O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul 
ifodasidagi) yig‘indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan 
moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs 
ijrochi organining qaroriga ko‘ra baholanadi va hisobga olinadi.  
Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narx-
larda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.  
Zaxira kapitali mol-mulkni qayta baholash chog‘ida hosil 
bo‘ladigan inflyatsiya zaxiralarini, shuningdek, tekinga olingan mol-
mulk qiymatini aks ettiradi.  
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganini ifodalaydi 
va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo‘shilishi mumkin.  
Maqsadli tushumlarga maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun 
mo‘ljallangan va qaytarib berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish 
mablag‘lari va boshqa tushumlar kiradi. Bundaylarga grantlar, subsidi-
yalar, a’zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari va 
boshqa maqsadli tushumlar misol bo‘ladi.  
Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralarga xarajatlar 
va to‘lovlarni xarajatlarga bir tekisda qo‘shish uchun belgilangan 
tartibda tashkil etiladigan zaxiralar kiradi.  
Korxonaga chetdan jalb qilingan yoki qarzga olingan mablag‘lar 
manbalariga bank kreditlari(ssudalari), kreditor qarzlar va korxonaning 
boshqa majburiyatlari kiradi. 
Bank kreditlari (ssudalari) – bu korxonalarning qo‘shimcha mab-
lag‘larga bo‘lgan talabini qondirish uchun korxonaga ma’lum muddatga 


 
 
27
berilgan davlat mablag‘laridir. Bank ssudalari qat’iy maqsadli ehtiyoj 
uchun beriladi va belgilangan muddatida qaytarilishi kerak. 
Kreditor qarzlar – bu korxonalarning mol yetkazib beruvchilarga 
olgan Materiallari uchun, pudratchilarga ular tomonidan bajarilgan ish 
va ko‘rsatilgan xizmatlar hamda boshqa muomalalar bo‘yicha paydo 
bo‘ladigan qarzlardir. 
Korxona majburiyatlari – bu budjetga va budjetdan tashqari fond-
larga o‘tkaziladigan ajratma va soliq summalari, ishchi va xiz-
matchilarga (jamoa xo‘jaligi a’zolariga) beriladigan ish (mehnat) haqi 
summasi va boshqalardir. 
Buxgalteriya hisobining obyektlariga yuqorida ko‘rib chiqilgan 
xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridan tashqari, 
xo‘jalik jarayonlari ham kiradi. Xo‘jalik jarayonlari ta’minot, ishlab 
chiqarish va realizatsiya  jarayonlaridan iborat.  
Korxona faoliyati uni ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta’minlash-
dan boshlanadi. Ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va tayyorlash 
jarayoni  ta’minot jarayoni deb ataladi. Ta’minot jarayonida pul mab-
lag‘lari ishlab chiqarish zaxiralari va asosiy vositalar ko‘rinishiga o‘tadi. 
Bu bosqichda korxona mol etkazib beruvchilardan, boshqa korxona va 
tashkilotlardan ishlab chiqarish zaxiralari (mineral o‘g‘it, urug‘lik, yo-
qilg‘i va moylash materiallari va h.k.) va asosiy vositalar (mashinalar, 
qurilmalar va h.k.) sotib oladilar va shu bilan birga ishlab chiqarish 
jarayonining to‘xtovsizligi ta’minlanadi. Ta’minot jarayonining vazifa-
lari quyidagicha. 
Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari ishchi kuchi 
bilan birikib, uning ta’siri ostida ishlab chiqarish vositalarining ayrim 
elementlari o‘z shaklini o‘zgartiradi va boshqacha xususiyatlarga ega 
bo‘ladi. Bu mahsulotlar tayinlanishiga ko‘ra shaxsiy iste’mol va ishlab 
chiqarish iste’moli uchun ishlatilishi yoki sotilishi mumkin. Ishlab 
chiqarish jarayoni quyidagi vazifalarni hal etishi lozim. 
Realizatsiya jarayoni xo‘jalik mablag‘larining doiraviy aylanishini 
yakunlar ekan, korxona o‘z tayyor mahsulotini xaridorlarga va boshqa 
korxonalarga sotadi va natijada ulardan pul kelib tushadi. Shunday qilib, 
bu jarayonda tayyor mahsulot pul shakliga o‘tadi. Ko‘p hollarda sotilgan 
mahsulot uchun pul kelib tushishi mahsulot sotilgan vaqtdan kechikadi. 
Realizatsiya  jarayoni oldiga quyidagi vazifalar quyiladi.  
Bunday hollarda mahsulot vaqtincha muomaladagi mablag‘lar, 
ya’ni debitor qarz shakliga o‘tadi. 


 
 
28
Shunday qilib, xo‘jalik faoliyati jarayonida korxona mablag‘lari 
doiraviy aylanishining uchta bosqichini ketma-ket o‘tar ekan. Ularning 
ayrimlari ta’minot jarayonida bo‘lganida, ayrimlari ishlab chiqarish 
jarayonida bo‘ladi, shuningdek bir qismi realizatsiya  jarayonida bo‘ladi 
va natijada biridan ikkinchisiga o‘tib turadi (xo‘jalik jarayonlarini hi-
sobga olish uslubiyoti 5,6 va 7-boblarda batafsil bayon qilingan).  
Demak, xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari doimo hara-
katda bo‘lib, o‘zgarib turar ekan. Xo‘jalik mablag‘lari va ular man-
balarining tarkibi va tuzulishida sodir bo‘lib, tegishli hujjatlar bilan tas-
diqlangan ayrim o‘zgarishlar xo‘jalik operatsiyasi deb ataladi. Masalan, 
ishlab chiqarishga moddiy boyliklarni sarflash, olingan mahsulotlarni 
kirim qilish va boshqa shunga o‘xshash ayrim muomalalar. 
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarida 
o‘zgarish sodir qiluvchi barcha xo‘jalik muomalalari tegishli hujjatlar 
bilan rasmiylashtiriladi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xo‘jalik 
mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalarining tarkibi va funksional 
rolini, ularning doiraviy aylanish jarayonlaridagi harakatini ko‘rib 
chiqib, buxgalteriya hisobi predmetiga umumiy ta’rif berish mumkin. 
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning pulda baholanadigan 
xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari, hamda xo‘jalik 
faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan mablag‘lar doiraviy aylanishi va 
manbalar o‘zgarishi buxgalteriya hisobining predmetini tashkil etadi. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling