Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi va
ishonchliligini ta’minlay turib, mulklarning saqlanishini qat’iy nazorat
qilish, tejamkorlikka rioya qilish va xo‘jalik faoliyati jarayonida mab-
lag‘lardan maqsadli foydalanishning muhim shartidir. Buxgalteriya hi-
sobi ma’lumotlari mavjud mablag‘lar bilan bir xil bo‘lmog‘i kyerak.
Bunday bir xillikni ta’minlash uchun vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya
o‘tkazib turish kyerak.
Inventarizatsiya – bu sanash, tortish, o‘lchash va boshqa yo‘llar
bilan korxona mol-mulkini ro‘yxat qilish, olingan ma’lumotlarni bux-
galteriya ma’lumotlari bilan solishtirish, aniqlangan kamomad, ortiqcha
chiqish, nobudgarchilik va hokazolar tarzidagi farqlarni hujjatlar asosida
rasmiylashtirish, bu farqlarning sabablarini va aybdorlarini aniqlashdan
iborat.
Buxgalteriya hisobida korxona mablag‘larini aks ettirish uchun hu-
jjatlarda qayd qilingan xo‘jalik muomalalarining natura va mehnat
o‘lchovi ko‘rsatkichlarini pul ifodasida baholash kyerak. Baholash – bu
hujjatlarda ko‘rsatilgan xo‘jalik muomalalarini pulda ifodalash usulidir.
U har xil narsalardan tarkib topgan xo‘jalik mablag‘larini yagona pul
ifodasida ko‘rsatish imkonini beradi. Korxonalar mablag‘larini baho-
lashda ularning haqiqiy ishlab chiqarish yoki sotib olish tannarxi asos
bo‘ladi. Hujjatlarda aks ettirilgan va pulda baholangan barcha xo‘jalik
muomalalari buxgalteriya hisobi schotlariga yoziladi. Buxgalteriya hi-
Do'stlaringiz bilan baham: |