Moddiy javobgar shaxs
— ma’lum moddiy qiymatliklar yoki pul mablag‘larining butligiga
mas'ul shaxslar. Moddiy javobgar shaxs bo‘lib omborchilar, g‘aznachilar
va mas'ul saqlashga moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larini qabul qil-
gan boshqa xodimlar hisoblanadi.
Mol yuboruvchi
— mol oluvchilarga o‘z mahsulotini yuklab jo‘natadigan korxona.
Mol yuboruvchi bilan mol oluvchining o‘zaro munosabati shartnoma
bilan tartibga solinadi va ular orasidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz
tartibda amalga oshiriladi. Mol oluvchilar mol yuboruvchilar bilan hi-
sob-kitobni 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar» schotida hisobga oladi. Mol yuboruvchilardan
olingan moddiy qiymatliklar summasi moddiy qiymatliklarni hisobga
oladigan schotlarning debeti va 6010-schotning kreditiga yoziladi. Mol
yuboruvchilarga o‘tkazib berilgan summaga 6010-schot debetlanib, pul
mablag‘larini hisobga oladigan schotlar kreditlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |