Pul mablag‘lari
— korxona kassasida, bankdagi hisob-kitob schotida, akkreditiv-
larda, hisobdor shaxslarda turgan pul ko‘rinishidagi mablag‘lar.
Korxonalar bo‘sh mablag‘larini bankdagi schotlarda saqlashi kyerak.
Korxona kassasida belgilangan limitdan ortiqcha summa saqlanmasligi
kyerak. Limitdan ortiqcha summa faqat ayrim hollarda, masalan, ish
haqi beriladigan kunlari saqlanishi mumkin. Korxona va tashkilotlarda
pul mablag‘lari tushishi asosiy manbai bo‘lib mahsulot (ish va xiz-
mat)larni sotishdan olingan tushum hisoblanadi. Naqd pul to‘lash faqat
qonun bilan belgilangan hollarda (ish haqi berish, hisobdor shaxslarga
bo‘nak berish, mayda inventar va xo‘jalik jihozlarini sotib olish va b.)
bo‘lishi mumkin. Odatda korxona, tashkilot va muassasalar bilan
hisoblashishlar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Pul cheki
— bankdagi hisob-kitob schotidan tegishli miqdordagi pulni olish
uchun subyektning bankka beradigan buyrug‘ini aks ettiradigan hujjat.
Rezerv
— zarur bo‘lgan hollar uchun biror narsaning zaxirasi.
Sal’do — xo‘jalik mablag‘lari yoki ular manbalarining buxgalte-
riya hisobi schotlari bo‘yicha qoldiq.
Sintetik hisob — pul o‘lchovida umumiy ko‘rsatkichlarni beruvchi
hisob. Bunday ko‘rsatkichlar sintetik schotlarda bo‘lib, ular mavjud
mablag‘lar hamda ularning manbala-ri va harakati (asosiy vositalar, xom
ashyo, Materiallar, yoqilg‘i, ishlab chiqarish xarajatlari, g‘aznadagi va
hisob-kitob schotidagi pul mablag‘lari, ustav kapitali va sh.k.)
to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lish uchun zarur. Sintetik hisob
ma’lumotlari analitik hisoblarda detallashtiriladi. Sintetik hisob reg-
istrlari bo‘lib bosh daftar, jurnal-orderlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |