O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bevosita moliyaviy manfaatdor (investorlar, mol etkazib beruvchilar, xaridotlar va b.) Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lmagan
- Moliyaviy manfaati yo‘q
1.6-rasm. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarning turkumlanishi Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar Ichki foydalanuvchilar Tashqi foydalanuvchilar Korxona boshqaruv organi (Direktor, bosh director, direktorlar kengashi, kuzatuv kengashi) Mulkdorlar, aksiyadorlar Tarkibiy bo‘linma rahbarlari Bevosita moliyaviy manfaatdor (investorlar, mol etkazib beruvchilar, xaridotlar va b.) Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lmagan (DSI, fond bozori ishtirokchilari, iqtisodiyotni boshqarish organlari) Moliyaviy manfaati yo‘q (statistika organlari, kasaba uyushmalari va b.) 20 Bunday axborotdan foydalanuvchilar ikkita katta guruhga: ichki foydalanuvchilar va tashqi foydalanuvchilarga bo‘linadi. Birinchi guruh ichki foydalanuvchilarni tashkil etadi. Keng ma’noda ularga korxona ma’muriyati, uning menejerlari va nihoyat korxona xodimlari kiradi. Korxona ma’muriyati boshqaruv qarorlarini qabul qilishning barcha bosqichlarida: biznes-reja tuzish, nazorat va boshqaruv funksiyasining o‘zining samaradorligini baholashda hisob axborotlaridan foydalanadi. Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lgan tashqi foydalanuvchilar – bu qarz beruvchilar, kreditorlar, mol etkazib beruvchilar va xaridorlar, bo‘lg‘usi aksiyadorlar, ularning konsultantlari. Tashqi foydalanuvchilarni eng avvalo, quyilgan kapitalning qoplanishi qiziqtiradi: qarzlar qaytarilishi, foizlarni ham qo‘shgan holda; tovarlar shartnoma bahosining to‘lanishi; dividendlarning olinishi; ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga quyishning iqtisodiy maqsadga mu- vofiqligi va h.k. Mol etkazib beruvchilar va boshqa tijorat kontragentlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar uchun pul mablag‘larining o‘z vaqtida olinishi to‘g‘risida shak-shubhasiz xulosaga kelishga imkon beradigan hisob axborotlarini olishdan manfaatdordirlar. Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lmagan tashqi foydalanuvchilar – bu birinchi navbatda soliq organlari. Ularning asosiy vazifasi soliqlar va boshqa to‘lovlar (bojxona to‘lovlari, jarimalar va boshqalar) ni yig‘ishdan iborat. Moliya bozorining ishtirokchilari – investorlarni emitent qimmatli qog‘ozining daromadliligi (kotirovkasi), asosan aksiya sotib olish bilan bog‘liq risk (tavakkalchilik) darajasi qiziqtiradi. Aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotilish va sotib olinish bahosi o‘rtasidagi farqqa, vositachilik xizmatlari ko‘rsatishda uning ishtirokchilari o‘z moliyaviy natijalarini shakllantiradi. Emitentning qimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan talab va taklif uning moliyaviy barqarorligiga bog‘liq holda aniqlanadi. Moliya bozorining professional ishtirokchilari, moliyaviy barqarorlik darajasini, mulkdorlarning fond birjasida ro‘yxatga olingan va e’lon qilingan moliyaviy hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida aniqlashlari mumkin. Davlat organlari – bu mamlakat iqtisodiyotini boshqaruv organlari (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, inves- titsiyalar va savdo vazirligi, Davlat statistika komiteti va b.) bo‘lib, ular hisob va moliyaviy axborotlarni milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va 21 alohida ishlab chiqarishlarning rivojlanishini bashorat qilish, nisbatlarni va o‘sish sur'atini aniqlash, yalpi daromadni hisob-kitob qilish va boshqa shunga o‘xshash statistik ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilishga zarur bo‘lgan me’yorda o‘rganish bilan shug‘ullanadilar. Moliyaviy manfaati bo‘lmagan buxgalteriya hisobi axborotidan foydalanuvchilar guruhiga auditorlik tashkilotlari, kasaba uyushmalari, yollangan shaxslar, davlat muassasalari va shu kabilarni kiritish mum- kin. Kasaba uyushmalari xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hi- sobotini uning bilan jamoa shartnomasi tuzish yoki muddatini uzaytirish maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganadilar. Mahalliy davlat muassasalari va aholi korxonalar moliyaviy hi- sobotlari bilan ularning moliyaviy holati va ijtimoiy-iqtisodiy muam- molarni ayrim tumanlar, fuqarolar yig‘ini va boshqalar doiralarida hal eta olishlari nuqtai nazaridan qiziqadilar. Shunday qilib, hisob axborotlari moliyaviy hisobotda muayyan xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini ko‘rsatilgan yo‘nalishda ochib berishi uchun, buxgalteriya hisobining butun metodologiyasi axborotdan foydalanuvchilar tomonidan belgilan- gan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilishi lozim. Ayni vaqtda bux- galteriya axborotlaridan foydalanuvchilar o‘rtasida raqobatli muhit mavjud bo‘lgan va uning tijorat sirini saqlash obyektiv zarurati, hisob axborotlarining mazmuniga ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan quyiladigan talablardan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyotida bux- galteriya hisobining ikkita turi mavjud: boshqaruv hisobi va moliyaviy hisob. Boshqaruv hisobi ichki foydalanuvchilar-xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqaruvchi menejerlar uchun axborotlarni tayyorlaydi. Moliyaviy hisob tashqi foydalanuvchilar uchun axborot taqdim et- ishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun uning negizida shakllanadi- gan moliyaviy hisobotda tijorat siri bo‘lmaydi va e’lon qilinishidan oldin uning ishonchliligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiriladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling