O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Buxgalteriya hisobi metodining ta’rifi, tarkibi, predmeti va


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

1.8. Buxgalteriya hisobi metodining ta’rifi, tarkibi, predmeti va 
metodining o‘zaro bog‘liqligi 
 
Har qanday fanning predmeti va obyektlarining mohiyatini bilishga 
mazkur fan metodining mazmunini bilish orqali erishiladi.  
Oldingi paragraf (1.7) da ta’riflanganidek, buxgalteriya hisobining 
predmeti deganda, mablag‘lar, manbalar va xo‘jalik jarayonlari hamda 
faoliyat natijalari tushunilsa, uning metodi predmetni qanday usullar va 
amallar yordamida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.  
 
 
 
 
 
Demak,  buxgalteriya  hisobining  metodi mazkur  fan  predmetini 
o‘rganish  uchun  qo‘llaniladigan  usullar  (element)  ning  ilmiy  asoslangan 
tizimiga aytiladi.  


 
 
29
Iqtisodiy fanlar qatorida buxgalteriya hisobining metodi faqat un-
ing o‘ziga xos usullardan iborat bo‘lib, ular fan predmetining mohiyati 
va uning oldiga quyilgan vazifalar hamda talablardan kelib chiqadi  
Buxgalteriya hisobi metodini tashkil etuvchi asosiy usullar (ele-
mentlar) quyidagilardan iborat: hujjatlashtirish va inventarizatsiya; ba-
holash va kalkulyatsiya (mahsulotlar, bajarilgan ish va xizmatlar tan-
narxini aniqlash); schotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv; balans va hi-
sobot. 
Buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini hu-
jjatlarda uzluksiz va yoppasiga aks ettirishdan boshlanadi. Hujjatlashti-
rish – bu sodir bo‘lgan muomalani dastlabki ro‘yxatga olish usulidir. 
Hujjatlarda xo‘jalik muomalalarining mazmuni, ularning miqdori va si-
fati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Hujjatlarda aks ettirilgan 
xo‘jalik muomalalarining to‘g‘riligi uchun mas'ul shaxslar imzolari bilan 
tasdiqlanib, ularning dalillovchi kuchi ta’minlanadi.  

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling