Favqulodda foyda (zarar) — ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga
ega bo‘lgan hodisa yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi
faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida
paydo bo‘ladigan va kutilmagan moliyaviy natija.
Foizlar — har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad,
shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, shuningdek,
depozit quyilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad.
Foyda — xo‘jalik yurituvchi subyektning mahsulot (ish, xizmat)lar
sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot (ish, xiz-
mat)larning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq.
Do'stlaringiz bilan baham: |