. Bunga 
favqulodda va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo‘lgan 
o‘tgan davr xarajatlari kirmaydi.  
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar sifatida aks ettirilishi 
uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: 


 
 
268
- korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emaslik
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak; 
- boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq 
emasligi. 
Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kirit-
maslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan 
sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi 
subyekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa, u holda iqlim 
sharoitlariga bog‘liq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb ba-
holanishi mumkin emas, chunki ushbu modda «bir necha yil mobaynida 
takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi.  
Masalan, tabiiy ofatlardan keyin inventarizatsiya qilish chog‘ida 
aniqlangan materiallar kamomadlari aks ettirilgan: 
D-t 9720-«Favqulodda zararlar» schoti  
K-t 1010-«Xom ashyo va Materiallar» schoti. 
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga muvofiq favqulodda 
moddalarga quyidagilar kiradi: mol-mulkning majburiy tarzda olib quy-
ilishi natijalari, yirik baxtsiz hodisalarning oqibatlari, joriy etilgan 
qonunlar yoki me’yoriy hujjatlarlarga muvofiq taqiqlashlar natajasida 
yuzaga kelgan zararlar va boshqalar. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling