Tayyor mahsulot — korxonada ishlab chiqarishi tugallangan, bel-
gilangan standartlarga yoki texnik shartlarga to‘g‘ri keladigan mahsulot.
Tannarx — mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar
ko‘rsatishda foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning,
mehnat resurslarining, shuningdek, tovarlar ishlab chiqarish, ishlar ba-
jarish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi.
Tovar mahsuloti — hisobot davrida ishlab chiqarilgan va sotish
uchun tayinlangan yoki shu davr ichida haqiqatda sotilgan mahsulot.
Tovar mahsuloti yalpi mahsulotning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
To‘lov qaydnomasi — ish haq to‘lash bo‘yicha buxgalteriyada
tuziladigan hujjat. Hisoblash-to‘lov qaydnomasidan shu bilan farqla-
nadiki, oy boshiga bo‘lgan hisoblashish holati, nimalar uchun hisoblan-
gani va ish haqidan ushlanmalar ko‘rsatilmaydi. To‘lov qaydnomasida
faqat familiyasi, ismi, otasining ismi, uning tabel nomeri va qaydnoma
bo‘yicha tartib nomyeri, olinadigan summasi va olgani to‘g‘risida
imzosi ko‘rsatiladi. To‘lov qaydnomasining birinchi betiga qaydnoma
bo‘yicha beriladigan umumiy summa va korxona rahbarining hamda
bosh (katta) buxgalterining imzolari va muhr quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |