O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
10.2.4. Chorvachilik mahsuloti va mahsuldorlik
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
341 10.2.4. Chorvachilik mahsuloti va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari Chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi chorva mollarining bosh soni va ularning mahsuldorligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Statistikada chorvachilik mahsuloti deb, chorva mollarini so‘ymasdan oldingi, ulardan olinadigan mahsulot tushuniladi. Bunga - sut, jun, tuxum, asal, pilla hamda chorva mollarining nasli, yosh chorva mollarining o‘sishi va boquvdagi mollarning semirishi kiritilib o‘rganiladi. Lekin shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, chorvachilik statistikasi chorva mollarini so‘yish orqali ishlab chiqarilgan go‘sht hajmini aniqlab berib, bu bilan u sanoat statistikasining mazkur kamchiligini to‘ldirib, go‘sht yetishtirishning hamma tomonlarini aniq belgilashga yordam berib kelmoqda. Chunki chorva mollarni o‘stirilishidan olinadigan bar- cha mahsulotlar (tug‘ilgan nasl vazni, yosh mollarning o‘sishi va bo‘rdoqidagi mollarning vazniga vazn qo‘shilishi) iste’mol qilinishi uchun dastavval qayta ishlab chiqarish sanoati bilan bog‘langan bo‘lib, qayta ishlanganligi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotiga kiritilmay, balki u sanoat mahsulotiga kiritilib, bu jarayon to‘laligicha hozirgi kunda sanoat statistikasi o‘rganib kelmoqda. Chorvachilik statistikasi chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmini o‘rganish bilan birga, chorva mollarning mahsuldorligini ham o‘rganadi. Chorva mollarning mahsuldorligi deb, bir bosh chorva moliga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot chiqishini tushunamiz. Chorva mol- larning asosiy mahsuldorlik ko‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir: bir bosh sigirdan o‘rtacha hisobda sog‘ib olinadigan sut; bir bosh qo‘ydan o‘rtacha hisobda qirqib olinadigan jun; bir bosh chorva molining o‘rtacha vazni; chorva mollarning o‘rtacha vazni va semirishi; bir ona tovuqdan olingan o‘rtacha tuxum; bir asal uyasidan o‘rtacha olingan asal va hokazolarni tashkil etadi. 1. Sut ishlab chiqarish va sut mahsuldorligi ko‘rsatkichlari. Chor- vachilik fermalarida yetishtirilgan sut miqdoriga, sut yo‘nalishidagi sigirlardan haqiqiy sog‘ib olingan jami sut kiradi. Onalaridan ajratilmas- dan boqilayotgan (o‘stiralayotgan) buzoqlarning emgan sutlari yalpi sut miqdoriga kiritilmaydi, chunki ularning miqdorini aniqlash qiyin bo‘lib hisoblanadi. 342 Sigirlarning sut mahsuldorligining darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi: - sut yo‘nalishidagi sigirdan sog‘ib olingan o‘rtacha sut miqdori; - sog‘in yo‘nalishidagi bir sigirdan sog‘ib olingan o‘rtacha sut miqdori. Sut yo‘nalishidagi bir sigirdan sog‘ib olingan o‘rtacha sut miqdorini aniqlash uchun, chorvachilik fermasi bo‘yicha o‘rganilayot- gan davrda jami sog‘ib olingan sut miqdorini shu davrdagi sut yo‘nalishidagi o‘rtacha sigirlar soniga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkich- chorvachilik ferma sining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, hamma sigirlarning bosh soni olinadi (shu davrda shu sigirlardan sut sog‘ib olinishi va olin- masligidan qat’iy nazar) va bu ko‘rsatkich hozirgi kunda statistikada qo‘llaniladigan eng asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Sog‘in yo‘nalishadagi bir sog‘in sigirdan sog‘ib olingan o‘rtacha sut miqdorini aniqlash uchun, sog‘in yo‘nalishidagi sigirlardan sog‘ib olingan jami sut miqdorini sog‘in sigirlarining o‘rtacha bosh soniga bo‘linadi. Sog‘in sigirlar deb, hisobot davrida shu sog‘in sigirlardan olingan buzoq va sut sog‘ilganligi tushuniladi. Agarda, sut yo‘nalishidagi bir sigirdan sog‘ib olingan sut-bir yillik mahsuldorlik darajasini tasvirlasa, sog‘in yo‘nalishidagi bir sog‘in sigir- dan sog‘ib olingan o‘rtacha sut esa sog‘in sigirlarning laktatsiya davri- dagi mahsuldorligini tasvirlaydi. «Laktatsiya» ko‘rsatkichi orqali, sigirlarning sut mahsuldorligini zoomuhandislik nuqtai-nazaridan baholash uchun chorvachilik ferma- lari shu davrda bir sog‘in sigir hisobiga olingan sut miqdorini aniqlay- dilar. Bu ko‘rsatkichni faqat bevosita chorvachilik fermalarining o‘zida hisoblab chiqarish mumkin, chunki sog‘in sigirlarning hisobi faqat chor- vachilik ferma sida bo‘ladi, statistika hisobotlarida esa bunday ma’lumot aks ettirilmaydi. Bu ko‘rsatkich sigirlarga zoomuhandislik jihatdan baho berish va o‘rtacha sut sog‘ilishini bir bosh sigirdan hisoblaydigan chet el mamlakatlarida (AQSh, Kanada va boshqalar) solishtirish uchun kerak bo‘ladi. Laktatsiya davri 300-305 kunni tashkil etadi. Masalan, 2-ta chorvachilik ferma sida sigirlarning bir yildagi ozuqa-kunlari 182500 ga teng bo‘lsin, sog‘in kunlari esa 146000 kunni tashkil etadi. Jami sog‘ib olingan sut miqdori 1350000 kg. Sut yo‘nalishidagi o‘rtacha yillik sigirlar soni - 500(182500:365), sog‘in yo‘nalishidagi sigirlar esa - 477(146000:305) ga teng bo‘ladi. U holda sut yo‘nalishidagi bir sigirning o‘rtacha yillik mahsuldorligi 2700(1350000:500) kg. bo‘lsa, sog‘in sigirlarning o‘rtacha yillik mahsuldorligi esa-2830( 135000:477) kg teng bo‘ladi. 343 Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, sog‘in sigirlarning bosh soni hamma vaqt sut yo‘nalishidagi sigirlardan kam bo‘ladi. Bunga sabab shuki, sigirlar bola berish oldidan ma’lum vaqt sog‘ilmaydi. Bu davr sta- tistikada - ko‘rik davr (mahalliy tilda uvuz davri) deb yuritiladi. Chorva- chilik ferma larida sigirlardan sut olishda foydalanishini aks ettirishda sog‘in sigirlarning chorvadagi salmoq ko‘rsatkichi aniqlanadi. 2. Jun ishlab chiqarish va jun mahsuldorligi ko‘rsatkichlari. Yalpi yetishtirilgan jun miqdoriga tirik qo‘y va tuyalardan qirqib olingan jami jun, hamda echki tiviti kiritiladi. So‘yilgan va o‘lgan mollardan olingan jun qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan jun miqdoriga kiritilmaydi, chunki u qayta ishlab chiqaruvchi sanoat mahsuloti bo‘lib hisoblanadi. Qirqilib olingan jun miqdori fizik vaznda hisobga olinadi. Ayrim xo‘jaliklar qo‘ydan olinadigan junni yuvmasdan qirqib olsa,, ko‘pchilik xo‘jaliklar esa junni qirqishdan oldin uni tozalash maqsadida qo‘ylarni suv havzalari (hovuzlar) orqali haydalib, yuviltiriladi. Shunday qo‘ylardan olingan jun tozalangan jun bo‘lib, yuvilmagan qo‘ylardan olingan jundan farq qiladi. Ularni solishtirish mumkin bo‘lishi uchun yuvilgan junni belgilangan koeffitsientlar asosida yuvilmagan junga ay- lantirib hisoblab chiqariladi. Demak, qo‘ychilikda jun mahsuldorligi to- zalanmagan jun bo‘yicha hisoblanadi. Yuvilmasdan qirqib olingan jun mumkin qadar taqqoslab bo‘lmaydigan ko‘rsatkichdir, chunki qo‘ylarning zoti va ularni boqish sharoiti ta’siri ostida qabul qilinadigan junning sof chiqimi har xil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham bevosita to‘g‘ri ko‘rsatkich bo‘lib, tozalangan (yuvilgan) jun hisobla- nadi, chunki deyarli barcha jun tovar mahsulotiga kiritilib o‘rganiladi. Statistika junning yalpi yetishtirilishidan tashqari, uning tolasining - mayin, yarim mayin, dag‘al, yarim dag‘al sifatlarini ham hisobga olib o‘rganadi. Xo‘jaliklarda yetishtirilgan junning sifatini tayyorlov tash- kilotlarining hisobotlari asosida aniqlash mumkin. Bir qo‘ydan o‘rtacha qirqib olingan jun qo‘ychilik mahsuldor- ligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun yil boshidagi (ayrim vaqtlarda 1-aprelga) qo‘ylar soni olinib, shu ko‘rsatkichga nisbatan o‘rtacha jun mahsuldorligi darajasi topiladi. Holbuki, chorvachilikning boshqa tarmoqlarida chorva mollarning o‘rtacha yillik bosh soni olinib aniqlanadi. Demak, o‘rtacha bir bosh qo‘y hisobiga olingan jun miqdorini aniqlash uchun yalpi yetishtirilgan jun miqdorini yil boshidagi (birinchi apreldagi) qo‘ylar soniga bo‘linadi. 344 3. Tuxum yetishtirish va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari. Yalpi tuxum yetishtirishga tovuqlar, o‘rdaklar va boshqa parrandalar tuxumlarining hammasi kiradi. Tovuq tuxumlari alohida, boshqa parrandalarning tuxumlari bilan birgalikda hisoblanadi. Tuxumlarning sifati ikki xil bo‘ladi: standartli va standartsiz. Stan- dartli tuxumlar parhezli (7-kungacha) va oshxonali (7-kundan ko‘p) larga bo‘linadi. Parhez tuxumlar o‘z navbatida hajmiga qarab, birinchi va ikkinchi kategoriyalarga bo‘linadi. Standartsiz tuxumlarga singan po‘st tashlagan (to‘liq yetilmagan)lar kiradi. Tovuqlarning o‘rtacha tuxum tug‘ishini aniqlash uchun bir tovuq tuxumning o‘rtacha miqdori belgilanib olinadi. Buni belgilash uchun yalpi yetishtirilgan tuxum miqdori tuxum tug‘uvchi tovuqlarning umumiy soniga bo‘linadi, ularning o‘rtacha soni esa o‘rtacha xronologik formulasi orqali hisoblab chiqiladi. 4. Chorva mollarni o‘stirish mahsulotlari va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari. Chorva mollarni o‘stirish mahsulotlariga ulardan olingan bolalarning tirik vazni, o‘stirilayotgan yosh mollar vaznining o‘sishi va boquvdagi (yosh va katta mollarning) o‘sishi hamda semirishi kiradi. Asosiy poda safidagi chorva mollarning tirik vaznini semirishi yoki ozishi o‘stirish mahsulotlariga kirmaydi. Chorva mollarni o‘stirish mahsulotlari ikki usul bilan hisoblab chiqiladi: biri bevosita hisobga ol- ish yo‘li bo‘lsa, ikkinchisi esa hisoblab chiqarish usulidir. Hisobga olish usuli orqali chorva mollarning vazni, yosh chorva mollarning o‘sishi va boquvdagi chorva mollarning semirishi hisobla- nadi. Nobud bo‘lgan chorva mollar vazni o‘stirish mahsuloti miqdoridan chiqarib tashlanadi. Hisoblash usuli orqali chorva mollarning yil oxiridagi vazni bilan yil boshidagi vazni o‘rtasidagi farq aniqlanib, so‘ngra hosil bo‘lgan ko‘rsatkichdan sotib olingan va chetdan kelgan chorva mollarning tirik vazni chiqarilib, hosil bo‘lgan miqdorga hisobot davrida realizatsiya qilingan (davlatga, bozorda sotilgan, xo‘jalikda so‘yilgan va hokazo) chorva mollar vazni qo‘shiladi. Chorva mollarning go‘sht mahsuldorligi quyidagi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi: 1. Bir molning o‘rtacha tirik vazni va so‘yilgan vaznlari; 2. Boquvga quyilgan yosh va katta mollarning sutkalik o‘rtacha o‘sishi; 3. Mollarning semizlik darajasi; 345 4. So‘yilgan vaznining tirik og‘irlikka nisbatan salmog‘i (so‘yilgan vaznning kelib chiqishi); 5. Bir bosh ona mol hisobiga o‘stirish mahsulotining chiqimi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling